O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari



Download 209,94 Kb.
bet61/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida xususiy mulk huquqini himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining muhim va asosiy kafolatlari belgilandi. Jumladan, qonunda “xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi”, “xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidaligi”, “davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishi”, “mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina oʻz mol-mulkidan mahrum etilishi” kabi umumiy qoidalar bilan birga, oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan kafolatlar ham nazarda tutildi. Masalan, Qonunning 5-moddasiga binoan, xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qolaversa, Qonunning 7-moddasida milliy huquqshunoslik uchun oʻziga xos yangi qoida “mulkdor huquqlarining ustuvorligi” mustahkamlandiki, bu qoidaning mohiyatga koʻra, mulkdorning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.
Mazkur Qonuning 2-bobi xususiy mulk huquqini himoya qilish usullariga bagʻishlangan va bunda xususiy mulk huquqining buzilishi va xususiy mulk huquqiga yetkazilgan zararlarni qoplash nazarda tutilgan boʻlsa, Qonunning 3-bobi mulkdor huquqlarining kafolatlarini nazarda tutgani holda har bir aniq holat uchun alohida kafolatlarni belgilaydi. Ana shunday muhim kafolatlardan biri Qonunning 17-moddasi 2-qismida belgilangan boʻlib, unga koʻra, xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek, bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi. Qonunda mulkdorlar huquqlari uchun belgilangan eng muhim kafolatlardan yana biri bu uning 19-moddasida nazarda tutilgan qoidalardir. Aynan mazkur qoidalar mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari kafolatlari sifatida “mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyilib, bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va u koʻrgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanishi” mustahkamlandi. Qonunning 19-moddasi 3-qismida esa, “olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl qoʻyilmasligi” belgilangan boʻlib, uning muhim jihati sifatida mol-mulkning bozor qiymati oldindan mulkdor toʻlanganidan soʻng mulk huquqini bekor qilinishi hisoblanadi. Binobarin bu qoida mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan huquqlariga boʻlgan ishonchi oshishiga xizmat qilishi bilan birga, xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlaydi. “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan, fuqarolik qonunchiligi uchun yangi qoidalardan navbatdagisi bu – uning 24-moddasida belgilangan xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilmasligi va bekor qilinmasligi qoidasidir. Mazkur qoida mulkdorlarning xususiylashtirish natijasida qoʻlga kiritgan mol-mulkiga nisbatan kafolatlar boʻlib, bu davlat organlari tomonidan suiiste’mollik holatlariga yoʻl qoʻyilmasligini ta’minlaydi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish