Qo‟lyozma huquqida



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana15.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23542
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mikronutrientlar taqchilligi yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish


4 - jadval. 

Tekshiriluvchilarning antropometrik ko‟rsatkichlari haqida ma'lumot. 

 

№ 

Talabalarning ismi, sharifi 

Yoshi 

Bo‟y 


uzunligi 

Tana 


massasi 

Ketle 


indeksi 

1.    Qurbonov Sobir 



16 

1,50 

47 

20,8 

2.  Rasulov Jamol 



15 

1.40 

50 

25,5 

3.  Sherbo‟tayev Akrom 



16 

1,33 

43 

24,4 

 

65 


4.  Valiyev Ihtiyor 

15 

1,60 

51 

19,9 

5.  Hamidov Obid 



16 

1,30 

46 

27,2 

6.  Karimov Shuhrat 



16 

1,50 

53 

23,5 

7.  Usmonov Meyliqul 



15 

1,58 

44 

17,6 

8.  Yusupov Shahobiddin 



16 

1,48 

49 

22,27 

9.   Fayzullayev Qosim 



16 

1,35 

45 

24,7 

10.  Cho‟liyev Olim 



15 

1,35 

41 

22,5 

11.  Maxmudov Sobit 



15 

1,58 

46 

18,4 

12.  Beknazarov Davron 



16 

1,36 

44 

23,9 

13.  Boybo‟tayev Islom 



16 

1,42 

50 

24,8 

14.  Elmirzayev Ilhom 



16 

1,50 

47 

20,8 

15.  Kucharov Bahrom 



15 

1,62 

46 

17,6 

16.  Islomov Obid 



16 

1,51 

51 

22,3 

17.  To‟xtayev Bobur 



16 

1,50 

53 

23,5 

18.  Malikov Botir 



15 

1,64 

46 

17,0 

19.  Sultonov Bekzod 



16 

1,50 

47 

20,8 

20.  Toshpo‟latov Ikrom 



15 

1,60 

47 

18,3 

21.  Axmedov Bekzod 



16 

1,48 

49 

22,27 

22.  Karimov Oybek 



16 

1,35 

45 

24,7 

23.  Xamroyev Azamat 



16 

1,15 

42 

31,8 

24.  Aliqulov Anvar 



16 

1,50 

47 

20,8 

25.  Boboqulov Bobir 



15 

1.40 

50 

25,5 

26.  Tojiev Ikrom 



15 

1,25 

46 

29,4 

27.  Maxmudov Sarvar 



15 

1,60 

51 

19,9 

28.  Samadov Ilhom 



16 

1,68 

55 

19,5 

29.  Rizaqulov Muhiddin 



15 

1,45 

52 

24,7 

30.  Isayev Jamshid 



15 

1,54 

41 

12,2 

31.  Jo‟rayev Turg‟un 



16 

1,68 

50 

17,7 

32.  Mansurov Bekmurod 



16 

1,75 

57 

18,6 

33.  Toshev Asliddin 



16 

1,54 

58 

24,4 

34.  Jumayev Ulug‟bek 



16 

1,25 

46 

29,4 

35.  Boboyev Farrux 



16 

1,30 

43 

26, 

36.  Nurimov Salim 



16 

1,47 

40 

18,5 

37.  Karimov Odil 



15 

1,35 

41 

22,5 

38.  Qo‟ziyev Baxtiyor 



15 

1,58 

46 

18,4 

39.  Aslonov Sherzod 



16 

1,36 

44 

23,9 

40.  Mamatov Tohir 



16 

1,42 

50 

24,8 

41.  Daminov Omon 



16 

1,20 

48 

33,3 

42.  Bekmurodov Azamat 



16 

1,33 

43 

24,4 

43.  Shodiyev Husniddin 



16 

1,28 

47 

28,8 

44.  Quyliev Latif 



16 

1,53 

42 

17,9 

 

66 


45.  Boboqulob Murod 

15 

1,49 

51 

22,9 

46.  Muzzafarov Ulfat 



16 

1,52 

47 

20,3 

47.  Davronov G‟anisher 



15 

1,65 

39 

14,3 

48.  Ibodov Gulbek 



16 

1,63 

42 

15,8 

49.  Aliqulov Samandar 



16 

1,51 

51 

22,3 

50.  Toshev Mirjahon 



16 

1,50 

53 

23,5 

 

Tekshiriluvchilardan olingan antropometrik o„lchamlardagi bo„y uzunligi va 



tana  og„irligining  miqdoriga  qarab  Ketle  indeksi  topildi.    3  -  jadvaldagi  Ketle 

indeksiga  ko„ra  18,5  dan  past  ko„rsatkich  surunkali  energiya  taqchilligining  I  - 

darajasi va kam tana og„irligi deb, 18,5 dan 25 gacha esa me'yoridagi tana og„irligi 

deb, 25 dan 30 gacha semirishning I darajasi deb, 30 dan 40 gacha semirishning II 

darajasi deb, 40 dan yukorisi III darajasi deb qabul qilingan [10,22, 24]. 

 

Olingan  natijalarga  ko„ra,  22  foiz  talabalarnig  tana  massasi  me'yoridan 



kamligi, 64 foiz talabalar tana massasi me'yorida ekanligi va 14 foiziniki esa  tana 

massasi me'yoridan ko„p ekanligi aniqlandi. 

22

64

14



0

10

20



30

40

50



60

70

tana massasi me'yoridan



kam

tana massasi me'yorida tana massasi me'yoridan

ko'p

 

1-rasm. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan  kurashchi 



talabalarning Ketle indeksininmg foizlarda ifodalanishi. 

 


 

67 


Bu  natijani  absolyut  raqamlarda  ifodlaydigan  bo„lsak,  tekshiruv  olib 

borilgan  50  ta  sportchidan  11  tasining  tana  massasi  me'yoridan  kam,  32  tasining 

tana massasi me'yorida va 7 tasining tana massasi me'yoridan ko„pligi aniqlandi. 

 

3.3. Kurashilarning kunlik ovqatidagi mikronutrientlar 

Ma'lumki, kishilarning ovqat ratsionida asosiy oziq moddalar (essensial oziq 

moddalar),  ya'ni,  oqsillar,  yog„lar  va  uglevodlardan  tashqari  organizmda 

kechadigan  qator  metabolitik  jarayonlar  uchun  qo„shimcha  oziq  moddalar,  ya'ni 

vitaminlar  va  mineral  moddalarning  ham  ma'lum  miqdorda  hamda  nisbatda 

bo„lishi  muhim.  Aqliy  mehnat  bilan  shug„ullanuvchi  kishilar    tomonidan  aqliy 

jihatdan  ko„p  yuklamalar  bajarilishi  inobatga  olinsa,  essensial  oziq  moddalar 

hamda  mikronutrientlarning  iste'mol  taomlari  tarkibida  yetarli  miqdorda  bo„lishi 

juda muhimdir. 

Mikronutrientlarga  bo„lgan  me'yoriy  talab  asosiy  oziq  moddalarnikiga 

nisbatan kam miqdorda bo„lsada, ularning kunlik ovqat bilan doimiy iste'mol qilib 

turilishini,  birinchidan,  ularning  organizmda  mustaqil  holda  sintez  qilinmasligi 

(vitamin  D  bundan  mustasno),  ikkinchidan,    hozirgi  paytda  mavjud  bo„lgan 

ekologik  disbalans  tufayli  vitaminlar  va  mineral  moddalarga  bo„lgan  me'yoriy 

talablarning o„zgarib turishi bilan tushuntirish mumkin. 

Quyida  Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil  olayotgan  14-17  yoshli 

50  nafar  kurashchi  talabalarning  kunlik  ovqat  ratsionidagi  ayrim  vitaminlar  va 

ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz . 



 

3.3.1. Vitaminlar 

Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil  olayotgan  kurashi  talabalarning 

vitaminlar bilan qay daraja ta'minlanganligi 5-jadval va 2-rasmda keltirilgan. 

Unga  ko„ra  vitamin  A  bilan  ta'minlanishi  me'yorga  nisbatan  sezilarli 

darajada  past  bo„lib,  bu  ko„rsatkich  tegishli  holda  me'yordagi  2,4  mg  o„rniga 


 

68 


0,41±0,04 mgni tashkil qildi. Bunday taqchillikni foizlarda ifodalaydigan bo„lsak, 

ushbu mikronutrientga bo„lgan talab atigi 17% ga qondirilgan xolos. 

Bunday taqchillikni birinchidan, o„tkazilgan kuzatuvlarning  yanvar ya‟ni 

qish  fasliga  to„g„ri  kelganligi,  qaysikim,  iste'mol  qilinadigan  o„simlik 

mahsulotlarida  karotinoidlarning nihoyatda  kamayib  ketishi  bilan,  ikkinchidan, 

ushbu  vitamin  serob  bo„lgan  baliq  va  baliq  mahsulotlarining  sportchilar 

tomonidan kam iste'mol qilinganligi bilan  izohlanadi.  

 

5-jadval 

Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan  kurashchi 

talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar miqdori 

№  O‟rganilgan vitaminlar 

Me‟yor 

Olingan 

natija 

Me‟yorga nisbatan farqi 

Absolyut 

raqamlarda 

Foizlarda,% 

1.  A (retinol, mg) 

2,4 

0,41±0,04 



-1,99 

-83 


2.  E (tokoferol, mg) 

24 


33,6±0,28 

+9,6 


+40 

3.  B


(ribovlafin, mg) 

3,7 

1,9±0,03 



-1,8 

-49 


4.  B

12 


(siankobalamin,mkg) 

4,0 


0,68±0,03 

-3,32 


-83 

 

Izoh

(bu va bundan keyingi jadvallarda) tajriba guruhining nazorat guruhidan pasayishi 

“-”,  ko„payishi ”+”  belgilari bilan ko„rsatilgan

    


 

Xuddi  shuningdek,  vitamin  B

12

  ning  ham  ancha  tanqisligi  kuzatiladi. 



Chunonchi,  ushbu  yoshdagi  kurasahilardalarda  unga  bo„lgan  talab  17  foizga 

qondirilganligi  ma‟lum  bo‟ldii.  Bu  degani  iste'mol  taomidagi  B

12

  vitaminning 



miqdori  me'yorga  nisbatan  3,32  mgga  kam  ekanligini  ko„rsatadi.  Bunday  holatni 

kurashchilarning  kunlik  iste'mol  taomlari  tarkibida  B

12

  vitaminga  boy 



mahsulotlarni,  ayniqsa 

hayvon  mahsulotlaridan  go„sht,  tuxum,  sut  va 

qatiqlarning yetarli darajada qabul qilmaganliklari bilan tushuntirish mumkin.  

Sianokobalamin  (B

12

vitamini)  yetishmaganda nuklein kislotalari sintezining 



sekinlashishi  va  buning  asosida  megaloblastik  qon  ishlab  chiqaruvchi  giperxrom 

 

69 


anemiyaning  rivojlanishi  kuzatiladi.  Ushbu  vitamin  yetishmasligida  metil 

guruxlarining  sintezi  va  uning  metionin  hamda  xolin  hosil  bo„lishida 

rag„batlantiruvchi sifatida ishtiroki tufayli jigarning yog„li distrofiyasi rivojlanadi. 

Folat kislotasining yetishmovchiligi megaloblastik anemiyaning rivojlanishiga olib 

keladi, chunki uning almashinuvi sianokobalamin almashinuviga bevosita bog„liq.  

0

20



40

60

80



100

120


140

retinol


tokoferol

ribovlavin

siankobalamin

%

me'yor


natija

 

2-rasm. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan  



kurashchi talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar miqdorining 

foizlarda ifodalanishi. 

 

Bunday taqchillik suvda eriydigan vitaminlar guruhiga kiruvchi   B

2

 vitamin 



misolida  ham  ko„rish  mumkin.  B

2

  vitaminga  bo„lgan  talab    51  foizga 



qondirilganligi  aniqlanildi.  Riboflavin  (B

2

  vitamini)  yetishmovchiligiga  ayni 



vaqtda  ovqatda  oqsillar  va  nikotin  kislotasining  yetishmovchiligi  sabab  bo„ladi. 

Bunda karbonsuvlar hamda oqsillarning oksidlanish sur'ati pasayadi, bu esa klinik 

tomondan til, lablarning yallig„lanishi, yorug„likka qaray olmaslik, muskullarning 

kuchsizlanishi bilan ifodalanadi. 

Kurashchilarning  iste‟mol  taomlaridagi  E  vitaminning  miqdori  me'yorga 

nisbatan ko‟pligi kuzatildi. Unga ko„ra  bu ko„rsatkich  me'yordagi 24 mg o„rniga 



 

70 


33,6±0,28 mgni tashkil qildi. Agar uni absolyut raqamlarda ifodalaydigan bo‟lsak, 

9,6 mg ortiq E vitamin iste‟mol qilinganligi namoyon bo‟ladi. 

Kurashchi  talabalarning  ovqat  ratsionida

  E  vitaminning  bunday  darajada 

ko‟p  bo‟lishini  iste‟mol  taomlaridagi  deyarli  barcha  mahsulotlarida  ushbu 

vitamin mavjudligi bilan izohlash mumkin. 

E vitamin yana bug„doy va boshqa donlarning kepagida ham ko„p bo„ladi. 

Yanchilgan  bug„doydan  qilingan  ovqat  (yorma)  bu  o„rinda  ayni  muddao. 

Kepagi to„liq ajratib olingan,  oliy nav unlarda bu vitaminning izini ham topib 

bo„lmaydi. 

Quyidagi 6-jadvalda vitamin E uchraydigan mahsulotlar haqida ma'lumot 

keltiramiz. 



6-jadval 

Vitamin E ning manbalari (100 g da mg hisobida) 

Mahsulotlarning nomi 

Tokoferol miqdori 

2-nav bug„doy unidan qilingan non 

3,30 

Grechka yormasi 



6,65 

Qaymoq 


0,16 

Pishloq 


0,34 

Mayonez 


32,0 

Sabzi 


0,63 

Qalampir 

0,67 

Ismaloq 


2,50 

Zardoli 


0,95 

Shaftoli 

1,50 

Olma 


0,63 

Chakanda (oblepixa) 

10,30 

Itburun 


1,71 

Yong„oq  

23,0 

Mol jigari 



1,38 

Tovuq tuxumi 

2,0 

 

 

 


 

71 


3.3.2. Ma'danli moddalar 

Keyingi  7-jadval  va  3-  rasmda  Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil 

olayotgan  kurashi  talabalarning  ayrim  ma'danli  moddalar  bilan  ta'minlanishi 

borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz . 



7-jadval 

Qarshi  Olimpiada  zahiralari  kollejida  tahsil  olayotgan    kurashchi 

talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdori. 

№  O‟rganilgan ma'danli 

moddalar 

Me‟yor 

Olingan 

natija 

Me‟yorga nisbatan farqi 

Absolyut 

raqamlarda 

Foizlarda,% 

1.  Kaltsiy, mg 

1400 

665,6±4,0 



-735 

-52,5 


2.  Fosforl, mg 

1800 


2548,0±15,1 

+748 


+41,5 

3.  Magniy, mg 

500 

771,3±3,56 



+271 

+54 


4.  Temir, mg 

32 


18,8±0,12 

-13,2 


-42 

5.  Rux, mg 

20 

19,7±0,09 



-0,3 

-1,5 


6.  Yod, mkg 

200 


81,0±0,93 

-119 


-59,5 

 

Olingan  natijalar  shuni  ko„rsatdiki,  to„qima  va  hujayralarni  o„z  vaqtida 

yangilanib  turishi  hamda  qator  biofaol  moddalarning  hosil  bo„lishi  uchun  zarur 

bo„lgan  makroelementlardan  Ca  tekshiriluvchilar  kunlik  ovqatidagi  miqdori 

me'yorga  nisbatan  52,5  foizga  kamligi  aniqlanildi.  Ularning  ovqati  tarkibidagi 

fosfor  va  magniyning  miqdori  esa  me'yordagi  1800  va  500  mg  o‟rniga  mos 

ravishda  2548,0±15,1  va  771,3±3,56  mg  ni  tashkil  etdi.  Bu  me'yorga  nisbatan 

tegishli ravishda 41,5 va 54 foizlarda ko‟pligi namoyon bo‟ldi. 

Ularning  kunlik  ovqat  ratsionidagi  mikroelementlarning  eng  muhim  vakili 

hisoblangan  temir  va  yodning  miqdori  ham  me'yor  darajasidan  ancha    kamligi 

kuzatildi. Kurashchilarning kunlik ovqat ratsionidagi temir va yod  me'yordagi 32 

mg  hamda  200  mkg  o„rniga  mos  ravishda  18,8±0,12mg  va  81,0±0,93  mkg  ni 

tashkil  etdi.  Bu  me'yorga  nisbatan  tegishli  ravishda  42,0  va  59,5  foiz  kam 


 

72 


ekanligidan  dalolat  beradi.  Bunday  taqchillik  albatta  tarbiyalanuvchilarning 

endokrin tizimlarining shakllanishida, aqliy va jismoniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir 

ko„rsatishi  mumkin.  Tekshiriluvchilarning  ovqat  ratsionidagi  Zn  elementiniki  esa 

me‟yor darajasida ekanligi kuzatildi. Bunu ularning ratsionida shu elementga boy 

mahsulotlarning ko‟pligi bilah izohlash mumkin. Masalan, uning manbalari serob 

bo‟lib,  eng  ko‟p  uchraydiganlaridan  birinchi  navbatda  endi  o‟sayotgan  bo‟g‟doy 

maysasi, bo‟g‟doy kepagidir.  

0

20



40

60

80



100

120


140

160


180

Kaltsiy


Fosforl

Magniy


Temir

Rux


Yod

%

me'yor


natija

 

3-rasm. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan  kurashchi 



talabalarning ovqat ratsionidagi ayrim ayrim ma'danli moddalarning 

foizlarda ifodalanishi. 

 

 

73 


 YAKUNIY QISM (xotima o„rnida) 

Vitaminlar  inson  organizmining  me'yoriy  faoliyatini  ta'minlashda,  unda 

kechadigan  assimilyasiya  hamda  dissimilyasiya  jarayonlarining  normal  borishida, 

qolaversa, organizmning o„sib-rivojlanishida va  boshqa ko„plab  jarayonlarda faol 

qatnashadi. Vitaminlar mikronutrientlarga kiritilib, ularning organizmdagi miqdori 

oz  bo„lsa-da,  biroq  muhim  vazifalarni  ado  etishi  bilan  o„ziga  xosdir.  Ma'lum 

sabablarga ko„ra u yoki bu vitaminning yetishmasligi turli kasalliklarga, patologik 

holatlarga sabab bo„ladi. 



 Vitaminlar  sportchi  organizmi  uchun  alohida  ahamiyatga  ega.  Vitaminlar 

sportchilarda  tezlik,  chaqqonlik,  kuchlilik  kabi  sifatlarni  shakllantirishda, 

charchashning oldini olishda, holsizlik, quvvatsizlik kabi salbiy holatlarni bartaraf 

etishda,  qolaversa  yosh  sportchilarning  me'yorida  o„sib-rivojlanishida,  organizm 

faoliyatini  bir  xil  me'yorda  saqlab  turishda  juda  katta  ahamiyatga  ega. 

Vitaminlarning  eng  muhim  xususiyati  ularning  jismoniy  ish  qobiliyatiga  ta'siri 

bilan  belgilanadi.  Tadqiqotlarda  shu  narsa  aniqlanganki,  vitaminga  boy 

mahsulotlarni  yoki  maxsus  vitaminlashtirilgan  mahsulotlarni  qabul  qilgan 

sportchilarning  jismoniy  ish  qobiliyati  oshadi,  charchashning  oldi  olinadi, 

tiklanish-qaytarilish davri tezlashadi va hokazo. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo„lsak, shu narsani ta'kidlab o„tish 

mumkinki,  sportchining  ovqatlanish  holati,  xususan  kunlik  ratsion  tarkibida 

mineral  moddalarning  ham  yetarli  bo„lishi  ularning  jismoniy  ish  qobiliyatida 

ma'lum darajada aks etadi. Ya'ni mineral moddalarga bo„lgan talabning yetarlicha 

qondirilishi sportchining jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, tez charchab qolishning 

oldini oladi, musobaqalardan keyingi tiklanish davrini tezlashtiradi va hokazo. 

Aksincha,  mineral  moddalarga  bo„lgan  talabning  yetarlicha  qondirilmasligi 

sportchining  jismoniy  ish  qobiliyatiga  salbiy  ta'sir  etib,  organizmda  ma'lum 

patologik  holatlarni  yuzaga  keltiradi,  charchash,  holsizlik,  kamqonlik  kabi 

o„zgarishlarga olib keladi va hokazo. 



 

74 


Buni  shu  narsa  bilan  izohlash  mumkinki,  mineral  moddalar  organizmda 

ko„plab muhim funksiyalarni bajaradi, ularning ishtirokisiz moddalar va energiya 

almashinuvi  jarayonlari  izdan  chiqadi.  Hujayralarda  boradigan  nafas  olish  va 

oksidlanish  jarayonlari  bilan  bog„liq  reaksiyalar  tizimi  buzilib,  bu  esa  o„z 

navbatida  organizmda  boradigan  barcha  fiziologik  va  biokimyoviy  jarayonlarga 

salbiy ta'sir qiladi. 

Shuningdek, 

mineral 


moddalarga 

bo„lgan 


talabning 

yetarlicha 

qondirilmasligi  muskullar  faoliyatiga,  ularda  boradigan  energetik  jarayonlarning 

me'yorida  kechishiga,  qolaversa,  muskul  qisqarishiga  o„ziga  xos  jiddiy  ta'sir 

ko„rsatadi. 

Shuni alohida ta'kidlab o„tish lozimki, to„g„ri va ratsional ovqatlanib yurgan, 

kunlik ratsionida mineral moddalar miqdori me'yorida bo„lgan barcha sportchilarda 

jismoniy  ish  qobiliyati  har  doim  ham  yuqori  bo„ladi,  deyish  mantiqan  noto„g„ri. 

Bunda shu narsani ham hisobga olish lozimki, sportchining jismoniy ish qobiliyati 

faqat uning ovqatlanish holati, kunlik ratsionida oziq moddalarning yetarli bo„lishi 

bilangina  bog„liq  emas.  Jismoniy  ish  qobiliyatiga  sport  bilan  shug„ullanganlik 

darajasi,  sport  mahorati,  sportchining  chiniqqanligi,  qaysi  sport  turi  bilan 

shug„ullanishi, sportchi organizmining o„ziga xos individual xususiyatlari, undagi 

ayrim  kasalliklar  va  o„zgarishlar,  iqlim  xususiyatlari,  moddalar  almashinuvining 

o„ziga  xos  jihatlari,  qolaversa,  sportchining  faol  dam  olishi,  suv,  quyosh,  havo 

muolajalari va boshqa ko„plab omillar ta'sir ko„rsatadi. Muhimi ana shular ichida 

ovqatlanish omili muhim o„rin tutadi. 

Kezi  kelganda  shu  narsani  ham  ta'kidlab  o„tish  o„rinli  bo„ladiki, 

sportchilarning  mineral  moddalarga  bo„lgan  talab  me'yorlarini  aniqlashda, 

qolaversa  ularning  jismoniy  ish  qobiliyatini  ovqatlanish  omili  bilan  bog„liq 

ravishda  o„rganishda  tekshiriluvchilarning  antropometrik  ko„rsatkichlarini  ham 

hisobga  olish  shart.  Chunki  kishining  oziq  moddalarga,  xususan,  ma'danli 

moddalarga bo„lgan talabini, qolaversa sportchining jismoniy ish qobiliyatini ham 


 

75 


tana  massasi,  bo„y  uzunligi,  tana  yuzasi  ko„rsatkichlari  asosida  tahlil  qilish 

maqsadga muvofiq. 

Xulosa qilib aytganda, sport maktabi o„quvchilarining ma'danli  moddalarga 

bo„lgan  talabi  yetarli  darajada  qondirilmagan.  Bu  holatni  yosh  sportchilarda 

ovqatlanish  madaniyatining  yetarlicha  shakllanmaganligi,  ularning  ijtimoiy-

iqtisodiy  holati,  sport  maktablaridagi  ovqatlanish  bilan  bog„liq  tegishli  shart-

sharoitlarning  yetishmasligi  va  boshqalar  bilan  izohlash  mumkin.  Bunday 

holatlarning  oldini  olish  uchun  sportchi-o„quvchilar  orasida  to„g„ri  ovqatlanish 

qonun-qoidalarini  targ„ib  qilish,  ularning  ota-onalari,  qolaversa  kollej  rahbariyati 

o„rtasida targ„ibot-tashviqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Sport  maktabi  o„quvchilarining  ratsional  ovqatlanishini  tashkil  etish, 

xususan  ularning  ovqatida  ma'danli  moddalarning  yetarli  bo„lishini  ta'minlash 

sportda  yuksak  natijalarga  erishishda  hamda  sportchilarning  sihat-salomatligini 

muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ushbu magistrlik dissertatsiya ishimiz mobaynida o„tkazilgan kuzatuvlar shu 

sohadagi dastlabki  qadam  bo„lib,  bu  tadqiqotni  keng  ko„lamda  davom  ettirish  va 

bunda boshqa turli omillarning ham o„ziga xos ta'sirini hisobga olish kelgusidagi 

muhim vazifalardan biridir.  

 


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish