Olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarning harakati
282. Olib qo’yladigan qo’zg’aluvchan birliklarning harakati, ularga peregonni egallash xuquqini beruvchi poezd hujjatlarini topshirmasdan amalga oshiriladi. Er osti yo’llari yoki katta ko’priklar, shuningdek, reja va profilning qiyin sharoitlari bo’lgan peregonlarda olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarning harakat tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Olib qo’yiladigan birliklarning harakati grafik bo’yicha harakatlanayotgan poezdlarning xarakatini buzmasligi kerak.
Barcha olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklar elektr izolyasiyali o’qlarga ega bo’lishi kerak.
Olib qo’yiladigan qo’zg’aluvchan birliklarining harakatlanish tartibi O’zbekiston Respublikasi poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi.
5-BO”LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDAN TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARIDA QO’LLANILGAN ATAMALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |