O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Da’vo muddatining oʻta boshlashi



Download 209,94 Kb.
bet52/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Da’vo muddatining oʻta boshlashi
Da’vo muddatini hisoblashda uning qaysi paytdan boshlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, vaqt davri bilan hisoblanadigan muddatlarda belgilangan vaqtning tamom boʻlish payti huquqiy oqibat tugʻdirishini nazarda tutib, hisoblashda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun uni boshlanish paytini bilish huquqiy munosabat ishtirokchilari uchun zaruriy omil sifatida e’tirof etiladi. Shaxsning oʻz huquqini amalga oshirish, buzilgan huquqini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni talab etish imkoniyatidan foydalanish qancha muddatgacha unda mavjudligini bilishi uchun, u oʻzida bu imkoniyat qaysi paytdan boshlab vujudga kelganligini aniqlab olishi lozim.
FKning 154-moddasiga muvofiq, da’vo muddati shaxs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi.
Da’vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, da’vo muddatining oʻta boshlashi masalasi ham namoyon boʻlmaydi. Da’vo muddati da’voga boʻlgan huquqining tamom boʻlish paytini belgilaydi (moddiy ma’noda). Bunda da’vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, uning tamom boʻlish muddatining oʻta boshlashi ham mumkin boʻlmaydi.
Shaxslarning subyektiv huquqlari va manfaatlarida uygʻunlik va umumiylik mavjud boʻlgan hollarda da’vo muddatining oʻta boshlash paytini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, koʻpchilik hollarda bir necha shaxslarga tegishli huquq buzilganda da’vo muddati oʻta boshlagan paytni aniqlash ham bir muncha qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Masalan, majburiyatda shaxslarning koʻpchilik boʻlib ishtirok etishlari yoki umumiy mulkka nisbatan huquqlarning buzilishi va hokazo. Bunday hollarda bir necha shaxslardan birining huquqlari buzilganligini bilishi boshqa shaxslarga tegishli boʻlgan da’vo muddatining oʻta boshlashini bildiradi. Hammualliflardan biriga tegishli huquqlarning buzilishi bilan asarga nisbatan mualliflik huquqlarining buzilishi sodir boʻladi va da’vo muddati faqatgina huquqi buzilgan shaxsga nibatan emas barcha mualliflarga nisbatan oʻta boshlaydi. Boshqacha aytganda uchta muallifdan birining ismi sharifi (agar taxallus ostida asar e’lon qilingan boʻlsa taxallusi) notoʻgʻri koʻrsatilishi uning huquqlari buzilishi va da’vo muddatining oʻta boshlashini bildiradi hamda qolgan ikkita muallifning manfaatlariga putur yetkazib huquqi buzilgan muallif bilan bir vaqtda ularning huquq va manfaatlariga nisbatan da’vo muddati bir paytdan oʻta boshlaydi.
FKning 154-moddasi 3-qismiga koʻra ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar boʻyicha da’vo muddati kreditorga majburiyatni bajarish toʻgʻrisida talab qoʻyish huquqi paydo boʻlgan vaqtdan oʻta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa da’vo muddati imtiyozli muddat tamom boʻlgandan keyin hisoblana boshlaydi.
Majburiyatni bajarish uchun qarzdorga imtiyozli muddat berilishi FKning 154-moddasi ikkinchi qismida belgilangan, lekin bunday imtiyozli muddatning kim tomonidan berilishi va bu muddat qancha vaqt davom etishi qonun hujjatlarida aniq ifodalanmagan. Bunday imtiyozli muddat kreditor tomonidan berilishi lozim. Agar kreditorning majburiyatini bajarish haqidagi imtiyozli muddat sud tomonidan belgilansa, unda majburiyatni ijro etish ma’muriy tartibda hokimiyat organining majburlov kuchi bilan amalga oshiriladigan harakat sifatida koʻriladi va bunday holatlarga nisbatan FKning 154-moddasi ikkinchi qismi qoidalari qoʻllanilmaydi. Regress majburiyatlar boʻyicha da’vo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan oʻta boshlaydi (FKning 154-moddasi 3-qismi). Regress majburiyatlarda asosiy majburiyat deganda, regress talab qilishi mumkin boʻlgan shaxs tomonidan bajarilgan va bevosita uchinchi shaxslarga nisbatan yuklatilishi nazarda tutiladigan majburiyat tushiniladi. Masalan, sherik qarzdorning boshqa qarzdorlar majubriyatini bajarishi, uning asosiy majburiyatni bajarishi deb tushuniladi. Avtokorxona haydovchisining uchinchi shaxslarga yetkazgan zarari regress majburiyat qoʻllanilganda asosiy majburiyat sanaladi. Bu holatda regress talab qilish huquqi asosiy majburiyat bajarilgan vaqtdan oʻta boshlaydi. Chunki, regress talab qilishi huquqiga ega shaxs shu paytdan boshlab, oʻzining huquqlari buzilganligini biladi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish