Nazorat uchun savollar:
1. Mulk huquqi majburiyat huquqi bilan birga fuqarolik huquqining kichik sohalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli mulk huquqi va majburiyat huquqining oʻzaro nisbati va mulk huquqining fuqarolik huquqida tutgan oʻrnini tahlil qiling?
2. Ma’lumki, mulk huquqining mazmunida foydalanish huquq alohida oʻrin tutadi. Ayni paytda foydalanish huquqi alohida holda emas, egalik qilish elementi bilan birgalikda namoyon boʻlishi anglashiladi. Biroq foydalanish huquqining egalik qilish elementidan alohida holda qoʻllanilish holatlari ham kuzatiladi.
Mol-mulkka nisbatan foydalanish elementining egalik qilish elementidan alohida holda mustaqil ifodalanish holatini tahlil qiling?
3. Olimov kechki payt ishdan qaytayotib yoʻldan uzuk topib oldi. Uzukni olib uyiga kelib qarasa, u tilladan yasalgan ekan. Ertasi kuni Olimov uzukni tanish zargarga koʻrsatib narxini surishtirganda, zargar uzuk juda qimmat turishini aytdi. Hursand boʻlib ketgan Olimov bu haqda ishxonasidagi doʻsti Nazirga aytganida, Nazir unga uzukni topilmalar idorasiga olib borish kerakligini, yoʻqsa, qonunda belgilangan javobgarlika toritilishini aytdi. Olimov maslahat soʻrab advokatga murojaat qildi.
Unga maslahat bering?
4. Fuqaro A. notariusga murojaat qilib, fuqaro B. ga tegishli boʻlgan uy-joy (koʻchmas mulk)ga mulk huquqini beruvchi orderni rasmiylashtirib berishni soʻradi. Bunga asos qilib, u 30 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelganligi, B. ning vafot etganligi, uning merosxoʻrlari yoʻqligini ma’lum qildi. Ammo notarius fuqarolik qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini berdi.
Fuqaro A. ning talabi oʻrinlimi? Masala qanday hal qilinishi kerak?
5. Amaldagi qonunchilikda “xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilmasligi va bekor qilinmasligi qoidasi” belgilangan. Qonunbuzilish holati mavjud boʻlganda mazkur qoida amal qilish yoki qilmasligi holatini tahlil qiling?
6. Fuqaro Abdurazzoqovlarga tegishli boʻlgan xususiy uy-joy yoʻl qurilishi munosabati bilan buzib tashlanishi haqida viloyat hokimining qarori qabul qilindi. Abdurazzoqovlarga tegishli boʻlgan xususiy uy-joy buzib tashlangandan soʻng, ularning oila a’zolaridan ayrimlariga yer uchastkasi olib berildi. Biroq, oilaning boshqa a’zolariga yer uchastkasi olib berish taklifi bildirmadi.
Mazkur holatda Abdurazzoqovlar oilasining xususiy mulk huquqini himoya qilishning qanday yoʻllari mavjud? Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari qanday himoya qilinadi?
7. Fuqaro S. sudga murojaat qilib, fuqaro D. ga tegishli boʻlgan uy-joy (koʻchmas mulk)ga mulk huquqini berishini soʻradi. Bunga asos qilib, u 20 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelganligi, D. ning vafot etganligini ma’lum qildi. Ammo sud fuqarolik qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini berdi.
Fuqaro S. ning talabini muhokama qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |