O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

N. S. Likoshin
1916 yili Peterburgda nashr etilgan «Полжизни в Туркеста­
не» kitobida M uhiddinxo'ja H akim xo‘jaevning yerlilar orasida g ‘oyat o'qim ishli, 
ilg‘or fikrli va e ’tiborli shaxs b o ig a n i, o 'z i ham u bilan bir necha bor suhbat 
qurgani haqida yozib, uning faoliyatini yoritishga ancha o 'rin ajratgan.
437
www.ziyouz.com kutubxonasi


* * *
Mustamlakachi amaldorlar qo‘zg'alonning asosiy tashkilotchi- 
lari shariat peshvolari ekanini aniqlashdi. Tergov m a’lumotlariga 
k o ‘ra xalqni qo‘zg‘alonga undaganlar Eshon Azizyor, Azimboy- 
vochcha Salimboev, Iskandarbek Chuqurbekov, Usmon Qassob, 
Muhammadjon Gaynuddinov va boshqalar bo‘lgan'. Q o‘zg ‘alonga 
daxldor b o ig a n k o ‘pgina ulamolar ham javobgarlikka tortildi2.
Chorizm harbiy-siyosiy doiralari bu qo‘zg ‘alonning asosiy sababi 
vabo emasligini, asosan u mahalliy muxolifotning ishi ekanligini 
yaxshi bilishgan.
Mahalliy aholi turli qatlamlarining, - deb yozgan edi general- 
gubematorlikning rasmiy organi, - hokimiyat uchun kurashi oqibatida 
qo‘zg‘alon kelib chiqdi. Vaboga qarshi k o ‘rilgan choralar ikkinchi 
darajali masala edi3.
Toshkent qo‘zg ‘aloni o ik a d a kuchli aks-sado berdi. Namangan 
va Andijonda Toshkent voqeasi munosabati bilan Chorizmga qarshi 
kayfiyat kuchaydi.
1892 yilgi qo‘zg‘alondan so‘ng Sirdaryo viloyat harbiy guber- 
natori general-leytenant N. Grodekovning 26 iyundagi b u y ru g i bilan 
M uhiddinxo‘ja Sebzor qozisi lavozimidan olib tashlandi. Oradan 
olti yil o'tgach, daha jamoatchiligi uning nomzodini adolatparvar 
shariat qozisi sayloviga qo‘yishadi. Saylovda u 62 ovoz, uning raqibi 
Raim xo'ja 12 ovoz oladi. Ammo harbiy gubemator saylovda g ‘olib 
chiqqan M uhiddinxo‘ja nomzodini tasdiqlamay, yangidan saylov 
o ‘tkazish va unda M uhiddinxo‘ja nomzodini kiritmaslik haqida 
farmon chiqaradi. Xuddi o ‘sha yili Toshkentdagi erlar gimnaziyasida 
b o ig a n shahar jamoatchiligi yig‘inida general-gubemator yordam- 
chisi general Ivanov madrasalarda ms tilini o ‘qitish taklifini kiritib, 
mahalliy oliy o ‘quv yurtlari zamon talabiga javob bermasligi haqida 
gapirganda va mustamlakachilaming sodiq malayi mulla Olim uni 
q o ilab -q u w atla b , madrasalardagi amaldagi ta iim n i yerga urib 
tahqirlaganda M uhiddinxo‘ja jim turolmaydi. U jahon faniga ulkan 
hissa q o ‘shgan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiy va Ulug‘bek kabi 
allomalar xuddi shu madrasalarda o ‘qiganini eslatib, bu dargoxlar- 
ning m a’rifat maskanlari sifatidagi xizmatlari va xalq maorifida 
o ‘ziga xos o ‘mi borligini aytadi. 0 ‘zbek ziyolisi va ulamosining bu 
chiqishi podshoh amaldorlarining unga b o ig a n adovatini yanada
10 ‘RMDA, 17-TF, 1-ro‘yxat, 1352-ish. 212 sahifa.
20 ‘RM DA, 1-TF. 31-ro‘xat, 1219-ish. 6 sahifa.
’ «Туркестанские ведемости», 1892, 22 декабрь.
438
www.ziyouz.com kutubxonasi


kuchaytiradi. Mustamlakachilar xalqlarvar, keng dunyoqarashga 
ega bo‘lgan, bilimdon ziyolilami yomon ko'rsalar ham ulardan vaqt 
kelganda imperiya manfaatlari yo'lida foydalanishgan.
Qishloqlardagi g ‘alayonlar va ayniqsa Toshkentdagi qo‘zg ‘alon 
Turkistondagi mustamlakachi m a’muriyatini g ‘oyat tashvishga 
soldi. Mustamlakachilar markazdan m a’muriy-polisiya shtatlarini 
ko'paytirish va m a’muriyatning jazo vakolatlarini yanada kengayti- 
rishni so ‘radi. Rus imperatori Turkiston general-gubematorining 
iltimosini qondirib, o ik a d a mirshablik holatini joriy etishga ruhsat 
berdi. Imperiya Davlat kengashining 1887 yilda tasdiqlagan «Davlat 
tartibi va jam oat osoyishtaligini muhofaza etishga oid choralar 
haqidagi Nizom»i Turkiston o ‘lkasida 1892 yil 18 iyundan e ’tiboran 
qo‘llana boshlandi. Bu qoidalar mustamlakachilar uchun vakolatlar 
eshigini keng ochdi. «Kuchli muhofazada» deb e ’lon qilingan joyda 
Turkiston general-gubematori majlis-yig‘inlami tarqatish, savdo- 
sanoat korxonalarini yopish, matbuot organlari faoliyatini taqiqlash, 
istagan odamini surgun qilish, jarim a solish va boshqa huquqlami 
oldi. «Favqulodda muhofazada» deb e ’lon qilingan joyda butun 
hokimiyat general-gubemator yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga 
o ‘tdi. 1892 yil 18 iyunda joriy etilgan «qoidalar» harbiy holat 
o ‘matib, fuqarolar ishini ham harbiylar qo‘liga topshirardi. Ammo 
xalqning mustamlakachilik tartiblari, idora uslubi va mslashtirish 
siyosatidan norozilik to‘lqini sira pasaymadi. XIX asming 90- 
yillarida mustamlakachilaming Turkistondagi hukmronligi uchun 
tahlikali vaziyat vujudga keldi. Turkiyaning 1898 yilda Gresiya 
bilan umshda erishgan g ‘alabasi butun musulmon olamida turk 
sultoni obro‘sini ko‘tarib, yevropaliklar zulmi ostida ezilgan 
mazlum Sharqning milliy g ‘ururini uyg‘otib, ozodlik kurashini 
qo‘zg'atdi. Ana shunday kayfiyat Turkistonda ham quchayganini 
ms siyosiy razvedkasi payqadi. Rus maxfiy polisiyasi, okrug shtabi 
kontrrazvedkasi doimo turklardan xavfsirab, ulaming Turkistondagi 
ta ’siridan qo‘rqqan. Mustamlakachilar Turkiya bilan Turkistonni 
birlashtimvchi qardoshlik iplarini uzishga intilishgan. Turkiston 
xalqi ozodlik kurashining bu davri Yevropa mustamlakachilari zul- 
miga qarshi Sharq xalqlari ko‘targan milliy-ozodlik qo‘zg ‘alonla- 
rining tarkibiy qismi deb qaralmog‘i lozim.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish