O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO'LLARDA YUK VA YO'LOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDAN TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARI (2001 yil 1 dekabrdan "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI sining 2001 yil 13 avgust 36-son buyrug'i bilan joriy etilgan) Qo'shimcha va o'zgartishlar bilan
Toshkent 2012 yil
Ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlarning matn, ma'nosini ommaga ravshan, keng qamrovli davlat tilida yetkazish, ular bilan ishlashda "O’zbekiston temir yo’llari" davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi hamda boshqa vazirlik, idoralar hamda tadbirkorlik sub'ektlarining temir yo’l transporti bilan bog’liq ishchi-xodimlari hamda temir yo’l o’quv muassasalari talabalariga qulaylik yaratish yo’lidagi dastlabki qadam sifatida "O’zdavtemiryo’lnazorat" inspeksiyasida 2001 yil tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari" ("Pravila texnicheskoy ekspluatatsii jeleznix dorog Respubliki Uzbekistan") o’zbek tiliga tarjima qilindi.
Hammamizga yaxshi ma'lumki, Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlarda temir yo’l transportining alohida va salmoqli o’rni bor. Sohada xalq xo’jaligi va aholining tashishlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirish, temir yo’l transportini to’xtovsiz, uzluksiz, barqaror ishlashi, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yo’lida aniq va uzoqni ko’zlangan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois, temir yo’l transporti kundan-kun rivojlanib, texnik va texnologik jihatdan yangilanib, zamonaviy talablar va jahon andozalari talablariga javob beradigan rivojlanishga erishmoqda. Soha barqaror ishlashini ta'minlashda texnik rivojlanish bilan bir qatorda temir yo’l transporti bilan bog’liq xodimlarning yetarli bilim saviyasiga ega bo’lishi alohida o’rin tutadi. Buning uchun amaldagi me'yoriy hujjatlarni davlat tilida chuqur o’rganish muhimdir.
"O’zdavtemiryo’lnazorat" rahbariyati bu masalaning dolzarbligini hisobga olib, temir yo’l transporti ish mezonini belgilovchi asosiy hujjat - "O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari" ning tarjimasi va uning lotin grafikasiga asoslangan matnini ishlab chiqdi. Bu xayrli ishga inspeksiya rahbari R.X. Ikramov boshchilik qilgan bo’lsa, inspeksiya boshlig’i o’rinbosari I.U. Abdullaev, me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo’limi boshlig’i G’.H. Abdullaev, bo’lim bosh mutaxassisi F.A. Yuldashev, Toshkent temir yo’l transporti muhandislari instituti katta o’qituvchisi S.X. Xusanov va M.S. Bahtiyorovalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Tarjima jarayonida temir yo’l transporti sohasida oldindan ishlatib kelingan so’zlarning o’zbek tilida ma'no va shakl jihatidan mukammal muvofiq kelishiga erishishga harakat qilindi.
Ushbu tarjimaga o’z hissalarini qo’shganlarga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |