Poezdni alohida hushyorlik bilan boshqarish (ведение поезда с особой бдительностью). Lokomotiv brigadasining poezd harakatlanish sharoitlariga doimiy e’tiborda bo’lishi.
Yuk vagonlari (вагоны грузовые). Yuk tashishga mo’ljallangan vagonlar. Ularga yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platformalar, sisternalar, yuk tashish uchun ixtisoslashtirilgan vagonlar: bunker turidagi vagonlar, termoslar, refrijerator vagonlar, ARV lar, don tashigichlar, transporterlar, konteyner tashigichlar, shuningdek, yuk vagoni turidagi maxsus vagonlar kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |