451
18
Bob
BUXGALTERIYA HISOBINING
ZAMONAVIY NAZARIYALARI
VA MODELLARI
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz:
-
statik buxgalteriya hisobi;
- J.P.Savarining balanslar xilma-xilligi nazariyasi;
- J.P.Savari
– statik va dinamik buxgalteriya hisobining
atoqli tadqiqotchisi ekanligi
to`grisida bilimlarga
;
- buxgalteriya hisobining
zamonaviy nazariyalari
va
modellarini
qiyoslash
hamda
tavsiflash
ko`nikmalariga ega bo`lasiz.
452
18-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING ZAMONAVIY
NAZARIYALARI VA MODELLARI
18.1. Statik buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi nazariyasini tadqiq qiluvchilarning ta’kidlashicha:
L.Pacholidan keyingi ikki yuz yilda buxgalteriya hisobi
matematikaning bir
qismi; undan keyingi ikki yuz yilda esa huquqning bir qismiga aylangan
hamda so‘nggi yuz yildan oshiq davrda buxgalteriya hisobining maqomi
hisobning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanmoqda.
Biroq, huquqning buxgalteriya hisobiga ta’siri
uni grafik yozuvlar
paytida ham, hozirgi vaqtda ham kuzatiladi. Huquq ta’sirining
gnoseologiyasi Rim huquqiga borib taqaladi. Qadimgi Rimda
22
[1. – S. 45 -
46] bankrot bo‘lganlar umuman kechirilmagan: qarzlarini to‘lay olmagan
omadsiz savdogarlarning skameyka
23
si sindirilgan (
banca rotta
). Ko‘p
hollarda ular u tijoratchilar (savdogarlar) jamiyatidan chetlashtirilgan.
Rim huquqi buxgalterlik kasbi vakillarida
konservativ fikrlashni
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatgan. Birinchilardan bo‘lib, vujudga kelgan
ehtiyotkorlik kontseptsiyasi: korxona faqat tugatilayotgan paytdagina
foydani ishlatishi (zararni taqsimlashi)
mumkinligini, ya’ni natija
korxonaning yopilishiga olib kelmasligi va qarzlarni ta’minlashga yetarli
bo‘lishini ifodalaydi. Shunday qilib, savdogarning mulklari olingan kreditlar
va vujudga kelgan majburiyatlarni qoplashga yetarli bo‘lishi zarur. O‘sha
paytlardayoq buxgalterlar mulklarni baholashga
alohida sinchkovlik bilan
(uni kamaytirishga moyillik bildirilgan holda) yondashganlar, biroq, bunday
yondashuvlarni qarzlarga nisbatan qo‘llamaganlar.
Faoliyatini tugatgandan keyin foydani taqsimlashda to‘sqinlik
bo‘lmaydigan an’anaviy (klassik) uzluksiz faoliyat ko‘rsatmaydigan korxona
faoliyatini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishga Venetsiyalik savdogar-
dengizchilarning tijorat-korxonada suzish yakunlanganidan keyin foydani
taqsimlash bo‘yicha hisob modelini keltirishimiz mumkin.
Savdogar-dengizchilar har bir safar uchun tovarlar xarid qilish va kema
sotib olish xarajatlarini qayd qilish maqsadida alohida schyot ochishgan.
22
Do'stlaringiz bilan baham: