O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mulohaza uchun m a’lumot
Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori yuqorida tilga olgan 
kishilar o ‘z davrining ilg‘or va millatparvar kishilari edi. Masalan, 
In ’om xo‘ja Umarxo‘jaev (1833-1896) asli Q o‘qon shahridan b o ‘lib, 
savdo ishlari bilan Toshkentga keladi va Shayxovandtahur dahasiga 
qarashli Zanjirlik mahallasida muqim boTib qoladi. 0 ‘zining 
odamshavandaligi, bilimi va m a’rifatparvarligi bilan el e ’tiboriga 
tushadi. Uni daha oqsoqoli lavozimiga saylashganida In’om xo‘ja
adolat ila ish yuritadi. Chor amaldorlari bilan munosabatda o ‘zini 
dadil to ‘tishi va xalqqa xayrixoh b o iish i to ‘fayli mustamlakachi 
m a’murlarga yoqmaydi va uni 1880 yili lavozimidan chetlatishadi. 
Ammo xalq e ’tiboriga tushgan In ’om xo‘ja ko‘p o ‘tmay Toshkent 
shahar bosh oqsoqoli lavozimiga saylanadi. Bu mansabda ishlashi 
davomida u Mustamlaka tuzumi mohiyatini chuqur anglaydi va 
xalqni istilochilarga qarshi kurashga tayyorlash zarurligini tushunadi. 
In’om xo‘ja
1892 yilgi qo‘zg‘alonning asosiy tashkilotchilari 
qatorida Turkiston harbiy okrugi sudi tomonidan shafqatsiz jazoga 
mahkum etiladi. 12 yil muddat katorgaga hukm qilingan sobiq bosh 
oqsoqolning xalq o ‘rtasidagi obro‘-e’tiboridan cho‘chigan Turkiston 
general-gubematori bu jazoni 4 yil qamoq bilan almashtiradi. 
Oltmishni qoralab qolgan In’om xo'ja Q o'qon turmasida vafot etadi. 
Shoir Muqimiyning «Tarixi favti noibi Toshkandiy» marsiyasi uning 
xotirasiga bag‘ishlab yozilgan.
Yuzboshi Ahmadxo‘ja Abdurashidxo‘jaev ham millatparvar 
ziyolilardan bo‘lib, mustamlakachilarga nisbatan m uxolif kishilardan 
edi. Sud uni osib o ‘ldirishga hukm qiladi, ammo keyinchalik bu jazo 
15 yillik katorga bilan almashtiriladi. Jazo muddatini o ‘tash davomida 
A hm adxo‘janing sog‘lig‘i yomonlashib Toshkentga qaytadi va 1907 
yili vafot etadi.
Shariat qozisi Sharifxo‘ja Poshshoxo‘jaev (1814-1904)ning fao- 
liyati ham m a’rifatparvarlik va elparvarlikning yorqin misoli b o ia
oladi. Buxoro madrasasida tahsil ko ‘rib, Toshkentning X o‘ja Ahror 
madrasasida mudarris, so‘ng shahar qozikaloni lavozimida ishlagan 
Sharifxo‘ja Xudoyorxon davrida 
0
‘zining xalqlarvarligi bilan nom 
qozongan edi. Q o‘qon xoni vafot etgan har bir kishining vorislari 
xonga meros taqsimlashi kerakligi haqida farmon chiqarganda, 
Sharifxo‘ja qozikalon sifatida bu farmonni shariatga zid deya baholab, 
o ‘nga imzo chekishdan bosh tortadi. Xudoyorxon bu voqeadan 
xabardor bo ig ach , Sharifxo‘jani mansabidan bekor qilib, o ‘limga 
buyuradi. Sharifxo‘ja do‘stlari yordamida Buxoroga qochib ketadi. 
Amir uni Vobkentga qozi qilib tayinlaydi. Sharifxo‘ja dilkashligi
436
www.ziyouz.com kutubxonasi


tufayli bu yerda ham tahdidga duchor b o iib , zindonga tashlanadi. 
Bir yildan so‘ng ozod b o iib , Toshkentga qaytadi. Shayxovandtahur 
dahasi qoziligiga saylanib, 22 yil davomida shu lavozimda xizmat 
qiladi. 0 ‘sha davr matbuotida Sharifxo‘ja Poshshoxo‘jaev «Toshkent 
qozilari orasida eng keksasi va eng bilimdoni»’ va «Xo‘ja Ahror 
madrasasining eng katta professori»2 deb tilga olinadi.
Ana shunday o b ro ii kishini podsho m a’murlari 1892 yilgi 
qo‘zg‘alonning asosiy tashkilotchisi sifatida to ‘rt o ‘g i i bilan 
birga qamoqqa oladi. Harbiy sud 80 yoshdagi Sharifxo‘jani 3 yil 
muddatga Ashtarxon gubemiyasiga surgun qiladi. Ammo shahar 
jamoatchiligining ariza-iltimoslari bilan bu jazo muddati bir yilga 
qisqartiriladi.
Toshkent xalqining ilg‘or ziyolilari xalq dardiga befarq 
boim ay, uning kurashiga bevosita rahbarlik qilishlari tabiiy hoi 
ekanligini tergov materiallari ham tasdiqladi. 27 noyabrdan 10 
dekabrgacha davom etgan Turkiston harbiy okrugi dala sudida 
Eshonxon, Muhammad Olim, xalqqa zulm etkazgan bosh oqsoqol 
Muhammad Yoqub guvoh sifatida berishgan bayonotda In ’omxo‘ja 
oqsoqol, Sharifxo‘ja qozi 20 yil mobaynida hamma ishni bamaslahat 
qilishgani va «Toshotar voqeasi»dan bir kun a w a l ikki marta 
kurishib, uzoq maslahat qilishgani haqida m a iu m o t berishgan. 
M ustamlakachilaming qo‘zg‘alondan xalqning mustaqil fikrlaydigan 
kishi larini y o ‘q qilish uchun foydalanishga uringanlarini va bunga 
ancha oldindan tayyorgarlik ko‘rganliklarini N. P. Ostroumovning o ‘zi 
e’tirof etgan edi. U Sharifxo‘ja Poshshoxo‘jaev haqida 1892 yil 26 
yanvarda bunday deb yozgan edi: «Bugun men Sharifico‘ja qozinikiga 
bordim. Sharifxo‘ja ayyor chol, uning o ‘tmishi shubhali, u Buxoro 
amirining zindonida yotgan». Ostroumov 10 iyundagi kundaligida 
esa Sebzor qozisi M uhiddinxo‘janing shahar hokimi tomonidan 
ta ’qibga olinganini q iz g in m a’qulladi. Eski shahar polisiya b o sh lig i 
N. S. Likoshin ham M uhiddinxo‘janing obro‘-e’tiboriga tan bergan 
holda, uning 1892 yilgi qo‘zg‘alonga «jinoyatkorona» munosabatda 
b o ig an ini yozgan3.
1 «Туркестанские ведемости», 1890 г. 10 июля.
2 O 'sha gazeta, 18 sentyabr.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish