Yo’lovchi vagonlari (вагоны пассажирские). Yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan vagonlar. Ularga shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmat-texnik (xizmat vagonlari, klublar, sanitar, sinov, o’lchov, laboratoriyalar va boshqa yo’lovchi turidagi maxsus) vagonlar kiradi.
Havo oralig’i (izolyasiyalangan tutashish) (воздушный промежуток (изолирующее сопряжение)). Kontakt tarmog’i qo’shni uchastkalarining elektr izolyasiyasi (tok bo’linma) bilan tutashishi. Izolyasiyalovchi tutashish shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibi pantografi undan o’tayotganda, tutashuvchi uchastkalar elektrli ulanadi.
Yordamchi post (вспомогательный пост). Yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan va faqat shahobcha yo’lining birikish punktiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan peregondagi post.
Do'stlaringiz bilan baham: |