Mavzu:O’quvchilarni tarbiyalashda rivoyat va hadislardan foydalanish
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism:
Hadislar va rivoyatlar. Ularning ilk manbalari;
Hadis va rivoyatlarning ta’lim bilan bog’liqligi;
Xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar.
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so‟ng
umuman yangi hayot va yangi jamiyat barpo etala boshlandi. O‟zbekistonda bozor
iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining
poydevori barpo etilishga kirishildi.
Mustaqil O‟zbekiston hukumatining xalqparvar siyosati natijasida g‟oyaviy
va siyosat sohasida kun sayin jiddiy o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Jamiyatimizda moddiy-ma’naviy rivojlanishining yangi omillari yaratilmoqda.
Mamlakatmizning barcha sohalarida dekmokratiyalashtirish va
insonparvarlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xalqimiz oldiga madaniy
jihatdan yangilash va o’z-o’zini anglashdan iborat kabi muhim vazifalar
qo’yilmoqda.
O’zbekiston Respubilikasining Oliy Majlisida (1997-yil 29-avgust) «Ta’lim
to’g‟risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Shuningdek, milliy g‟oya va milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasi yaratildi.
Bu dasturdagi hujjatlar ta‟lim sohasida muhim burilish yasadi. Unda ta’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, ta‟lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, o‟qituvchi-pedagoglarning huquq va burchlari aniq belgilab berildi.
Ta’lim sohasidagi bosh maqsad demokratik, insonparvarlik tamoyillarini
qaror toptirish, xalq milliy an‟analari asosida o‟quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash. Mamlakatimiz birinchi rahbari I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida qilgan ma’ruzasida: “O’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, jamiyatimizning fidoiy insonlarni yetuk va bilimli qilib tarbiyalash, har tomonlama komil insonni shakllantirish bugungi kunda ta‟lim tizimining kechiktirib
bo’lmaydigan masalalardan biri hisoblanadi”
deb ta‟kidlagan edi.Siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ma‟naviy sohalarda ulkan o‟zgarishlar amalga oshirildi.
Davlatimiz dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan mustahkam o‟rin egallay boshladi.
XXI asrning dastlabki yillaridanoq ozod va obod vatan, erkin va farovon
hayot barpo etish O’zbekiston xalqining ma’naviy taraqqiyot yo’lidgi bosh g’oyaga aylandi.O’zbekiston Respublikasi davlatining asosiy maqsadi - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta‟minlashga xizmat qilish to’g‟risidagi qarororida
milliy qadriyatlar asosida o’quvchi shaxsida ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni
tarbiyalashga, o’z oilasiga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga alohida ahamiyat berishdan iborat. Ayniqsa o‟sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiql ol ruhida tarbiyalash muhim masalalardan biriga aylandi. Bu vazifani asosan oila va xalq ta‟lim tizimidagi muassasalar bajara oladi. Chunki farzand dunyoga kelgadan e’tiboran oldin oilad tarbiya topsa, maktabda bilim oladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan o’qish darslari orqali
Boshlang’ich sinf o‟quvchilarini nafosat va axloqiy tarbiyalash masalasiga
ajdodlarimiz ham befarq qarashmagan, ya‟ni yosh avlodni nafosat va axloqan tarbiyalash qadimiy bo’lib, uning zaminida jamiyat, el-yurt, mahalla, oila va otaona turgan.
Ayni paytda nafosat va axloqiy tarbiyaga alohida e‟tibor qaratilmoqda.
Chunki, yurtdoshlarimizning chet ellarga borib o‟qishi, ishlashi, odam savdosining avj olishi, yoshlarimizning internet tarmog‟idan bemalol foydalanishi,“ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi ba‟zi bir yoshlarimizni axloqiy nopokliklarga qo‟l urishiga sabab bo‟lmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda ushbu tadqiqotning mavzusi dolzarb muammolardan biriga bag‟ishlanganligi o’z-o‟zidan ko’rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |