Mavzuni to Hdiruvchi cixborot
0 ‘zbek xonining q irg‘iz sardori
Qurbonjon dodhohning to ‘ng‘ich o ‘g ‘li Abdullabek yigitlari
bilan kurashni davom ettirdi. Bosqinchilar qo'lida qatl etilgan do‘sti,
32 yoshida dorga osilgan Po'latxon uchun Skobelevdan qasos olishni
o ‘yladi.
Oloyliklar orasida janglarda chiniqib boy harbiy tajriba ortirgan
yigitlar to'plangan edi. Ular ham Abdullabek singari bosqinchilarga
qarshi so‘nggi tomchi qonlari qolguncha kurashishga ahd qilgan
fidoiy msonlar edi.
Skobelev strateg sifatida o ‘zbek, qirg'iz, qipchoq, tojik, turkman
birlashsalar dahshatli kuchga aylanishini yaxshi bilgan. Shuning
uchun ulaming o ‘rtasida «nifoq» solish, urug‘chilik, maxalliychi-
likni kuchaytirish siyosatini tutdi.
U Abdullabekka qarshi Oloy ichiga yurish qilganda mahalliy
sotqinlardan iborat 25 kishini oldinga yuboradi. Ammo ular ham-
masi vatanparvarlar o'qidan yer tishlaydi. Skobelev shunda ruslarga
ixtiyoriy xizmatga o‘tgan qozoq sardori Shabdonni 40 yigiti bi-
213
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ian razvedkaga yuboradi. Ular bir necha guruhlarga b o iin ib ,
qo‘zg‘alonchilarni qidirishadi. Yo‘l-yo‘lakay ular ovullarni talab,
ancha-muncha yilqi, qo‘ylami o ija qilishadi. Skobelev aholidan
talab olingan mollaru-mulklami b o iib olishni taklif qiladi. Bu bilan
u qozoqlar qirg‘izlarni taladi, degan ovoza tarqatish va ikki xalq
o ‘rtasiga adovat u ru g in i sochmoqchi edi. Ammo Shabdan «Men
ruslarga xizmat qilgani kelganman, talagani emas» deydi. Shunda
q irg iz qipchoqlardan ruslarga xizmatga o4gan Bekjon va Tursunqul
guruhlari ham Abdullabekka qarshi yuboriladi. Ular 0 ‘shdan chiqib
Terakdavonga kelishadi va Dorboz darasida Abdullabek bilan
to ‘qnashadi. Ular tor-mor qilinib, ko'pchiligi asir olinadi. Yana bir
guruh U chqo‘rg‘on yaqinidagi darada qo‘zg ‘alonchilar tomonidan
qirib tashlanadi.
General Skobelev endi o 'zi shaxsan saralangan, tog‘ urushiga
ixtisoslashgan qo‘shin bilan jangga otlanadi. Abdullabek, Umarbek,
Sulaymon udaychi, Tunako‘lponsod rahbarligidagi o ‘zbek, qirg‘iz,
qozoq yigitlari uni Yangiariq darasida yo ‘lini to'sadi. Ikki o ‘rtadagi
olishuvda qo‘zg ‘alonchilar son va sifat jihatdan ustun dushmanga
bas kelolmay, orqaga chekinadi. Abdullabek qo‘zg‘alonchilami
birlashtirish maqsadida Hudoyorxon avlodi Abdukarimbekni xon deb
e ’lon qiladi va uning nomidan chaqiriqnomalar yuboradi. Abdullabek
xonning birinchi amaldori-mingboshi sifatida tilga olingan xitobnoma
chaqiriqlar o ‘z kuchini k o isatd i. Farg‘ona gubematori bu ishda
eng ta ’sirchan Abdullabek ekanini yaxshi bilgan va shu tufayli uni
yo‘qotish uchun barcha choralarini k o id i. Gvardiya ofiseri Spolatbog
rahbarligida kuchli otryadni Abdullabekka qarshi yubordi. Ammo bu
otryad m agiubiyatga uchrab, orqaga chekindi. Kapitan Spolatbogdek
gvardiya ofiseri o ‘z pog'onasiga k o ia armiya polkovnigiga teng
harbiyning hech qanday nazariy va amaliy harbiy m aium otga ega
b o im ag an Abdullabekdan yengilishi general Skobelevni sarosimaga
soldi. U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoniga y o ilag an
axborotida 80 soldat va ofiserlarga bosh Spolatbog amalga kelganda
butun dabdabasini yo'qotib sharmanda b o ig an in i yozadi. Raqibni
mensimay gerdaygan boshqa ofiserlarning boshiga shunday savdo
tushishi inumkinligidan ogohlantiradi. 1876 yil 6 iyulda general
endi kapitan emas, undan yuqoriroq lavozimdagi podpolkovnik
Krujanovskiyga 350 soldat berib, ulami U ch q o ig 'o n g a yubordi.
Chimboy gamizonidan ikki yuz piyoda askami vodiyga yubordi. 18
iyulda o ‘zi ham sara lashkarlari bilan y o ‘lga chiqdi. Ammo bunday
katta kuch ham qo‘zg‘alonchilarni cho‘chitmadi. Ular dushmanga
turli tomonlardan hujumlar uyushtirib, ko'zdan g ‘ovib bo'lishdi.
214
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nochor holga tushgan Skobelev Abdullabekka maktub yo'llab undan
kurashni to'xtatishini so'radi. Bunga javoban Abdullabek dodxoh
yuborgan javobi ham diqqatga sazovordir. Unda bek ruslaming
nayrangbozligi va subutsizligini ochiq yozib, ularga ishonmasligi
sabablarini ko'rsatdi.
- Sizlar o 'z va'dangizni buzasiz.
Masalan, yarimpodshoh Qo ' qon xonligini Nasriddinxon ihtiyoriga
topshiradi, so'ng ko‘p o'tm ay uni
bekor qilib, Sibirga jo'natdi. Siz esa general Skobelev, huddi shu
tariqa Abdurahmon oftobachini
Q o‘qonda qoldirishga va’da berib, so'ng bizning bir necha
biylarimiz qatori Sibirga jo'natdingiz.
Siz o'zingizning katta va yengilmas qo'shinlaringiz bilan
fahrlanasiz. Biz esa kichik odamlarmiz. Biz faqat Allohga ishonamiz
va yolg'iz unga tayanamiz.
Agar siz о ‘z va’dangizda sobit turganingizda biz shundayin qilmas
edik. Shuning uchun biz tanamizda jonim iz boricha kurashamiz.
Agar siz chindan ham tinchlik istasangiz, bu ishni Shabdan botirga
topshiring. Uni 0 ‘sh uezdida qoldirsangiz u biz bilan o'rtam izda
vositachi bo'ladi va biz unga ishonamiz.
Abdullabekning maktubi u nafaqat sarkarda va balki usta
siyosatchi ekanligini ham ko'rsatadi. U ruslarga ko'ngilli xizmat
qilayotgan Shabdan Jontoevni xoin emas, balki botir deb atadi.
Unga ishonishini bildirdi. Bu esa qirg'iz, qozoq va o'zbek o'rtasiga
nifoq soluvchi general Skobelevga yoqmas edi. Shuning uchun ham
u Abdullabek shartlariga rozi bo'lm adi. U aholiga murojaatnoma
tarqatib, Abdullabek, Umarbek, Abdukarimbek kabi qo'zg'alon
boshliqlarini tutib berishni talab qildi. Ammo xalq o 'z qahramonlariga
hiyonat qilmadi. Skobelev endi po'pisadan zo'ravonlikka o'tdi.
U urush havosini olgan polkovnik knyaz Vitgenshteyn, kapitan
Serpiskiy, yasovul (mayor) Baytakov, praporshik Groshevskiy
boshchiligidagi kazaklardan iborat jazo qo'shinlarini Abdullabekni
qo'lga tushirishga yubordi. Abdullabek, Yormuhammad, Xudoynazar,
Muhammad biy rahbarligidagi mingga yaqin o'zbek, qirg'iz, qipchoq,
qozoq vatanparvarlari dushmanni kuchli otishma bilan qarshiladilar.
Bosqinchilar o 'z maqsadlariga yeta olmadilar. Mustamlakachilarga
qarshi xalq harakati to'xtam ay kuchayib bordi.
Farg'ona viloyati harbiy gubematori Skobelev 1877 yil 7
yanvarda Turkiston general-gubematori fon Kaufmanga yo'llangan
taqdimnomasida Farg'onadagi siyosiy-harbiy vaziyatni tahlil etib,
noxush xulosaga keladi. U qo'zg'alon tugamaganligi, aksincha yanada
215
www.ziyouz.com kutubxonasi
xatarli tus olayotganini uqtirib o ‘tadi. U Abdullabckni qozoq xalqini
milliy qahramoni Sulton Sodiq Kenesarin bilan aloqa o'rnatganidan
tashvishini yashirolmadi.
Qozoq xalqi ozodligi uchun kurashda qurbon b o ig a n Kenesari
Qosimovning kenja o 'g 'li Sulton Sodiq mustamlakachilarga qarshi
otasi ishini davom ettirgan. U o'zbek birodarlari bilan birgalikda 1864
yilda Chimkent, Avliyoota, Turkiston, 1865 yilda Toshkentni, 1866
yilda Erjar, 1868 yilda Samarqand, 1870 yilda Kitob, Shahrisabzni,
1873 yilda Xiva xonligini bosqinchiiardan himoya qilgan fidoiy
inson edi. U endilikda
0
‘zbek amiri Yoqubbek lashkarboshisi sifatida
xizmat qilardi.
Skobelev Oloy vodiysidagi qo‘zg‘alonchilar Buxoro amiri
o ‘g ‘li Abdumalik to‘ra bilan ham aloqa o'rnatishganini aniqlagan.
Abdumalik to‘ra ruslarga tobe otasiga Qarshida qo‘zg ‘alon k o ‘targan,
m agiubiyatdan so‘ng xorijga ketishga majbur b o ig a n istiqlolchi
shahzodaligini, uni inglizlar qoilab-quvvatlashi, Peshavorda yashashi,
lekin hamon istiqlol uchun kurashdan charchamayotganini bilardi.
General Skobelev vodiyda yetimxonlar harakati -- Q o‘qon xonli
gini tiklash uchun kurashayotgan zodagonlar ham qo'zg'alonchi-
!arni qoilab-quvvatlashayotganini rahbariyatiga ta'kidlab o ‘tgan.
Uning bu axborotidan so'ng Abdullabek va uning safdoshlariga katta
«ov» uyushtirildi. Shundan so‘ng Abdullabek Afg'onistonga ke-
tishga majbur b o id i. Makkaga xaj y o iid a n o m aiu m kasallikdan
vafot etdi. Ammo uning o iim i vodiyda istiqlol harakatini to'xtata
olmadi.
1878 yilda Mingtepada yetimxonlar qo'zg'aloni boshlandi. 1880
yildan esa Darvishxonto‘ra, M o‘mmbay boshchiligidagi g ‘alayonlar
koiarildi. Farg'ona va Oloydagi xalq harakatlarida P oiatxon va
Abdullabek tarafdorlari va safdoshlari faol rol o'ynadi. Bu harakat-
lar tinimsiz davom etib. 1898 yilda o'zining yuksak cho‘qqisiga
k oiarildi. O 'lka mustamlakachilarini larzaga solgan mashhur Duk-
chi eshon - Andijon qo‘zg‘alonida o ‘zining yuksak cho‘qqisiga yetdi.
Qurbonjon dodxohning nabiralari 1898 yilgi milliy-ozodlik
q o ‘zg ‘alonida ham faol qatnashganlar. Rus amaldorlari doimo Oloy
malikasidan hayiqishgan. Shuning uchun gubernatorlar uning oldiga
tez-tez kelib turishgan. 1901 yilda Rossiya imperiyasi harbiy vaziri
general Kuropatkin 0 ‘shga kelib Qurbonjonga imperatrisaning
sovg‘asini shaxsan topshirgan. Kurbonjon 3 I nevara, 57 chevara va 6
evara ko'rib, 1907 yilda 0 ‘shda vafot etadi.
Xullas, Q o‘qon xonligi Rossiya guberniyalaridan biriga - Tur
kiston general-gubematorligining Farg'ona viloyatiga aylantirildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Endi Rossiya Markaziy Osiyodagi so'nggi mustaqil Yoqubbek
davlatini tugatish fikriga tushdi. Chunki Ettishahar davlati (1865-
1877) mustamlakachilarga qarshi kurashda Qo'qon, Buxoro, Xivadagi
vatanparvarlarga doimo yordam berib turardi. Xitoy hukumatining
Rossiyadan «Sharqiy Turkistonda tartib o'rnatish uchun rus
qo'shinidan foydalanish» haqidagi iltimosi ayni muddao b o id i. 1877
yil 22 iyunda rus qo'shini G 'uljaga bostirib kirdi.
Ikkinchi tomondan Szo Szun Tan boshchiligidagi Xitoy qo'shini
Urumchi darasiga yaqinlashdi. Amir Yoqubbekning to'satdan vafot
etishi Yettishahar davlati qo'shinining mag'lubiyatga uchrashiga
sabab b o id i. Qo'qonga yondosh bu davlatmng halokatiga Rossiya
asosiy aybdor ekanini bosh shtab polkovnigi D.V. Putyata ochiq
tan olgan. Yoqubbek hukmronligi davrida «uning dono boshqaruvi
natijasida Sharqiy Turkiston uzoq vaqtdan beri hali ko'rmagan
osoyishtalikka erishdi»1 deya Rossiya siyosatini qoralagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |