Harakat tarkibining gabariti (габарит подвижного состава). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, unda to’g’ri gorizontal yo’lga qo’yilgan yukli tarkib ham, bo’sh tarkib ham chetga chiqib ketmasdan joylashishi kerak.
Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari (габарит приближения строений). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, uning ichiga inshoot va qurilmalarning biror qismi kirmasligi kerak.
Harakat tarkibi bilan bevosita aloqada bo’lishi uchun mo’ljallangan qurilmalargina (ish holatidagi vagon sekinlatkichlari, mahkamlagichlari bilan kontakt simlari, suv olishda kolonkaning buriladigan qismi) bundan mustasnodir.
Asosiy yo’llar (главные пути). Peregonlar va stansiyalarning yo’llari bo’lib, yondosh peregonlarning bevosita davomi hisoblanadi va odatda, strelka o’tkazgichlarda chetga burilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |