O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Mulk huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari



Download 209,94 Kb.
bet58/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Mulk huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari
Muayyan shaxslarda ma’lum mol-mulkka mulk huquqini vujudga kelishi huquq yaratuvchi faktlar orqali ham, subyektlarning harakatlari, kishilarning irodasiga bogʻliq boʻlmagan hodisalar roʻy berishi orqali ham sodir boʻlishi mumkin. Mazkur huquq yaratuvchi yuridik faktlar mulk huquqi paydo boʻlishining asoslari (titullari) deb nomlanadi. Mulk huquqi ikki xil usul, ya’ni dastlabki va hosilaviy usullar yordamida qoʻlga kiritiladi. Mulk huquqining dastlabki usulda qoʻlga kiritilishida, sotib oluvchining huquqlari va majburiyatlari qonun tomonidan belgilanadi, hosilaviy usulda esa sobiq mulkdorning irodasi, huquqlari va majburiyatlari, tomonlarning oʻzaro roziligi va davlat xokimligi organlarining dalolatnomalari muhim ahamiyatga ega boʻladi.
Dastlabki (boshlangʻich) usullarga mulk huquqi ayni ashyoga nisbatan birinchi bor paydo boʻladigan sharoitdagi mulk huquqini (masalan, ilgari mavjud boʻlmagan, va shu sababdan hech kimning egaligida hali boʻlmagan yoki garchi mavjud ilgari kimnidir egaligida boʻlgan taqdirida ham, biroq hozirda hech kimga tegishli boʻlmagan ashyolar) yohud mazkur ashyoga sobiq mulkdorning erki-irodasidan qat’i nazar mavjud mulk huquqlarini qoʻlga kiritish usullarini kiritadilar. Mulk huquqini bunday qoʻlga kiritish usullariga yangi ashyoni yaratilishi, oʻsimlik, hayvonot olamining va notirik tabiatning umumiy iste’molga yaroqli obyektlarining yigʻim terimi, mulk huquqiga nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddati, egasiz mulkka ega boʻlish va boshqalar kiradi. Hosilaviy usullar boʻlib mazkur shaxs tomonidan mulk huquqining qoʻlga kiritilishi dastlabki mulkdorining mulk huquqiga asoslanadigan usullar hisoblanadi. Yuridik shaxsning qayta tashkil etishdagi huquqiy vorislik tartibida tuziladigan mol-mulkni taqsimlash bitimlari asosida mulk huquqining qoʻlga kiritilishi mulk huquqini qoʻlga kiritishning xosilaviy usullariga taalluqlidir. Mulkchilik huquqini qoʻlga kiritish usullarini dastlabki asos va hosilaviy usullarga boʻlinishi amaldagi FKda qonuniy mustahkamlanmaganligiga qaramay, uni amaliy maqsadlar uchun qoʻllash mumkin. Mulk huquqini qoʻlga kiritilishi usullarini dastlabki va xosilaviy usullarga farqlashning amaliy ahamiyati – ularning yordamida mulk huquqini oluvchining huquq va majburiyatlari hajmining belgilanishida namoyon boʻladi. Mulk huquqini qoʻlga kiritishning hosilaviy usullarida yangi mulkdori, oʻzining oʻtmishdoshiga tegishli boʻlgan xuddi oʻsha huquqlari, va shular bilan birga mazkur huquqning barcha cheklanishlarini qoʻlga kiritadi. Dastlabki usulda oluvchiga mulk huquqining hech qanday cheklovlari tatbiq etilmaydi.
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki usullarga quyidagilar kiradi:
- mol-mulkni yaratish va koʻpaytirish;
- mehnat faoliyati;
- mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, bitimlar asosida qoʻlga kiritish;
- davlat mol-mulkini xususiylashtirish;
- meros qilib olish;
- egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat;
- hamma yigʻib olishi mumkin boʻlgan ashyolarni mulkka aylantirish;
- egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi;
- topilmaga egalik huquqini olish;
- qarovsiz hayvonlarga egalik huquqini olish;
- xazinaga egalik huquqini olish;
Mulk huquqi vujudga kelishining hosila usullariga quyidagilar kiradi:
- bitim boʻyicha mol-mulkni olish;
- sudning qarori.
FKning 197-moddasiga koʻra, mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qoʻyish (sotib olish) yoʻli bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor boʻladi. Mulk huquqining bekor boʻlish tartibotini oʻrganishda jamiyat va mulkdor manfaatlarining oʻziga xos toʻqnashuvini kuzatish mumkin. Bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun ularning oʻrtasidagi muvozanatni saqlash zarur va bunga mulkchilik tizimi munosabatlarining tartibga solish jarayonida erishiladi.
Xususiy mulkning daxlsizligini e’tirof qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, «...Mulkdor undan faqat qonun tomonidan koʻzda tutilgan hollarda va tartibda mahrum etilishi mumkin» deyilgan. Mazkur koʻrsatmaga tayangan holda FK mulk huquqining bekor boʻlishining asoslarini, shuningdek FKning birinchi moddasida oʻrnatilgan mulkning daxlsizligi tamoyiliga asoslangan holda ham tartibga soladi. Fuqarolik qonunchiligining negiziga kirgan mulkning daxlsizligi tamoyili bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk muomalasining barqarorligini qoʻllab quvvatlashda, mulkdor uchun mol-mulkidan oʻz xohishiga koʻra va oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda foydalanishi uchun har tomonlama qulay shart sharoitlarning yaratilishida muhim oʻrin tutadi. Mulk huquqi bekor boʻlishi asoslarining fuqarolik-huquqiy belgilanishi asosan fuqarolar va yuridik shaxslar xususiy mulkining daxlsizligini ta’minlanishi uchun qaratilgan. Mulk huquqining bekor boʻlishi qonun tomonidan koʻzda tutilgan ma’lum, huquqni toʻxtatuvchi yuridik faktlarni paydo boʻlishi bilan sodir boʻladi. Mazkur yuridik faktlar vujudga kelishining huquqiy oqibati mulk huquqining bekor qilinishidir.
Mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Bunday asoslarga mulkdor tomonidan majburiyatning ixtiyoriy ijro etilishi, mulkdor tomonidan mulkning taqdirini hal etadigan bir tomonlama qarorning qabul qilinishi, sud qarori va qonun hujjatlarining mulk huquqini bekor qiladigan normalari asosida mulkning olib qoʻyish (sotib olish) taalluqlidir.
Mulk huquqining bekor qilinishi boʻyicha mulkdorning oʻz roziligini bildirishiga bogʻliq holda, yuqorida koʻrsatilgan asoslarni ikki guruhga, ya’ni ixtiyoriy (mulkdorning erki boʻyicha) va majburiy (mulkdorning erkidan tashqari) asoslarga boʻlish mumkin.
Majburiyatning mulkdor tomonidan ixtiyoriy tarzda bajarilishi va mulkdor tomonidan mulkning taqdirini hal etadigan bir tomonlama qarorning qabul qilinishi mulk huquqi bekor qilinishining ixtiyoriy asoslaridir. Oʻz navbatida, sud qarori va qonun hujjatlarining mulk huquqini bekor qiladigan qoidalari asosida mulkning olib qoʻyilishi (sotib olinishi) majburiy asoslarga kiradi. Majburiyatning mulkdor tomonidan ixtiyoriy tarzda bajarilishi yoʻli bilan mulk huquqining bekor qilinishi mol-mulkni tasarruf etuvchi shartnomalar, ya’ni oldi – sotdi, ayriboshlash, xadya qilish va boshqa shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu holda tasarruf etish huquqini amalga oshirayotgan mulkdor oʻzining mulkiga nisbatan oʻz ixtiyoriga koʻra va oʻz manfaatlarini koʻzlagan holda mulk huquqini bekor qiladi.
Mulkdor tomonidan mulkning taqdirini hal etadigan bir tomonlama qarorning qabul qilinishi asosida, mulkdor tomonidan mulkni iste’mol qilish, yoʻq qilib tashlash yoki roʻyxatdan chiqarish natijasida, va bir tomonlama bitimlarning (masalan, vasiyatnoma) tuzilishi tufayli mulk huquqi ixtiyoriy tarzda toʻxtatiladi (vasiyat qoldiruvchi vafot etgach).
Oʻz navbatida, mulk huquqining majburiy bekor qilinishini, mulk huquqining bekor qilinishi uchun nima asos boʻlganligiga qarab ikki guruhga boʻlish mumkin. Birinchi guruhga sud qarori asosida amalga oshiriladigan mulk huquqining bekor qilinishi usullari kiradi. Bularga mulkdorning majburiyatlari boʻyicha uning mulkiga nisbatan undirishni qoʻllash, shaxsga tegishli boʻlishi mumkin boʻlmagan mulkka nisbatan mulk huquqining bekor qilinishi, tarix va madaniyat yodgorliklarni egasizlarcha saqlanishi va huquqbuzarlik uchun mol-mulkni musodara qilish talluqlidir.
Ikkinchi guruhni qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladigan mulk huquqini bekor qilish usullari tashkil qiladi. Mulk huquqini toʻxtatishning shunday usullariga natsionalizatsiya, rekvizitsiya va mulkdordan mol-mulkni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda mulk huquqining bekor qilinishi kiradi. Mulkning majburiy tarzda olib qoʻyilishi, musodara va mulkdorning majburiyatlari boʻyicha uning mol-mulkiga nisbatan undirishni qoʻllash hollaridan tashqari, umumiy qoida boʻyicha toʻlovli asosda amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilgandan tashqari, tabiiy ofat (yongʻin, zilzila va boshqalar) natijasida ashyoning nobud boʻlishi holatida mulk huquqi bekor qilinishi mumkin. Ashyoning nobud boʻlganidan keyin, saqlanib qolgan unga tegishli tarkibiy qismlar, agarda alohida ma’lum ashyolarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob bersa, mulkdoriga tegishli boʻladilar.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish