O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari



Download 209,94 Kb.
bet70/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mulkdor mulkiga oʻz hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Uning bu huquqini mahrum etishga hech kim haqli emas. Ammo ijtimoiy turmushda, hayotda shunday holatlar boʻladiki, mulkdorning bu huquqiga daxl qilinadi, tajovuz qilinadi. Bu holatda mulkdor yoki mulkdor boʻlmagan ega mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qiluvchi usullardan foydalangan holda oʻz buzilgan huquqlarini tiklashga harakat qiladi. Mulk huquqi himoya etilmas ekan, mulkiy munosabatlar normal tarzda rivojlana olmaydi. Shu sababli davlat turli huquq normalari orqali mulkdorning mulkka boʻlgan huquqini himoya etilishini kafolatlaydi. Mulkdor faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Mulk huquqini himoya qilishda Fuqarolik huquqi normalari muhim rol oʻynaydi. Mulk huquqini himoyasini ta’minlashda fuqarolik huquqi me’yorlari turli xil vazifalarni bajaradi. Ba’zi bir me’yorlar moddiy ne’matlarning u yoki bu shaxslarga tegishli ekanligini mustahkamlaydi. Mulk huquqini vujudga kelishi va bekor boʻlishi haqidagi me’yorlar shunday meyoʻyorlar jumlasiga kiradi. Ikkinchi guruh me’yorlari esa mulkdorga tegishli huquqlarni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan sharoitlarni ta’min etsa, nihoyat uchinchi guruh me’yorlari mulk huquqini bevosita barcha uchinchi shaxslarning ta’siridan qoʻriqlash va himoya etish vazifasini bajaradi. Bunday me’yorlarga mulkdorga yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgarlikni belgilovchi me’yorlarni kiritish mumkin Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni fuqarolik - huquqiy himoya qilish deganda – bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaatlarini tiklash va himoya qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar yigʻindisi tushuniladi. Mulk huquqini uchinchi shaxslar tomonidan buzilishining xarakteri va mazmuniga qarab mulk huquqini himoya qilish turli usullarga turkumlanadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1. Mulk huquqini ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish. Bu usul mulk huquqini mutlaq subyektiv huquq sifatida himoyalab hech qanday aniq majburiyatga bogʻliq boʻlmagan holatda mulkdorning oʻziga tegishli boʻlgan ashyoga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini tiklash yoki bu huquqlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan holatlarni bartaraf etish tushuniladi. Ashyoviy-huquqiy usullarga mol-mulkni birovning qonunsiz egaligidan talab qilish da’vosi (vindikatson da’vo), egalik qilish huquqining bekor qilinishi bilan bogʻliq boʻlmagan huquqbuzarliklarni bartaraf etishni talab qilish da’vosi (negator da’vo), mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi da’volar kiradi. Aniqroq qilib aytganda, mulk huquqi aniq subyektiv huquq sifatida faqat ashyoviy-huquqiy usullar bilan himoya qilinadi.
Mulk huquqini himoya qilishni aynan “ashyoviy huquqlar” bilan bogʻlanishi mulkiy huquq buzilishi natijasida ham mulkdor kelajakda oʻz mulkini aynan oʻzini shyoviy-natura shaklda qaytarib olishi mumkin boʻladi yoki mulkiy huquqlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan toʻsqinliklarni bartaraf etilishi uchun “kurashadi”. Buning oqibatida mulk ashyoviy koʻrinishda mulkdor tasarrufida qolishi ta’minlanadi yoki tiklanadi. Mulk qonunsiz egalikdan talab qilish jarayonida ashyoviy koʻrinishda qaytarilish imkoni boʻlmasa, u holda mulkiy himoya ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish usullari tarkibiga kirmaydi.
2. Majburiyat-huquqiy usullar bilan himoya qilish. Bu usullarga mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz orttirilgan mol-mulkni qaytarish, shartnoma boʻyicha olingan ashyoni, agar shartnoma boʻyicha ashyo ma’lum muddatga foydalanishga berilgan boʻlsa, qaytarish kabi mulk huquqini himoyalovchi usullar misol boʻladi. Ushbu usullarning barchasi uchun ularning asosini tashkil etuvchi omillar mulk huquqiga ega boʻlmay, balki boshqa huquqiy institutlarga tegishli subyektiv huquqlar xosdir. Masalan, mulkdor oʻziga tegishli mulkni ijaraga berib, ijara muddati tugagandan soʻng, ijaraga oluvchi mulkni mulkdorga qaytarmasa, mulkdorning huquqi mulk huquqi normalari bilan emas, shartnoma huquqi normalari bilan himoya qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini bevosita emas, balki soʻnggi natijaga bogʻliq holatda himoya qiladi hamda majburiyat bajarilmasligi oqibatida mulk huquqini buzilishidan himoyalanish orqali namoyon boʻladi. Bir qator holatlarda, jumladan, mulk nobud boʻlganda mulk huquqi oʻz-oʻzidan bekor boʻladi. Bunda majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini himoya qilishga emas, mulkdorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi.
3. Fuqarolik huquqining turli institutlari bilan himoya qilish. Bu guruhga mulk huquqini fuqarolik-huquqiy himoya qilishning shunday usullari kiradiki, ular ashyoviy huquq va majburiyat-huquqiy munosabatlarga aloqador boʻlmasdan, fuqarolik huquqining turli institutlaridan kelib chiqadi. Bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning qaytib kelishi natijasida, uning mulkiy huquqlarini himoya qilish haqidagi normalar, bitim haqiqiy emas deb topilganda; taraflarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, garov saqlovchining javobgarligi haqidagi, meros qilib qoldirilgan mol-mulkni saqlovchi yoki vasiyga berilgan vasiylik ostidagi shaxsning mol-mulkini nobud boʻlishi va yoʻqolishi haqidagi qoidalar fikrimizni isbotlaydi.
Bu himoya usuli orqali mulk huquqi bilvosita himoya qilinadi.
4. Mulk huquqining bekor boʻlishini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda himoya qilish. Mazkur maxsus usul bilan bogʻliq fuqarolik-huquqiy usullarga, bevosita mulk huquqi bekor boʻlishi oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzilishlarini fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar orqali himoyalash usullari kiradi. Bunga, xususan, davlat tomonidan shaxslar mulkining davlat ixtiyoriga noqonuniy oʻtkazilishidan himoyalovchi kafolatlar kiradi.
Mulk huquqini e’lon qilish, huquqini tan olish to’g’risida da’vo
Negator da'vo Vindikatsion da'vo

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish