Qo‟lyozma huquqida



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana15.10.2019
Hajmi0,76 Mb.
#23542
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mikronutrientlar taqchilligi yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish


C  vitamin-nordon  mazali,  rangsiz  kristall  modda.  U  suvda  eriydigan 

vitaminlar  ichida  qizdirishga  eng  chidamsizi  hisoblanadi.  Ovqat  tayyorlash 

jarayonida uning ko„p qismi kislorod ishtirokida parchalanib ketadi. Shuningdek, u 

og„ir  metallar-temir,  mis,  kumush  va  boshqalar  tuzi  ishtirokida  ham  oson 

oksidlanib parchalanishi tezlashadi. 

Askorbat kislota moddalar almashinuvida, ayniqsa oqsillar o„zlashtirilishida, 

biriktiruvchi  to„qimalarni  normal  holatda  tutib  turishda  va  tiklanishda  muhim 

ahamiyatga  ega.  Organizmda  C  vitamin  yetishmasa,  qon  tomirlari  devorining 

o„tkazuvchanligi  ortadi,  tog„ay  va  suyak  to„qimalari  strukturasi  buziladi,  natijada 

lavsha (singa) kasalligi ro„y beradi. Organizmda askorbat kislota hosil bo„lmaydi 

va  to„planmaydi.  Organizm  o„ziga  zarur  bo„lgan  C  vitaminni  (kattalarning  bir 

kunlik  ehtiyoji  60-108  mg,  bolalarniki  30-70  mg)  oziq-ovqatlar  bilan  olib  turadi. 

Organizmning  unga  bo„lgan  kundalik  ehtiyoji  karam,  kartoshka,  ko„k  piyoz, 

pomidor va boshqalar hisobiga qondiriladi. 



 

24 


Askorbat  kislota  ko„k  chuchuk  qalampir,  qizil  qalampir,  qora  smorodina, 

xren, qulupnay, shovul, limon, apelsin va boshqa ko„pgina o„simlik mahsulotlarida 

anchagina  miqdorda  bo„ladi.Askorbat  kislotaning  tabiiy  konsentrat  na'matakdir 

(100 g quritilgan na'matak mevasida 1500 mg gacha C vitamin bor .) 

vitamin 


gipovitaminozida 

qon 


tomirlari, 

ayniqsa 


kapillyarlar 

o„tkazuvchanligi buzilib, teri ostiga qon quyilishi, milkdan qon ketishi kuzatiladi, 

bu  kasallik  singa  yoki  skorbut  kasalligi  deb  ataladi.  Odam  singa  bilan 

kasallanganda gialuronat kislota va maxsus oqsil-kollagen biosintezi ham buziladi. 

Bu,  o„z  navbatida,  suyak  to„qimasining  shikastlanishiga,  tishlar  mo„rt  bo„lib, 

tezdan tushib ketishiga sabab bo„ladi. 



H vitamin (biotin) achitqilarning o„sishi uchun zarur bo„lgan ”bios” (hayot) 

deb  ataluvchi  omilning  komponentlarini  o„rganish  jarayonida  Kyogl  (1935  yili) 

tuxum sarig„idan toza holda ajratib oldi. U 250 kg quritilgan tuxum sarig„idan 1,1 

mg biotinni ajratgan. Bir necha yil o„tgach, bu modda kalamushlarni ham tuxum 

oqining  zaharli  ta'siridan  saqlaydigan  noma'lum  faktor  H  vitamin  bilan  bir  xil 

ekanligi  aniqlandi.  Hayvonlarda  xom  tuxum  oqsilining  zaharli  ta'siri  shundan 

iboratki, ular boshqa tomondan mukammal dietada boqilgan taqdirda ham ortiqcha 

tuxum  oqi  og„iz  orqali  berilsa,  yallig„lanuvchi  qizarish,  butun  tananing 

qipiqlanishi,  sochning  to„kilishi  va  tirnoqlarning  shikastlanishi  bilan 

xarakterlanuvchi  maxsus  dermatit  paydo  bo„ladi.  Biotin  odam  va  hayvonlar 

ovqatining  doimiy  tarkibiy  qismidir,  ammo  tuxum  oqidagi  avidin  nomli 

glikoproteid  biotin  bilan  vitamin  faoliyatiga  ega  bo„lmagan  mustahkam  biotin-

avidin kompleksini  hosil qiladi.  Natijada biotin  oshqozon-ichak  yo„lida  so„rilmay 

avitaminoz  paydo  bo„ladi.  Biotinning  kimyoviy  tuzilishi  asosida  tiofen  halqasi 

bo„lib, unga siydikchil va yonshoxcha sifatida valerianat kislota qo„shilgan. 

Tabiatda  biotin  hayvon  va  o„simlik  to„qimalarida,  asosan,  bog„langan 

shaklda  topilgan.  Achitqilarda  u  lizin  bilan  birikib,  biotsitin  hosil  qilgan. 

Bakteriyalarda  uchraydigan  destibiotin  ham  biotin  kabi  biologik  samaraga  ega, 

chunki  mikroorganizmlar  bu  moddadan  biotinni  sintez  qila  oladi.  Biotin  yog„lar 


 

25 


metabolizmida  faol  ishtirok  etadi.  Biotin  hayvon  mahsulotlaridan  jigar  va  tuxum 

sarig„ida anchagina bo„ladi. Odamlarning biotinga bo„lgan kundalik ehtiyoji 0,025 

mg  hisoblanadi,  ammo  u  ovqat  bilan  maxsus  kiritilishi  shart  emas,  chunki 

ichakdagi mikroorganizmlar faoliyati natijasida hosil bo„ladigan vitamin organizm 

talabini to„la ta'min etib turadi [8, 13, 14, 15, 16, 26, 28, 29, 34, 37, 38, 40]. 

 

1.1.2. Sportchilarning ovqat ratsionidagi makro-va mikroelementlar 

Ma'lumki,  sportchilarning  ratsional  ovqatlanishini  tashkil  qilishda  oqsillar, 

yog„lar, karbonsuvlar bilan bir qatorda  ma'danli moddalar muhim ahamiyatga ega. 

Ma'danli  moddalar  odam  organizmida  hayotiy  jarayonlarni  boshqarib  turuvchi 

ko„plab  biologik  faol  moddalarning  tarkibiga  kiradi  (masalan,  fermentlar  yoki 

gormonlar). Shunga ko„ra ma'danli moddalar taqchilligi yoki ularning me'yoridan 

ko„pligi  fermentlar  yoki  gormonlar  ishtirokisiz  o„tmaydigan  kimyoviy 

reaksiyalarning izdan chiqishiga va buzilishiga sabab bo„ladi. Bu holat esa  turli-

tuman kasalliklarning paydo bo„lishiga olib keladi. Ushbu elementlar tufayli odam 

organizmi bioelektrik faollikka ega bo„ladi. Masalan, miya, nerv hujayralari yurak, 

oshqozon-ichak  tizimi  va  muskullarning  biotoklari  tegishli  elementlarning 

guruhlanishidan  paydo  bo„lib,  natijada  organizmdagi  qo„zg„aluvchanlik, 

o„tkazuvchanlik jarayonlari yuzaga keladi. 

Ma'danli  moddalarning  muhim  jihati  shundaki,  ular  hech  qanday  energetik 

qiymatga  ega  emas.  Shunga  qaramasdan  vujuddagi  barcha  tiriklik  jarayonlari 

ularsiz  amalga  oshmaydi.  Iste'mol  qilinadigan  ovqat  faqat  sintetik  yo„l  bilan 

olingan  oqsillar,  yog„lar  va  uglevodlardan  tashkil  topgan  bo„lsa  va  u  bilan 

hayvonlar  surunkali  boqib  borilsa,  ular  ozib-to„zib  ketadi  va  uzoq  yashamaydi. 

Insonda  ham  uzoq  vaqt  turib  qolgan,  quyoshda  quritilgan,  ko„p  qaynatilgan  yoki 

konservatsiya  qilingan  ovqatlar  bilan  oziqlanish  oqsil,  yog„,  uglevodlar  yetarli 

miqdorda  bo„lishiga  qaramasdan,  qator  kasalliklarni  yuzaga  keltiradi,  chunki 

ularning  tarkibida  qayd  qilingan  ma'danli  moddalar  kishi  ehtiyojini  qondira 

olmaydigan darajada oz bo„ladi. Shuni ham aytib o„tish joizki, har xil kasalliklarga 


 

26 


qarshi 

ishlatiladigan 

doridarmonlarning 

aksariyat 

qismi 

ham 


asosan 

mikronutrientlar(vitamin  va  ma'danli  moddalar)  va  ularning  birikmalaridan  iborat 

bo„lib,  ular  birinchi  navbatda  vujudning  u  yoki  bu  moddaga  nisbatan  talabini 

qondirish  va  me'yorlashtirishga  qaratilgan  bo„ladi.  Mikronutrientlarning  iste'mol 

taomlarida  tanqisligi  hech  qanday  ochlik  tuyg„usini  keltirib  chiqarmaydi  va 

aksariyat hollarda ularning ovqatda bor-yo„qligiga e'tibor berilmaydi. Bir vaqtning 

o„zida  bu  moddalar  barcha  hayotiy  jarayonlarda  faol  ishtirok  etib,  organizmda 

ularga nisbatan ma'lum talab me'yorlari mavjud. Shu me'yorning buzilishi, ya'ni bu 

moddalarning  kerakligidan  oz  yoki  ko„p  qabul  qilinishi  tanadagi  moddalar  va 

energiya  almashinuvi,  yurak  va  qon  tomirlari,  asab,  endokrin,  hazm  tizimlari 

faoliyatida, qon  va  boshqa  biologik  suyuqliklar  tarkibida  salbiy  holatlarni  yuzaga 

keltiradi.  Masalan,  birgina  marganets  elementining  ovqatda  yetishmasligi  bola 

organizmining  o„smasligiga  olib  keladi.  Iste'mol  taomlarida  faqat  marganetsning 

yetarli bo„lishi aytib o„tilgan noxushliklardan sog„ayib ketishiga olib keladi. Xuddi 

shuningdek,  ichiladigan  suv  va  yeyiladigan  ovqatda  temir,  yod  yoki  rux 

elementlarining yetishmasligi tegishli holda kamqonlilik, buqoq, saraton kabi og„ir 

dardlarga olib keladi. O„rni kelganda shu narsani ham aytib o„tish joizki,  Evropa 

davlatlarida 65 yoshdan oshganlarga har kuni 5 g dan qo„shimcha rux elementi bor 

preparat  tavsiya  qilinadi.  Chunki  rux  ta'sirida  tanadagi  keksalik  bois  to„qima  va 

hujayralarning ortiqcha yemirilishi bartaraf qilinib, ertachi qarishning oldi olinadi. 

Yoki  sotuvdagi  tuzlarning  yodlanishi  buqoq  profilaktikasida  muhim  o„rin  tutadi. 

O„tkazilgan  tadqiqotlar  shu  narsani  ko„rsatadiki,  ayrim  biomikroelementlar, 

masalan qo„rg„oshin tegishli yashash tarziga ko„ra, organizmga ko„p qabul qilinsa 

bunday  odamlar  doim  asabiylashgan,  qahr-g„azabli,  jinoyat  sodir  qilishga  moyil 

bo„lib  qolar  ekan.  Shu  tufayli  ushbu  elementning  tanaga  har  xil  yo„llar  bilan 

kirishini  nazorat  qilib,  uning  me'yoridan  oshib  ketmasligini  ta'minlash  muhim 

ahamiyatga ega. 

Mikronutrientlarga  nisbatan  tanqislik  nafaqat  qishloq  joylarida,  balki  yirik 

shaharlar  aholisi  orasida  ham  uchrab  turadi.  Ularning  iste'mol  taomlari  tarkibida 


 

27 


ko„p  miqdorda  oqsil,  yog„,  uglevodlar  bo„lganligi  bois  o„ta  kaloriyali  bo„lib,  bir 

vaqtning  o„zida  ovqatda  ko„pgina  makro-  va  mikroelementlar  nisbatan  kam  va 

organizm talabini yetarli miqdorda qondirmaydi. 

Sportchilarlarning  ovqat  ratsionida  ma'danli  moddalardan  birortasi 

yetishmay qolishi natijasida ular organizmida qator kasalliklar yuzaga keladi. 

Sportchi  organizmining  ma'danli  moddalarga  bo‟lgan  talabi  nisbatan  ancha 

yuqori  bo‟ladi.  Bu  esa  sportchilarning  kun  davomida  ko‟p  miqdorda  jismoniy 

mashqlar bilan shug‟ullanishlariga bog‟liq . 

Sportchilar  uchun  birinchi  navbatda  fosfor,  kalsiy,  kaliy  kabi  ma'danli 

moddalarning  ahamiyati  katta.  Masalan,  fosfor  (P)  organizmdagi  asosiy  energiya 

manbasi  hisoblangan  ATF  (adenozintrifosfat  kislota)  tarkibiga  kiradi.  Ma'lumki, 

ATF organizm uchun universal energiya manbasi bo„lib hisoblanadi. Aynan ATF 

tarkibida  fosfor  mavjudligi  sababli  uning  yetishmasligi  energetik  muvozanatning 

buzilishiga  olib  keladi.  Qolgan  ma'danli  moddalar  ham  sportchi  organizmining 

normal  faoliyati  uchun  juda  muhimdir.  Masalan,  magniy  nerv  to„qimasidan 

qo„zg„alishning  o„tkazilishini  yaxshilaydi,  yod  qalqonsimon  bez  faoliyatini 

yaxshilaydi, rux miya faoliyatini va ruxiy faoliyatni takomillashtirish uchun kerak, 

mis  qon  hosil  bo„lishida  qatnashadi  va  hokazo.  Umuman  olganda  mikro-  yoki 

makroelementlarning  birortasi  yetishmay  qolishi  sportchi  organizmi  uchun  salbiy 

oqibatlarga olib keladi . 

Shu  narsani  alohida  ta'kidlab  o„tish  lozimki,  bugungi  kunda  aholi  orasida 

ko„plab  tarqalgan  va  keng  miqyosda  targ„ib  etilayotgan  biologik  faol 

qo„shimchalar  ham  aynan  ma'danli  moddalarga  va  vitaminlarga  boy  bo„ladi. 

Biologik  faol  qo„shimchalarni  ovqat  bilan  qo„shib  berishdan  asl  maqsad  ham 

kishilarning  ba'zi  vitaminlar  va  ma'danli  moddalarga  bo„lgan  talabini  to„liqroq 

qondirish  va  buning  natijasida  ularning  ish  qobiliyatini  ko„tarish,  sihat-

salomatligini mustahkamlash, tetikligini, baquvvatligini ta'minlash va boshqalardir. 

Aynan sportchilar uchun ham biologik faol qo„shimchalarni keng ravishda qo„llash 



 

28 


mumkin.  Chunki,  odatda  sportchilarning  vitaminlar  va  ma'danli  moddalarga 

bo„lgan  talabi  ko„pchilik  hollarda  qondirilmaydi.  Shu  sababli  sportchilarning 

biologik  faol  qushimchalarni  imkon  qadar  har  kuni  iste'mol  qilib  turishlari 

maqsadga muvofiq bo„ladi. 

Olimlar  tomonidan  o„tkazilgan  tajribalarning  natijalari  shuni  ko„rsatadiki, 

biologik faol qo„shimchalarni ma'lum bir rejimga muvofiq sportchilarning ovqatiga 

qo„shib  berish  ularning  jismoniy  qobiliyatlarini  orttiradi.  Shu  tufayli  ham 

sportchilar  uchun  ko„pgina  kerakli  biologik  faol  qo„shimchalarni  kunlik  ratsion 

bilan  qabul  qilish  tavsiya  etilmoqda.  Bunday  biologik  faol  moddalarning  eng 

muhim  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  ular  tarkibidagi  ma'danli  moddalar  va 

vitaminlar tabiiy toza holda bo„ladi. Shu sababli bunday moddalarning ta'sir doirasi 

keng  va  ularning  salbiy  oqibatlari  yo„q.  Sportchilar  bunday  biologik  faol 

moddalarni  faqat  musobaqalardan  oldin  yoki  trenirovka  jarayonida  emas,  balki 

doimiy ravishda iste'mol qilib yurishlari maqsadga muvofiq. 

Ko„pgina  tajribalar  shuni  ko„rsatadiki,  ma'danli  moddalarga  boy  bo„lgan 

oziq  moddalarni,  qolaversa,  biologik  faol  qo„shimchalarni  kunlik  ratsion  bilan 

qabul qilish sportchilarning ish qobiliyatini, ish unumdorligini orttiradi. Sportchida 

charchash hissi kechroq paydo bo„ladi, tiklanish jarayonlari tezlashadi va hokazo.  

Bizning  sharoitimizda  sportchilarning  ma'danli  moddalarga  bulgan  talabini 

qondirishda asosiy omil bu ko„katlar, piyozlar, sabzavotlar, yangi uzilgan mevalar 

va  boshqalardan  keng  foydalanishdir.  Bunday  mahsulotlar  tarkibida  mineral 

moddalar mo„l bo„ladi. Umuman olganda ma'danli moddalar ikki guruhga makro- 

va mikroelementlarga bo„linadi [2, 3, 5, 6, 8, 9, 12, 14, 19, 23, 28, 31, 36, 39, 40, 

43]. 


 

1.1.2.1. Sportchilarning ovqat ratsionidagi makroelementlar 

Tirik  organizmlarda  60  ga  yaqin  turli  elementlar  topilgan,  bu 

elementlardan, miqdor jihatdan C, H, N, O tananing asosiy qismini (96%) tashkil 


 

29 


etsa, kalsiy va fosfor 3% ga to„g„ri keladi. Qolgan 1% hisobiga barcha elementlar 

kirib,  ular  ichida  kalsiy,  magniy,  natriy,  kaliy,  fosfor,  oltingugurt,  xlor  nisbatan 

ko„proq  miqdorda  uchraganligi  uchun  bu  elementlarni  makroelementlar  deb 

ataladi.  



Natriy    massa  jihatdan  yer  po„stining  2,64%  ni  tashkil  qiladi.  Natriy 

tabiatda  faqat  birikma  (tuzlar)  holida  uchraydi.  Natriy  o„simliklar  (bo„ymodaron, 

dengiz o„ti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida 

bo„ladi.  Masalan,  natriy  ionlari  odam  qoni  plazmasida  0,32%,  suyakda  0,6%, 

muskul to„qimasida 0,6-1,5% ni tashkil qiladi. Bu biogen element tanadagi barcha 

hujayra, to„qimalar hamda biologik suyuqliklar tarkibida mo„l bo„lib, u asosan osh 

tuzi,  ya'ni  natriy  xlor  ko„rinishida  ovqat  va  ichiladigan  suv  bilan  qabul  qilib 

turiladi.  Organizmdan  bir  sutkada  siydik  bilan  3-6  g  natriy  chiqib  ketadi.  Natriy 

tuzlari  kishi  organizmi  ichki  muhitining  barqarorligini  ta'minlaydi,  suv 

almashinuvida  faol  qatnashadi.  Oziq-ovqat  mahsulotlarida  natriy  kam  bo„ladi. 

Natriy organizmga asosan osh tuzi orqali o„tadi. Katta yoshdagi kishilar bir kunda 

15  g.gacha  osh  tuzi  iste'mol  qiladi  va  organizmdan  shuncha  miqdorda  chiqib 

ketadi.  Ammo  organizmga  zarur  natriy  miqdorini  ancha  cheklash  mumkin. 

Organizmga kiritiluvchi natriy 2-2,5 g kamaytirilsa, dastlab 2 kunda natriy balansi 

manfiy bo„ladi, so„ngra natriy chiqishi kamayib, muvozanat vujudga keladi. 

Organizmga  natriy  tuzlari  ortiqcha  kiritilsa  zaharlanish  alomatlari  paydo 

bo„ladi.  Bolalarning  tana  temperaturasi  ko„tarilishi  mumkin,  bu  tuz  isitmasi  deb 

ataladi.  Tana  temperaturasining  ko„tarilishiga  sabab  shuki,  modda  almashinuvi 

kuchayadi.  Masalan,  katta  yoshli  kishi  organizmiga  9  g  natriy  kiritilsa,  modda 

almashinuvi 20% ortadi. Natriy organizmdan asosan (kiritiladigan jami natriyning 

45  foizgachasi)  siydik  bilan  chiqadi.  Natriy  ter  bezlar  orqali  kamroq  chiqadi. 

Ammo  tashqi  muhit  temperaturasi  oshganda  natriy  ter  bilan  ko„proq  chiqishi 

mumkin.  Shu  sababli  tashqi  temperatura  ortganda  natriy  xloridning  gipertonik 

eritmasini iste'mol qilish terlashni, organizmning natriy va suv yo„qotishini keskin 

darajada  kamaytira  oladi.  Issiq  kunda  uzoq  yo„lga  chiqishdan  oldin  va  issiq 


 

30 


sexlarda ishlaganda 10-15 g natriy xlorid iste'mol qilish yaxshi natija beradi, degan 

ma'lumotlar mavjud. 

Shuni  alohida  ta'kidlab  o„tish  o„rinliki,  sportchilar  organizmi  uchun  natriy 

elementining  axamiyati  juda  katta.  Birinchidan,  ko„p  terlash  bilan  amalga 

oshiriladigan  jismoniy  faollik  natriyga  bulgan  talabni  keskin  oshiradi.  Zero  ter 

bilan  birga  kup  mikdorda  natriy  elementi  ham  yukotiladi.  Buning  ustiga 

sportchilarda  ichki  muxitning  doimiy  ravishda  uzgarib  turishi,  xususan  jismoniy 

mashklar  ta'sirida  kon  tarkibining  uzgarishi  va  boshkalar  natriyning  sportchi 

organizmi uchun axamiyatini yanada oshiradi. 

Kaliy  kimyoviy  jihatdan  faol  metall,  tabiatda  sof  holatda  uchramaydi. 

Minerallar(dala  shpati,  slyuda,  silvinit,  karnallit,  kainit  va  boshqalar)  tarkibida 

uchraydi.  Kaliy  inson  va  hayvon  organizmi  uchun  muhim  biogen  elementlardan 

hisoblanadi.  U  tabiatda  keng  tarqalgan,  yer  po„stidagi  miqdori  og„irlik  jihatidan 

2,41%  ni  tashkil  etadi.  Bu  elementning  muhim  tomoni  shundan  iboratki,  u 

organizmdagi  barcha  «yumshoq»  to„qimalarning  me'yoriy  ishlashini  ta'minlaydi 

(miya,  buyrak,  oshqozon-ichak,  jigar,  ichki  sekretsiya  bezlari,  tana  va  yurak 

muskullari) 

 

Kaliy  ko„pgina  o„simlik  mahsulotlarida  ancha  mo„l  uchraydi.  Bulardan 



loviya, no„xat, kartoshka, sholg„om, olma, zardoli, qaroli, sarimsoq va boshqalar. 

Shu  bilan  birga,  u  ayrim  hayvon  mahsulotlarida  ham  masalan,  mol  go„shti  (241 

mg/100  g),  baliq  (162  mg/100  g),  sutda  (127  mg/100  g)  serob  bo„ladi.  Odatda, 

odam kundalik iste'mol qiladigan ovqati bilan o„ziga yetarli bo„lgan kaliyni yig„ib 

oladi. Odatda kaliyga bo„lgan sutkalik talab 3-6 g. atrofida, lekin kaliyga  bo„lgan 

talab  natriyni  (osh  tuzini)  ko„p  iste'mol  qilish  bilan  oshib  ketadi.  Natriy  bilan 

kaliyning iste'mol qilishdagi nisbati 2:1 bo„lishi lozim, ya'ni ikki hissa natriyga bir 

hissa  kaliy  to„g„ri  kelishi  kerak.  Bu  nisbat  buzilganidan  keyin  ko„pchilik 

to„qimalarda  me'yoriy  almashinuv  jarayonlari  buzilib  u  yoki  bu  a'zolarda  shish 

paydo  bo„ladi.  Chunki,  tanada  natriy  ko„paysa,  uning  suvni  ushlab  qolish 



 

31 


xususiyati  yuqori  bo„lganligi  tufayli  to„qimalar  orasida suyuqliklar  miqdori  oshib 

suvli  shish  paydo  bo„ladi.  Bunday  paytlari  kaliyga  boy  mahsulotlardan  ko„proq 

iste'mol  qilish,  kasallangan  a'zoga  kaliyga  ancha  boy  bo„lgan  aralashma-asal 

qo„shilgan olma sirkasini surtish kerak.  

Kaliy  almashinuv  jarayonlari  nuqtai  nazaridan  natriyning  ontogenisti 

hisoblanganligi  uchun  u  qanchalik  tanada  ko„paysa,  natriy  shunchalik  ajratish 

a'zolari  orqali  tashqariga  ko„p  miqdorga  chiqarib  yuboriladi.  To„qimalarda 

natriyning kamayishi bilan oshiqcha suyuqlik ham bartaraf qilinadi. Ushbu usuldan 

tanada  paydo  bo„lgan  shishlarni,  yallig„lanishlarni  yo„qotishda  yaxshigina 

foydalansa bo„ladi. Buning uchun, yuqorida qayd qilinganidek, olma sirkasiga asal 

qo„shib og„rigan joyga surtish va har kuni 1 stakan suvga 1 choy qoshiq sirka va 

shuncha asal qo„shib ichib turish kerak (kun  uzog„iga bunday aralashmadan 3-4 

stakan ichiladi). Kaliyning tanaga tegishli miqdorda qabul qilib turilishi tomirlarda 

natriy  tuzlarining  cho„kma  bo„lib  to„planishini  va  shu  yo„l  bilan  skleroz 

kasalligining oldini olishni ta'minlaydi.  

Yuqorida  bayon qilinganlardan  aytish  mumkinki,  tuzlangan  narsalarga o„ch 

bo„lib,  tanada  natriy  miqdorini  me'yoridan  oshirmaslikka  harakat  qilish  lozim. 

Bordi-yu  u  yoki  bu  sabablarga    ko„ra  shunday  holat  ro„y  bersa  kaliyli 

mahsulotlardan  ham  ko„proq  iste'mol  qilishga  o„tish  lozim.  Kaliy  birikmalari 

fotoelementlar  tayyorlashda,  sintetik  kauchuk,  shisha,  sovun  va  boshqa  ishlab 

chiqarishlarda,  o„g„it  sanoatida,  yadro  texnikasida,  tibbiyotda  ishlatiladi.    Odam 

aralash ovqat yeb turganda organizmi sutkasiga qariiyb 2-3 g kaliy oladi, ovqatga 

o„simlik  mahsulotlari,  jumladan  kartoshka  solinsa,  organizmga  kiruvchi  kaliy 

miqdori  ancha  ortadi.  Kaliyni  siydik  bilan  chiqishini  kuchaytiruvchi  ba'zi  dorilar 

ta'sirida  qondagi  kaliy  kamayadi  (gipokaliemiya).  Gipokaliemiya  oqibatida 

miokardning qisqarish funksiyasi buzilishi mumkin. 



Kalsiy  ishqoriy  yer  metallarga  kiruvchi  element  hisoblanadi.  Yer  po„stida 

tarqalganligi jihatidan beshinchi o„rinda (O, Si, Al, Fe dan keyin) turadi, massasi 



 

32 


jihatidan  3,38%  ni  tashkil  qiladi.  Tabiatda  faqat  minerallar  (400  ga  yaqin)  holida 

uchraydi. Kalsiy birikmalari tabiatdagi tog„ jinslari, suvlar va tuproq tarkibida ham 

bor.  Kalsiy  biogen  elementlardan  biri  bo„lib,  o„simlik,  odam  va  hayvonlar 

suyagining asosini tashkil etadi. Bu ma'danli modda ham natriy, kaliy kabi, asosan 

ionlar, ko„rinishida qabul qilinadi. Tanadagi kalsiyning 99% i suyaklar, tishlar va 

tirnoqlar  tarkibida  bo„ladi,  qolgan    1  %    qon  va  boshqa  biologik  suyuqliklarda 

hamda  «yumshoq»  to„qimalarda  uchraydi.  Lekin,  kalsiyning  ahamiyati  faqat 

suyaklar va tishlarning to„g„ri shakllanishi bilan cheklanib qolmasdan, u qon hosil 

bo„lishi  va  ivishi  jarayonida,  nerv  va  muskullardagi  qo„zg„aluvchanlik,  hujayra 

membranasida  kuzatiladigan  o„tkazuvchanlik  jarayonlarida  faol  qatnashadi.  Katta 

yoshdagi odamlar vaznining 1,4-2 foizi kalsiydan iborat. Umuman olganda hozirgi 

kunda  kalsiyga  bo„lgan  sutkalik  talab  o„rtacha  800  mg.ni  tashkil  qiladi,  yosh 

bolalar  va  keksa  odamlarda  bu  ko„rsatgich  1000-1200  mg.gacha  bo„ladi.  Yosh  

bolalarda suyaklarning o„sishi uchun qo„shimcha kalsiy zarur bo„lsa, keksa kishilar 

oshqozon-ichak  yo„lida  kalsiy  so„rilishi  sekinlashganligi  bois,  undan  ko„proq 

iste'mol  qilib  turish  kerak.  Kalsiyga  boy  mahsulotlarni  tanlab  organizmning  unga 

bo„lgan ehtiyojini qondirib borish mumkin. Kalsiy sut, qatiq, pishloq tarkibida ham 

anchagina  bo„ladi.  Iste'mol  taomlari  bilan  qabul  qilinadigan  kalsiy  kerakligidan 

kam  bo„lsa  yoki  uning  oshqozon-ichak  tizimidan  qonga  so„rilishi  pasaysa, 

suyakdagi  kalsiy  qonga  chiqaverib,  skelet  suyaklari  g„alvirsimon  bo„lib  qoladi. 

Bunday  suyak  mo„rt  bo„lib, sal-pal  zarba  ta'sirida  tez  sinadi.  Bu  holatni,  ayniqsa, 

keksa  odamlarda  ko„p  kuzatish  mumkin,  chunki  ularda  yuqorida  aytganimizdek, 

kalsiyning  qonga  so„rilishi  ancha  sust  bo„ladi.  Kalsiyning  o„z  vaqtida  tanaga 

yaxshi  singishi  uchun  fosfor,  vitaminlardan    D,  C,  B

9

  lar  kerak.  Shuning  uchun 



organizmni kalsiyga boyitishda bu vitaminlarning ham taomlarda tegishli darajada 

bo„lishini ta'minlash lozim. Kalsiy ichimlik suvi bilan ham qabul qilib turiladi. Bu 

borada, ayniqsa, «qattiq» suv (quduq va buloq suvi) muhim ahamiyatga ega. Uning 

tarkibida  kalsiy  ko„p  bo„ladi.  Shuning  uchun  ichishga  «yumshoq»  suvdan  ko„ra 

«qattiq»  suv  ma'qul.  Statistik  ma'lumotlar  shu  narsani  ta'kidlaydiki,  «qattiq»  suv 


 

33 


ichib yuradigan odamlar orasida yurak xastaliklari bilan kasallanganlar kam bo„lar 

ekan. Buning  mohiyati shundaki, «qattiq» suv tarkibidagi kalsiy va fosfor yog„li 

ovqatning salbiy tomonini bartaraf qilishda faol qatnashadi. Gap shundaki, bunday 

suvdagi  kalsiy  va  fosfor  ovqatdagi  to„yingan  yog„  kislotalari  bilan  (hayvon 

yog„lari)  aralashib,  sovunlashuv  hosil  qiladi,  sovun  esa  organizmga  so„rilmasdan 

chiqarib  yuboriladi.  Shuning  uchun  ham  yog„li  ovqat  yeyilib  (ayniqsa  hayvon 

yog„i  bilan  tayyorlangan  ovqatlar)  ustidan  «qattiq»  suv  ichilsa,  tanada  xolesterin 

ko„payishi,  qon  bosimining  ko„tarilishi,  semirish  holatlarining    oldi  olinadi. 

Kalsiyga bo„lgan extiyojni  qondirish uchun har kuni ovqatdan oldin har xil ko„kat 

va  sabzavotlardan  tayyorlangan  salat,    meva-chevalardan  yeb  turish  va  haftada 

ikki-uch  marta  yong„oq, bodom,  o„rik  mag„zidan  iste'mol  qilish    tavsiya  qilinadi. 

Qonda kalsiyning kamayib ketishi markaziy nerv sistemasi quzg„aluvchanligining 

susayishiga  va  oqibatda  tirishish  xurujiga  (tetaniya)  sabab  bo„ladi.  Organizmda 

kalsiy almashinuvining xarakterli tomoni shundaki, agar u organizmga oziq-ovqat 

bilan  yetarli  miqdorda  kirib  turmasa  ham  organizmdagi  zahirasi  hisobiga  o„rni 

avvalgidagidek  to„lib  turadi.  Kalsiy  organizmda  uzoq  vaqt  yetishmaganda  kalsiy 

yetishmovchiligi  kelib  chiqadi.  Kalsiy  tuzlari  ko„p  miqdorda  iste'mol  qilinganda, 

ichakdan  ortiqcha  miqdorda  so„rilganda,  bo„yrak  orqali  chiqib  ketish  miqdori 

kamayganda  qon  plazmasida  kalsiy  miqdori  ko„payadi,  natijada  organizmda 

giperkalsiemiya rivojlanadi. Bu juda og„ir sharoitlarda turli to„qima va organlarda 

kalsinoz  (kalsiy  to„planishi)  ga  sabab  bo„ladi.  Giperkalsiemiya  ko„zning 

kasallanishiga, hatto ko„z muguz pardasining kalsiylanishiga olib kelishi mumkin.  

Giperkalsiemiya  vitamin  D  ni  ko„p  iste'mol  qilishdan  ham  kelib  chiqishi 

mumkin. Bunda ichakdan kalsiy so„rilishi keskin oshib ketishi oqibatida kishining 

ishtahasi yo„qoladi(bolalar o„sishdan to„xtab qoladi), ichi ketadi, qusadi va boshqa 

og„riqlar paydo bo„ladi. 

O„sayotgan organizmning oziq-ovqat orqali kirib turadigan kalsiy va fosfat 

tuzlariga  ehtiyoji  katta  bo„ladi.  Bunda  ayni  moddalarning  yetarli  miqdorda  bo„lib 



 

34 


turishigina emas, balki ularning oziq-ovqatda to„g„ri nisbatda bo„lishi ham muhim 

ahamiyatga ega. Kalsiy bilan fosfat tuzlarining miqdori 1:2 nisbatda bo„lishi kerak. 

Bu nisbat o„zgarganda kalsiy bilan fosforning almashinuvi buziladi, natijada katta 

yoshdagi  kishilarda  osteoporoz(suyak  yumshashi)  va  boshqa  suyak  kasalliklariga 

sabab  bo„ladi.  Katta  yoshdagi  kishilarning  kalsiyga  bo„lgan  bir  sutkalik  ehtiyoji 

800 mg.  

Sportchilarning  kalsiy  elementiga  bo„lgan  ehtiyojini  qondirish  uchun  har 

kuni  ovqatdan  oldin  har  xil  ko„kat  va  sabzavotlardan  tayyorlangan  salat,  meva-

chevalardan yeb turish va xaftada ikki-uch marta yong„oq, bodom, o„rik mag„zidan 

iste'mol qilish tavsiya qilinadi. 

Sportchilar  uchun  kalsiyning  ahamiyati  juda  katta.  Kalsiy  sportchilar 

organizmida  faol  kechadigan  muskullar  qisqarishida  bevosita  ishtirok  etadi,  ya'ni 

aktin  va  miozinning  qisqarishi  kalsiy  bilan  bog‟liq.  Shu  sababli  sportchilar 

organizmida  kalsiy  yetishmasligi  jiddiy  oqibatlarga  olib  keladi.  Buning  ustiga 

ko‟pgina  sport  turlarida  suyaklarning  mustahkamligiga  e'tibor  qaratiladi.  Bu  esa 

kalsiy elementining me'yorida bo‟lishini taqazo qiladi. Sportchilar doimiy ravishda 

kalsiy  qabul  qilib  turishlari  uchun  sut  va  sut  mahsulotlaridan  yetarli  miqdorda 

iste'mol qilishlari maqsadga muvofiq. 



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish