Qangʻ davlati tarixini va boshqaruv tizimini arxeologik yodgorliklar orqali oʻrganish


MINGTEPA VA AXSIKENT MODDIY YODGORLIKLARI TARIXI



Download 51,47 Kb.
bet5/5
Sana21.06.2022
Hajmi51,47 Kb.
#687057
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirshod kurs ishi

3.MINGTEPA VA AXSIKENT MODDIY YODGORLIKLARI TARIXI
Farg‘ona vodiysi o‘zining geografik joylanishi va tabiiy sharoitini qulayligi bilan qadimdan dehqonchilik va chorvachilik keng rivojlangan o‘lka bo‘lgan. Bu yerda Markaziy Farg‘onaning qum barxanlaridan tortib to Pomiru Tyanshan' tog‘laridagi al'p o‘tloqlarini uchratish mumkin. Norin va Qoradaryo suvlarining qo‘shilishidan vujudga kelgan Sirdaryo sharqsan g‘arbga qarab Xo‘jand «darvozasi» tomon yo‘nalib, vodiyni ikkiga, janubiy hamda shimoliy Farg‘onaga, ajratgandek bo‘ladi. Janubda Turkiston - Oloy tog‘laridan, shimolda esa Chotqol Qurama tog‘laridan bir necha o‘nlab katta-kichik soylar Sirdaryo tomon yo‘nalib, ba'zilari Sirdaryoga qo‘shilib ketsa, boshqalari bo‘lsa suvining ozligidan unga yetolmay adirlar orasida qolib ketadi. Bu o‘z navbatida o‘ziga xos tabiiy sharoitga (mikroiqlimga) ega bo‘lgan vohalar va vohachalarni vujudga keltiradi.Bu yerda Qoradaryo va uning havzasini alohida ko‘rsatib o‘tish kerak. Qoradaryo Tyanshan' tog‘larining sharqiy tizmalaridan boshlanib, yassi tog‘lik va adirliklarni oralab o‘tib, O‘zgan vohasiga chiqadi. O‘zgan vohasidan to Norin daryosiga qo‘shilguncha bo‘lgan 100 km.dan ziyod masofada Qoradaryo havzasida bir necha so‘lim vohachalarni kuzatish mumkin. Shu vohachalarni birida, hozirgi Andijon viloyati Oyim qishlog‘i yonida, Farg‘onaning ilk shaharlaridan biri Dalvarzinni 30 gektarga yaqin xarobalari yotibdi. Uning arki a'losi, mudofaa devorlar bilan o‘rab olingan «shahristoni» yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Keyingi 30 yil ichida olib borilgan arxeologik izlanishlar O‘zbekiston hududida quyi bronza va ilk temir (miloddan avvalgi II minginchi yillarning ikkinchi yarmi I minginchi yillarni boshi) davridanoq kichik kichik ilk davlatlar shakllanganligi haqida yangi materiallar berdi. Bunday kichik davlatlarning markazi sifatida Jarqo‘ton (Surxondaryo), Dalvarzin (Farg‘ona), Ko‘zaliqir (Xorazm), Ko‘ktepa, keyinroq Afrosiyob (Samarqand) kabi ilk shaharlar dexqonchilikka asoslangan qarorgohlar ora-sidan ajralib chiqadilar. Bunday ilk shaharlarning arki a'losi, mudofaa devor bilan o‘rab olingan «shahristoni» bo‘lgan ekan.Farg‘ona vodiysida bronza davri o‘ziga xos tarixiy taraqqiyotga ega bo‘lib,unda arxaik elementlar uzoq davr mobaynida saqlanib qolgan. Chust madaniyati nomi bilan ma'lum va mashhur bo‘lgan dehqonchilik madaniyatini goho bronza, ba'zida esa ilk temir davriga oid deb talqin qilib kelindi (Zadneprovskiy, 1962,1978,1998; Koshelenko, 1985). Lekin, tabiiy fanlar yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, jumladan radiokarbon analizlar (Zadneprovskiy, 1997) hamda bronza buyumlarini spektral analiz qilish yo‘li bilan (Ruzanov, 1999) Chust madaniyati juda uzoq davrni o‘z ichiga qamrab olib milod-dan avvalgi XVI-XVasrlardan to VII asrgacha davom etganligi aniqlanmoqda.Shohimardon Marg‘ilonsoy hamda Kosonsoy havzalarida olib borilgan keyingi yillardagi arxeologo-paleogeografik izlanishlar Farg‘onavodiysining sug‘orma dehqonchilik tarixiga bir qator aniqliklar kiritdi. Masalan, Kosonsoyning quyi oqimida Axsikent oazisining asosiy qismi miloddan avvalgi X-IX asrlarda o‘zlashtirilgan bo‘lib, Eski Axsi yodgorligihududida dehqonlar qarorgohi bo‘lganligi aniqlandi. Farg‘ona vodiysidagi bir necha o‘nlab bunday qarorgohlarni poytaxti Dalvarzin bo‘lganga o‘xshaydi, ya'ni, Dalvarzin ilk shahar sifatida Farg‘ona vodiysidagi ilk davlatning poytaxti bo‘lsa ajab emas. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, Farg‘ona vodiysining daryo va soy havzalarida miloddan avvalgi X-IX asrlardan boshlab, intensiv sun'iy sug‘orma dehqonchilik keng rivojlana boshlagan ekan. Murakkab rel'efga ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysining daryo va soy havzalarida kanal qazib, dehqonchilik qilish, oddiy dehqon jamoalarining qo‘lidan kelishi qiyin. Bunday ishlarni boshida, menimcha, ilk davlat sohiblari turgan bo‘lishi kerak. Buyuk Ipak yo‘lining gullab-yashnashida poytaxt shaharlarning roli katta bo‘lgan. Bu borada qadimgi Farg‘ona poytaxti Axsikent diqqatga sazovordir. Uning xarobalari To‘raqo‘rg‘on va Jomashuy orqali o‘tgan NamanganFarg‘ona yo‘lining ikki tomonida, Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab cho‘zilib ketgan baland tepaliklar ko‘rinishida yotibdi. Xalq orasida uni Eski Axsi deb ataydilar. Bu yodgorlikning madaniy qatlamlarida Farg‘ona xalqlarining 2,5 ming yilga yaqin hayoti va madaniyati-ga oid bebaho ma'lumotlar beruvchi tarixiy obidalar yashiringan. Ular tariximizning o‘chmas sahifalari, ajdodlarimizdan qolgan moddiy yodgorliklarning zaminda qolgan o‘chmas izlari, o‘zbek xalqining madaniy merosi, o‘z davridagi go‘zallik olamining mezonidir. Eski Axsi hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatdiki, Axsikent shahri Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixida muhim ahamiyatga ega ekan. Ma'lum bo‘lishicha, Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlari singari Axsikentning ham o‘z qal'asi, shahristoni (ichki shahar) va rabodi (tashqi shahar) bo‘lgan (1-rasm). Milodning X-XI asrlariga kelib, uning maydoni 400 gektarga yetgan. Dastlab, biz shaqar qal'asi haqida aniq ma'lumotga ega emas edik. Uning asosiy qismini vaqtlar o‘tishi bilan Sirdaryo suvi yuvib ketgan, qolgani qor va yomg‘ir ta'sirida tekislanib qolgan ekan. Faqat qal'aning shimoliy va shimoli-sharqiy qismi uncha katta bo‘lmagan do‘nglik shaklida saqlanib qolgan. Bu yerda mudofaa devor vahandaq qoldiqlari ko‘zga tashlanib turardi. Qazishma ishlaridan so‘ng qal'a mustahkam mudofaa insho-otlari bilan o‘rab olinganligi va uning eng pastki madaniy qatlamlari miloddan avvalgi III-II asrlarga oid ekanligi ma'lum bo‘ldi. Qal'a devorlari paxsa va xom g‘ishtlardan qurilgan bo‘lib, ming yillar davomida mudofaa holatini yo‘qotmagan, vaqti-vaqti bilan tuzatib turilgan, ba'zida esa butunlay qay-tadan qurilgan. Ayniqsa, bu borada qal'adan shimolda, shimoli-sharqda 35 gektardan ziyodroq maydonni egallagan shahriston (1-rasm, Axsi 1A, Axsi 1B) diqqatga sazovordir. Undan hozirgi kunlarda 25 gektardan ziyodroq joyi saqlanib qolgan. Uning ham janubiy qismini Sirdaryo yuvib ketgan. Shahriston handaq orqali qal'-adan ajralib turgan.Shahriston ikki (ichki va tashqi) qismdan iborat bo‘lib, yozma manbalarda tilga olingan beshta darvoza shu ikkala shahris-tonga oiddir. Ikkala shahriston ham balandligi 20 metrga yaqin devorlar vachuqur qandaqlar bilan o‘rab olingan. Ichki shaqri-ston devori xarobalarining ikki joyida minora qoldiqlari do‘nglik shaklida ko‘rinib turibdi. Tashqi shahristonning shimoliy va shimoli-sharqiy devorlari qoldig‘ida 20 ga yaqin minora xarobalari mavjud. Axsikent markazlashgan Somoniylar davlati (IX-X asrlar) davrida Farg‘ona vodiysining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy markazi sifatida gullab yashnaydi. Axsikentda zarb qilingan tanga pullar Somoniylar davlati iqtisodiyotida muhim rol o‘ynagan. Buni biz ichki bozor mu omalasida bo‘lgan mis tangalar misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Axsikentda zarb qilingan mis tangalar O‘rta Osiyoning ko‘pchilik viloyatlaridan topilgan.IX asr o‘rtalaridan boshlab, Axsikent shahristonining devorlari mudofaa holatini yo‘qota boshladi. Chunki, bu davrda (1X-X asrlar) markazlashgan Somoniylar davlati aholini mudofaa devorlarisiz muhofaza qila olgan.Bu davrda ham Buyuk Ipak yo‘lining asosiy tarmoqlaridan biri Farg‘ona orqali o‘tgan. Hindiston, Eron va O‘rta Yer den-gizi bo‘yi davlatlaridan chiqqan savdo karvonlari Samarqand orqali o‘tib, Xo‘jandga kelgan «Xo‘janddan so‘ng yo‘l ikkiga bo‘linib, biri Pop (Bob), Axsikent orqali Quvaga borgan, ikkinchisi esa So‘x, Rishton, Marg‘ilon orqali Quvada birinchi yo‘l bilan birlashib, O‘sh tomon yo‘llangan (Ibn Xordabex, Ishtaxriy, Ibn Xavqal). O‘shdan so‘ng, bu Buyuk Ipak savdo yo‘li avvalgidek O‘zgan, Otboshi va Terekdavon orqali Xitoyga o‘tgan. Axsikentning X1-XII asrlarga oid madaniy qatlamlarida bir necha ko‘cha ham aniqlandi. Ular shaharning shimoliy va sharqiy darvozalariga, markaziy bozorga hamda temirchi, misgar, zargar va baqqol, savdogarlar mahallasiga olib boradi.Yozma manbalarning bergan xabarlarigako‘ra, Axsikent shah-rining bosh bozori shahristonda bo‘lgan. Buni arxeologik izlanishlar to‘liq tasdaqladi. Aniqlanipshcha, markaziy bozor o‘zining savdo rastalari bilan tashqi shahristonning shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, ikki gektardan ziyod maydonni egallagan.Birinchi (ichki) shahristonning ikki joyida (1-rasm, VIII, XVIII) yer osti vodoprovodi ham ochildi. Bu vodoprovodlar X asrning oxirlarida uzoq vaqtlar xizmat qilishga mo‘ljallab qurilgan buyuk injenerlik inshootdir. Arxeologik tadqiqot-lar shuni ko‘rsatdiki, vodoprovod qurilgan davrda shahristonning ichi zich uylar bilan band bo‘lgan. Shunday sharoitda, qanday qilib, bu yer osti inshooti qurilgan ekan ? Aniqlani-shicha, o‘z zamonasining amaliy ilmlariga tayangan quruvchi ustalari bu ajoyib inshootni hozirgi metro qurilishi shaklida bunyod qilishgan. Avval yer osti tunneli qazilgan, so‘ngra uning ichida pishiq g‘ishtdan yarim gumbazsimon inshoot qurib, uning tubiga katta diametrli sopol quvurlar yotqizilgan (4-rasm). Suv ana shu quvurlar orqali oqqan. Bunday sopol quvur parchalarini shahriston va rabodning hamma joyida uchratish mumkin. Bu vodoprovod sistemasi shahar aholisiga ikki yuz yildan ziyodroq xizmat qilgan. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, ikkinchi shahristonning quyi qatlamlaridan quyi bronza va ilk temir davriga (mi-loddan avvalgi X-IX asrlar) oid topilmalar qo‘lga kiritilgan. Bu albatta Axsikent tarixining, qolaversa bu hududdagi sug‘orma dehqonchilik tarixining uch ming yilga teng ekanligidan guvohlik beradi.

Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, ona Vatan tarixini bilishga, o‘zlikni anglashga qiziqish ortdi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi muhtaram birinchi prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, “O‘z tarixini bilmaydigan, kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan ”. Tarix saboqlari inson uchun namuna bo‘ladi, ta'lim tarbiya beradi. Tarix saboqlari xalqni hushyorlikka, o‘z ozodligimiz, istiqlolimizni ko‘z qorachig‘idek asrashga undaydi. I. Karimov ta'kidlaganidek, “Modomiki o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqiqiy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirishimiz, yana bir bor qurollantirishimiz zarur”. Bugungi kunda tarixshunosligimizda o‘rganilishi dolzarb bo‘lgan masalalardan biri Qang‘ va Davon davlatiga tarixiga oid moddiy manbalar mavzusidir. Istiqlol sharofati bilan yurtimizda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Buning natijasida, vatanimiz xududida vujudga kelgan ilk shaxarlar, Shaxarsozlik tarixini o‘rganishga e'tibor kuchaydi. Ushbu mavzu bo‘yicha mustaqillik nuqtai nazaridan yozilgan ilmiy adabiyotlar vujudga keldi.Haqiqatanham, moddiymadaniyat-tarixning eng qadimgi bosqichlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanib, jamiyatning olg‘a qarab rivojlanish xususiyatlarini va qonuniyatlarini ko‘p miqyosli turli-tuman materiallar orqali ochib berishga imkoniyat yaratadi. Aynipaytda, haqiqiy tarixni ochib berish maqsadida arxeologik manbalarni tahlil qilish va qayta ishlash talab etiladi. Ushbu uslubiy yondashuv to‘laligicha shahar madaniyatining dastlabki bosqichlari uchun ham xosdir. Bu jarayonni o‘rganish uchun tarixiy va arxeologik o‘rganish uslublarining tahlili o‘ta muhimdir. Shuning uchun ham ushbu mavzu dolzarb. Kurs ishi kirish uchtareja, xulosa, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.Kurs ishida O`zbekiston shaxarsozlik tarixi, shaxarlarning vujudga kelishidagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar misollar asosida xamda ushbu davrni o‘rgangan arxeolog olimlarning tadqiqotlari asosida ochib berilgan. Shuningdek, birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning asarlaridan ham metodologik manba sifatida foydalanilgan. Xar bir davr yodgorliklari slaydlarda o‘z aksini topgan. Topilgan yodgorliklarni davrma-davr solishtirgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. Boynazarov F. Antik dunyo. T.: Mehnat, 1989.
2. Buniyatov Z. Gosudarstvo Xorazmshaxov – Anushteginov. M.: 1998.
3. Ibroximov N. Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohati. T.,
1991
4. Isxoqov M. So‘g‘diyona tarix chorraxasida. T.: Fan, 1990
5. Kabirov J., Sagdullaev A. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. T., 1990.
6. Tolstov S. P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. T.: Fan. 1964.
7. Shaniyazov K. Uzbeki – Qarluqi. T.: Nauka. 1964. Shoniyozov K.Sh.
8. Shoniyozov K. Qang‘ davlati va qang‘lilar. T., 1990.
9. G‘ulomov Ya.G‘Xorazmning sug‘orilish tarixi. T., 1959
10. G‘ulomov Ya.G‘. Qadimgi madaniyatimiz ildizlari. T.: Fan.
11. Eshov B. Sug‘diyona tarixidan lavhalar.-T., 2002.
12. Eshov B. Qadimgi O‘rta Osiyo shaxarlari.-T., 2006.
13. Asqarov A.,Abdullaev B. Djarkutan (k probleme protogorodskoy
sivilizasii na yuge Uzbekistana) . Tashkent. 1983
14. Sarianidi V.I. Baqtriya skvoz' mglu vekov. M. 1984
15. Tolstov S.P.Drevniy Xorezm. Opit istoriko- arxeologicheskogo
issledovaniya. M. 1948

1 Karimov I.A.Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch.-Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.-B.4.

2 Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq. -Toshkent: Oʻzbekiston, 1998.- B.25

3 Karimov I.A. Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli. -T., “Oʻzbekiston”, 1992; Oʻsha muallif.
Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida. -T., “Oʻzbekiston”, 1995; Oʻsha muallif.
Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.- T.,
“Oʻzbekiston”, 1997; Oʻsha muallif. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. -T., “Oʻzbekiston”, 1998; Oʻsha
muallif. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq. -T., “Sharq”, 1998; Oʻsha muallif. Oʻzbekiston buyuk kelajak
sari.-T., Oʻzbekiston, 1998; Oʻsha muallif. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T: Oʻzbekiston,
2011.

4 A.Asqarov Sapallitepa T.1973

5 Rtveladze.E.V. Novыye drevnebaktrinskiye pamyatniki na yuge Uzbekistana// Baktriyskiye drevnosti – T.
1976.

6 Sagdullayev A.S va boshq. Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T. 2000

7 12Masson M. Ye. Axangeran, S. 15, 16; Buryakov Yu. F. Genyozis i etapi razvitiya gorodskoy kul'turi
Tashkentskogo oazisa. S. 15-16bet

8 Eron qo‘shinlarign yetib olib, ular bilan jang qilishni buyuradi. Massaget qo‘shinlari eronliklar
lageriga yetib kelib, bu yerda qoldirib ketilgan oz qism eron jangchilarini tor-mor qiladilar va g‘alabani
nishonlashga kirishib, bu yerdagi ichimliklar, nozu ne'matlarni tanovul qilishadi. Hamma mast bo‘lgan bir
paytda Kirning jangovar qismlari bostirib kirib, massaget qo‘shinlarining ko‘pchilik qismini chopib
tashlaydilar va bir qismini jumladan, Sporgapifni asir oladilar. Bu fojia To‘marisga yetgach, u elchi
yuborib, o‘g‘lini qaytarib berishni va eronliklarga o‘z vatanlariga qaytib ketishni maslahat berib shunday
deydi: «... agar mening bu maslahatimga quloq solmasang massagetlarning oliy xudosi «Quyosh» nomini
tilga olib qasam ichamanki, men sen qonxo‘rni astoydil qonga to‘ydiraman». Sporgapif halok bo‘ladi.
Massaget qo‘shinlari eronliklar ustidan g‘alaba qozonadi. Kir ham shu jangda, miloddan oldingi 529
yilda halok bo‘ladi. To‘maris Quyosh xudosi nomiga ichgan qasamiga amal qilib, Kirning boshini tanasidan
judo qilib, qon bilan to‘ldirilgan meshga solib, shunday deydi: Sen xiyla - nayrang bilan mening
o‘g‘limni o‘ldirib, meni undan judo qilding. Bu bilan meni — sening qo‘shinlaringni tor - mor qilgan
kishini tiriklayin o‘ldirding. Men bo‘lsam o‘z va'damga vafo qilib, sen qotilni qonga to‘ydirdim».
Qarang: Dovatur A. I., Kallistov D. P., Shishova I. A. Narodi nashey strani v «Istorii» Geradota. M.,
1982. S. 89—93.



9 VishnevskayaO. A. Kul'tura sakskix plemen nizov'ev Sirdr'i v VII—V vv. do n.e. M., 1973. S. 119,
131.


Download 51,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish