Fozilbek Otabek о ‘g ‘li.
0 ‘sha asar, 17-19-betlar.
445
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mustamlaka m a’muriyati ham usta tergovchi bosh b o ‘lgan
komissiya hisobotidan eshon haqida m a’lum ta saw u r hosil qildi va
o ‘ziga xos xulosa chiqardi. Ellikdan oshgan Mingtepa eshoni jism onan
baquw at, ruhan bardam va ko‘pni ko‘rgan. Diplomatiya bobida
o ‘ziga xos maktab sabog'ini olgan. Mustahkam diniy e ’tiqodi, imoni
hushyorlik, mulohazakorlik va tadbirkorlik bilan uyg‘unlashgan.
Odamlarga favqulodda ta ’sir k o ‘rsatib safarbar etish qobiliyati kuchli.
Sharq olami va Yevropa dunyosini yaxshi biladi. 0 ‘z oddiga ulkan
bir maqsad qo‘ygani tabiiy. 0 ‘z g ‘oyasini ro ‘yobga chiqarishda nozik
usullami ishlatishga qodir. Tabiatan mulqdor sinflarga emas, balki
kam bag‘allarga moyilligi uchun ko‘zlagan maqsadi mavjud tuzumni
tahlikaga soladi. Shuning uchun ham sertashvish Farg‘ona viloyatida
Mingtepa eshoniga doimo k o ‘z-quloq b o ‘lib turish zarur.
Muhammad Ali ham o ‘z navbatida komissiya taftishidan tegishli
xulosa chiqarib, mustamlakachilar bilan hal qiluvchi kurashga
taraddud ko‘ra boshladi. Farg'ona muzofotidagi mashhur odamlami
o ‘z maslagiga ergashtirish maqsadida Muhammadaliboy, Somiy
va Xoliqberdi oxundlarga; 0 ‘shga- Qurbonjon dodxoh va uning
bolalariga; M arg‘ilonga - Said A hmadxo‘ja, Muhammad Yusuf
eshonga; Namanganga - Yahyoxon to ‘ra, Q odirxo'ja hoji hamda
boshqa tijorat ahli va ulamoga maktublar yo‘llaydi. Ulardan olingan
javoblar o ‘zbek sanoatchilarining qo‘zg ‘alonga xayrixoh bo‘lsalar
ham, uni boshlashga ju r‘ati yetishmayotganligini k o ‘rsatdi. Bu
narsa, xususan, andijonlik boylardan xalq orasida Mamtaliboy nomi
bilan mashhur b o ‘lgan, Andijonda Jom ‘e masjidini qurdirib bergan
Mahmudalining javobidan yaqqol ko‘rinadi: «Rus podshohi katta
podshoh, hozir bunga muqobil bo‘lmoq nihoyat mushkul bir ishdir.
Bizdek faqirlar qo‘lidan kelmay qolib, oxiri ko‘p besaranjomliklarga
bois b o ‘lurmikin. Xususan, bu kunlarda hamma shaharlarga poezdlar
kelib qolgan, yo‘l yaqin bo‘lgan... Nihoyat o ‘ylab ish qilinsa, yaxshi
bo'ladur. Va illo, hech musulmon kishi bu zolimlar qo‘lida qolmoqqa
roziligi yo‘qdir. Shaharlar o ‘zbeklarga tor b o i g ‘ondek, to g ia r qirg‘iz,
elatiyalarga tor b o ‘ldi, butun Turkiston musulmonlarga torlik qildi.
Nima qilaylik, noilojmiz. Q o‘limizda hech narsa y o ‘q. Yetarlik
asbob va xazina y o ‘q. Har nechik bo‘lsa-da, ishning oqibatini
o ‘ylab, beva-bechoralaming fikrini qilmoqlarini iltijo qilamiz, deb
yozilguvchi miskin va g ‘arib M ahmudali»1.
1897
yil 15 sh aw al oyida Mingtepaga chaqirilganlaming barchasi
ham vaqtida yetib kelmadilar. Ketmontepa, K o'gart va Koshg‘ar
1
Fozilbek Otabek о 'g'li.
O 'sh a asar, 25-bet.
446
www.ziyouz.com kutubxonasi
dovonidan kelgan ko‘plab qirg‘izlaming o b ro ii kishilari (Chibil
b o iis, Muhammadalibek va boshqalar) ikki kun boshqa vakillarni
kutishdi. Shundan so‘ng eshon boshqa shaharlardan kelgan javob
xatlarini tanishish uchun ularga berdi. Turli joylardan o ‘zbek boylari,
savdogarlar va ulamolardan kelgan xatlarda b a’zilar belgilangan
muddatda shay chiqishlarini biddirsa, ko‘pchiligida kutish zarurligi
bayon qilingan edi. Eshon esa xulosa sifatida, qirg‘izlarga «shahar
xalqi chor xukumati zulmidan qo‘rqqanlari uchun chiqmaydilar»,
degan. Yig‘ilish qo‘zg ‘alonni yaxshisi kelasi yili taraddud bilan
boshlashga qaror qildi.
Eshon qirg‘izlaming ishga chindan ham jiddiy kirishganliklarini
payqadi. Mustamlakachi m a’murlar Ketmontepa va K o‘gartdagi rus
mujiklaridan tashvishli xabarlar olaboshladilar. A w allari ulaming
yerlarida chorikor b o ‘lib ishlovchi, ijarachi va boshqa xizmatdagi
qirg‘izlar kelmay qo‘yishgani, ular bilan aloqa birdan uzilganidan
xavotirlana boshlagani m a’lum qilindi. Mujiklar m a’murlami
umumqirg‘izlar ichida inqilobiy harakat qo‘zg‘algani va yaqin
kunlarda hukumatga qarshi qo‘zg‘alon bo‘lishi mumkinligidan ogoh
qilishdi.
Mustamlakachilar kalavaning uchi bevosita Dukchi eshonga
borib taqalishini yaxshi bilishgan. Rus m a’murlarining josuslik
tarm og‘i Mingtepada ham o ‘z to ‘rini yoygani m a’lum edi. Ig‘vogarlik
ilmida butun Yevropaga taniqli ms razvedkasi va kontrrazvedkasining
k o ‘tarilajak qo‘zg ‘alonga qarshi o ‘z choralarini ko‘rib qo‘ygani
haqiqatga yaqin. M agiubiyatga mahkum b o ‘lgan qo‘zg‘alon
ko‘tarilishi mustamlaka m a’murlari uzoqni ko‘zlab astoydil ishlab
chiqqan strategiyaga mos va m a’qul edi.
Muhammad Ali boy tajribasi hamda favqulodda sezish qobiliyati
bilan atrofida kimlardir, nima uchundir harakatni tezlashtirishga
urinayoganini his qilardi. Ko‘z ilg‘amas dushman q o ii g ‘oyat
makkorlik bilan ish ko‘rardi. Eshon bu kuchni 17 may kuni to‘satdan
uning hovlisiga bostirib kelgan ikki yuzdan ortiq kishining darhol
qo‘zg‘alon boshlashni talab qilganida yaqqol ko'rdi. Butun rejalar
ostin-ustin b o ‘lib ketdi. Jiyani Abdulazizni emas, balki uni, eshonni
17 may kuni oq kigizga o ‘tkazib, xon deb ko'targan qo‘llami ham
begona kuch boshqardi. Makkor dushman odamlarning eshonga
e ’tiqodidan ham ustalik bilan foydalandi. Oddiy tayoqlar eshon duosi
bilan o ‘tochar miltiqqa, belbog1 esa tig‘ o ‘tmas qalqonga aylanadi,
deb hayqirganlar ishonchini ham mustahkamlab, oldinga boshladi.
Eshon bu nom a’lum kuch muddatidan esankirab, voqealar tizginini
qo‘ldan chiqaribgina qolmay, sandig‘ida juda ehtiyotlab saqlangan
447
www.ziyouz.com kutubxonasi
muhim hujjatlami olishni ham unutdi. Muhammad Ali garchand
qo‘zg ‘alon tashabbuskori b o ‘lsa ham, uning borishini idora qilolmay
qoldi. Qudratli to ‘lqin uni o ‘z domiga tortib, oddiy ishtirokchiga
aylantirdi.
Q o‘zg‘alon stixiyali tarzda boshlandi. Uning borish jarayoni
quyidagidek: Bir guruh mahalliy mansabdor shaxslar eshon
tayyorlagan murojaatnoma - qasamyodga o ‘z muhrlarini bosishdi.
M urojaatnomada shunday deyilgan edi: «Alloh yo‘q joydan o ‘n
sakkiz ming olamni yaratib, insonga mukammal bir qiyofa baxsh
etib, uni barcha jonzotlam ing sohibi, Odam Atoni esa xalifa qilib
ko‘tardi. Butun olamni Alloh payg‘ambarimiz uchun yaratib, uni eng
yaqin kishisiga aylantirdi va ul hazratni taxtga o ‘tqazdi-da, shunday
murojaat qildi: «Ey payg‘ambar! G ‘ayridinlar va im on-e’tiqodidan
qaytganlar bilan jang b o ‘lg‘usidir». Bunda o ‘ziga sodiq qolgan va
eng yaqin boiganlarga Jannat va’da qildi. Choryorlar xalqqa pandu
nasihat qilib dedilarki, «Kimki g ‘azovot yo‘lida o ‘z mulki va hayotini
Alloh va payg‘ambar uchun qurbon qilsa, bundaylar biz singari
b o i g ‘usidir». Ular nomunosib bandalami tiyish uchun kitob bitdilar va
bizga esdalik sifatida qoldirdilar. Shunday ekan, o ‘zimizni Allohning
qullari va payg‘ambaming ummatlari hisoblaydigan bizlar albatta
g ‘azovot e ’lon qilishimiz joizdir. Birinchidan, Alloh va payg‘ambar
y o iid ag i bu muqaddas urushda biz g ‘olib chiqishimiz, ikkinchidan,
hayotimizni qurbon qilishimiz lozim.
Biz quyida o ‘z muhrimizni bosganlar, oldimizga kalomullohni
qo‘yib, Alloh va payg‘ambarga qasamyod qilib, xalifamiz bilan
shartnomatuzdik. Shundankeyin,agaro‘zim izgabinoqo‘yganimizdan,
shaytonning vasvavasiga uchib yoki shirin jonimizni saqlashni o ‘ylab,
qo‘rqib, v a’damizdan qaytib, uni bajarmasak, do‘zaxga tushaylik, ikki
dunyoda yuzimiz qora b o isin , qiyomat kuni sharmandayu sharmisor
b o iay lik .
Bu so‘zlaming tasdig‘i uchun muhrimizni qo'ydik»1.
Mazqur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obro‘-e’tiborli
kishilardan o ‘n ik k i kishi: Mulla Ahmad Noyib Mirza o ‘g ii , Hayitboy
To‘qsabo, Orziqulboy Ponsod, Umarbek Dodxoh, Botir Mingboshi,
Sottiboy Mirza, Botir Mingboshi Normat o‘g ii , Muhammad Ibrohim
To‘qsabo, Mulla G ‘oyibnazar Ortiq o ‘g ‘li, Alibek Dodxoh, Mulla
Qosim Amin, Ziyoviddin Mahdum M uhammad Sharif o ‘g ‘li2 o ‘z
muhrini bosgan.
'
Do'stlaringiz bilan baham: |