O’zib o’tish punkti (обгонный пункт). Ikki yo’lli liniyalardagi alohida punkt bo’lib, yo’llari soni ko’p bo’ladi va shu sababli poezdlarning o’zib o’tishini va zarur bo’lib qolganda, poezdni bir asosiy yo’ldan ikkinchi yo’lga olishni ta’minlaydi.
«Okno» (окно). Ta’mirlash, qurilish ishlarni olib borish uchun peregon bo’yicha, peregonning yoki stansiyaning alohida yo’llarida poezdlar harakati to’xtatiladigan vaqt oralig’i.
Poezdlarning o’ta jadal harakati (особо интенсивное движение поездов). Grafik bo’yicha yo’lovchi va yuk poezdlarining harakatlari (jami) miqdori bo’lib, ikki yo’lli uchastkalarda bir kecha-kunduzda 100 juftdan va bir yo’lli uchastkalarda 48 juftdan ortiqroq miqdorga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |