O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlarning о„rni va roli



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

 
3. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlarning о„rni va roli 
 
Har  qanday  inson  u  tug‗ilgan  xalqning  madaniyat  udumlari,  ona  tili,  diniy  qarashlari  va 
boshqalar  tarkib  topgan  muxitda  о‗sib  voyaga  yetadi,  kamol  topadi,  dunyoqarashi  shakllanadi. 
Ma‘lumki, faylasuflar, psixologlar fikricha insonga ikkiyoqlamalik xos. 
Insondagi ikkiyoqlamalik, eng avvalo, ma‟naviyat va moddiylikni murakkab tarzdagi 
о„zaro birligi va uning bir-biriga о„zaro ta‟siridan kelib chiqadi. 
Insondagi  moddiylik  va  ma‘naviylikning  uyg‗unligi  uning  tabiatidan,  turmush  kechirish 
tarzidan  kelib  chiqadi.  Tabiatan  inson  yaratuvchi,  xayrli,  g‗amxо‗rlik  qiluvchi  qilib  yaratilgan. 
Shu  bilan  birga  unda  salbiy  xislatlar  mavjudki,  shuning  uchun  ham  xalqimizda  «Beayb 
parvardigor» degan naql bor. 
Insondagi  moddiylik  va  ma‘naviylikning  murakkab  tarzdagi  birligi  uning  butun  hayoti 
davomida,  uning  barcha  bosqichlarida  namoyon  bо‗ladi.  Faylasuflar  har  bir  inson  «potensial 
jinoyatchi»  deyishsa,  diniy  qarashlarda  «insonning  bir  yelkasida  raxmon,  ikkinchi  yelkasida 
shayton о‗tiradi. Raxmon tо‗g‗ri yо‗lni kо‗rsatsa, shayton egri yо‗lga undaydi» deyiladi. 


Xalq  pedagogikasi, qolaversa, pedagogika fani  insonni salbiy tomonlarini tо‗g‗rilash, ular 
haqida ogohlantirishga qaratilgan. 
Diniy  qarashlar,  aqidalar  ham  aynan  insondagi  moddiylik  va  ma‘naviylikning  murakkab 
birligi  tufayli  salbiy  xislatlarni  mavjudligi  uni  iloji  boricha  jilovlashga  qaratilgan.  Diniy 
aqidalarda insonning yaxshi tomonlarini, fazilatlarini kamol toptirish, salbiy xislatlardan qochish 
da‘vat qilingan. 
Barcha  diniy  kitoblarda  insonlarni,  atrof-muhitni  asrab-avaylashga,  xudo  bergan 
ne‘matlardan  oqilona  foydalanishga  da‘vat  qilingan.  Insonning  tafakkuri,  jumladan,  iqtisodiy 
tafakkur avvalo oila, sо‗ngra jamiyatda  yaratilgan muhitda shakllanadi. Jamiyatdagi mavjud din 
va diniy qarashlar, albatta, iqtisodiy bilim va ana shu bilimnng tamal toshi iqtisodiy tafakkurning 
shakllanishi va rivojlanishida muhim rol о‗ynagan. 
Insonning  iqtisodiy  faoliyatida  faqat  iqtisodiy  omillargina  emas,  ma‘naviy  omillar  ham 
yetakchi о‗rin tutadi. 
Iqtisodiyot  va  ma‘naviyat  о‗rtasidagi  aloqadorlik  serqirra  va  murakkab  bо‗lib,  iqtisodiyot 
ma‘naviyat rivoji uchun moddiy shart-sharoit yaratadi. Ayni paytda iqtisodiy taraqqiyot zarurati 
ma‘naviyatni  о‗zgartirishni  taqozo  etadi.  Masalan,  ongni,  tafakkurni  yuksaltirmay  turib,  yangi 
texnologiyalar  yaratish,  mehnat  qurollarini  takomillashtirish,  mehnat  jarayonini  oqilona  tashkil 
etish,  fan  va  texnikaviy  ijodkorlikni  rivojlantirish  mumkin  emas.  Tabiiyki,  ma‘naviyatning 
yuksalishi  ilmiy-texnikaviy  kashfiyotlarning  kuchayishi  aholi  bilim  va  malakasini  ortishi, 
iqtisodiy  tafakkurning  о‗zgarishi  ham  iqtisodiyotga  ta‘sir  о‗tkazmasdan  qolmaydi.  Bu  - 
iqtisodiyot  va  ma‘naviyatning  mushtarak  jihatlari.  Yana  bir  umumiy  tomon:  iqtisodiyot  ham, 
ma‘naviyat  ham  inson  hayotini  har  jihatdan  tо‗kis  qilishga  qaratilgan.  Shu  bilan  birga  ular 
о‗rtasida azaliy ziddiyatlar ham bor. Bu ziddiyat asosida insonda mujassamlashgan moddiylik va 
ma‘naviylikning  murakkab  birligi  yotadi.  Bu  haqiqat  unutilgan  taqdirda  iqtisodiyotdan  maqsad 
faqat mahsulotni kо‗paytirish, sarmoyani aylantirib, mumay daromad olish bо‗lib qoladi. Bunday 
vaziyatda  butun  jamiyat  ertayu-kech  nafsi  yо‗lida  yelib-yuguradi,  pul-mablag‗i,  boyligini 
kо‗paytirish  yо‗lida nimalarni  qilmaydi,  ma‘naviyat  esa shu bosh maqsadga  erishish borasidagi 
vositalardan  biriga  aylanadi.  Aksincha  bо‗lsa,  nafsni  tiyish,  an‘anaviylik  ruhidagi  mehnat  va 
turmush sharoitida moddiy rag‗bat birinchi о‗rinda turmaydi va u samarali iqtisodiy omilga ham 
aylanmaydi.  Bunday  vaziyatda  ishlab  chiqarish,  iqtisodiyot  rivojlanmay  qoladi.  Kо‗pga 
chо‗zilgan  turg‗unlik  esa  ertami-kechmi  inqirozga  sabab  bо‗ladi.  Demak,  jamiyat  taraqqiyoti 
uchun iqtisod bilan ma‘naviyat о‗rtasida oqilona muvozanatga erishish zarur. 
Ma‘naviy  va  iqtisodiy  munosabatlar  о‗rtasida  oqilona  muvozanatni,  eng  ma‘qul  yо‗lni 
topish borasida g‗apb ilm-fanida bir-biriga zid bо‗lgan ikki xil qarash mavjud bо‗lib, birinchisi 
marksistik  nuqtai  nazar,  ikkinchisi  -  atoqli  nemis  mutafakkiri  Maks  Veber  isbotlab  bergan  va 
mashhur fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym rivojlantirgan ta‘limot. Birinchi nuqtai nazarda kо‗proq 
foydaga,  boylikni  kо‗paytirishga  intilish  mehnatkashlarni  ekspluatatsiya  qilinishini 
kuchaytirishga olib kelishini asoslashga qaratilgan. 
Maks  Veber  esa  jamiyat  hayotida,  jumladan,  mehnatga  munosabat  jarayonida 
ma‘naviyatning  о‗rni  beqiyos  ekani  protestantlik  axloqining  zamonaviy  shakli  G‗arbiy 
Yevropaga  xos  taraqqiyotning  vujudga  kelishi  va  rivoji  asosida  tushuntiradi.  G‗arbda 
kapitalizmni vujudga kelishida protestantlik oqimini roli kattaligini asoslab beradi. 
U  «Protestantlik  etikasi  va  kapitalizm  ruhi»  asarida  protestantlikning,  ayniqsa,  puritan 
mazhabining  axloqiy  meyorlari,  xususan,  halol  mehnat  qilib,  g‗ayrat-shijoat  kо‗rsatib,  shaxsiy 
hayotni,  ijtimoiy  turmushni  yaxshilashga  intilish  lozim,  degan  da‘vati  hamda  ijtimoiy  hayotni, 
turmush  tarzini,  jumladan,  ishlab  chiqarishni  ham  muttasil  ratsionallashtirishga  qaratilgan 
aqidalari kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari, burjua qadriyatlari shakllanishiga zо‗r turtki 
bо‗lganini e‘tirof etadi. 
Ma‘lumki,  nasroniylikdagi  boshqa  diniy  oqimlar,  boshqa  dinlar:  islom,  buddaviylik  ham 
kamtar-kamsuqumlikni,  qanoatni,  nafs  va  xirsni  jilovlashni  targ‗ib  etib  kelgan.  Bunday  targ‗ib 
turg‗unlikka  yetaklaydi.  Inson  doimo  о‗z  mehnatini  yengillashtirishga,  turmush  sharoitini 
yaxshilashga  intiladigan  qilib  yaratilgan.  Bu  о‗z  navbatida  shu  paytda  odamlarni  hayot  tarzi 


qonun-qoidalarini  belgilovchi  aqidalarda  ham  о‗zgarish  bо‗lishini  zarur  qilib  qо‗yadi.  Bu 
о‗zgarish  insondagi  о‗z-о‗zidan  qoniqish  tuyg‗usi  о‗rniga,  о‗z-о‗zidan  qoniqmay,  g‗ayratga 
berilish hissini о‗yg‗otishi lozim edi. Ana shu о‗zgarishni hayotga protestantlik diniy oqimi olib 
kirdi.  Protestantlik  boshqa  dinlar  suyangan  ezgu  g‗oyalarni  rad  etmay,  aksincha,  ularni  targ‗ib 
etdi, lekin bu jarayonda shaxsiy manfaatlarni oshkora namoyon etish ishtiyoqi va individualizmni 
chegaralab qо‗ymadi, aksincha, ularni mehnat va g‗ayratga yо‗naltirib, rag‗batlantirdi. 
Maks  Veber  halol  mehnat,  g‗ayrat-shijoat,  tadbirkorlik  protestantlikda  diniy  jasorat, 
«dunyoviy  ibodat»  maqomiga  kо‗tarilgan,  deya  о‗qtiradi.  Bu  о‗rinda  u  protestantlikning 
zamonaviy  kapitalistik  xо‗jalik  faoliyati  shakllanishiga  emas,  balki  ―kapitalistik  ruh‖ 
shakllanishiga ta‘sirini kо‗rsatib beradi. 
Protestantlik  kapitalizm  ruhiga,  iqtisodiy  raqobatta,  tovar-pul  va  mehnat  munosabatlariga 
juda  mos  bо‗lgani  bois  uning  g‗oyalari  yetib  borgan  va  xalq  dilidan  joy  olgan  о‗lkalarda 
kapitalizm tez rivojlandi. Masalan, xatolik oqimi hukmronlik qilgan Ispaniya, Portugaliya, Polsha 
singari  mamlakatlarda,  Lotin  Amerikasi  qit‘asida  yoki  pravoslavlik  keng  yoyilgan  Yunoniston, 
Yugoslaviya,  Ruminiya,  Rossiya,  Bolgariya,  Belorus,  Ukraina,  Moldova  kabi  mamlakatlarda 
taraqqiyot sur‘ati protestantlik chuqur ildiz otgan AQSH, Kanada, Angliya, Germaniya, Fransiya, 
Shveysariya, Daniya, Gollandiya, Belgiya, Shvetsiya kabi mamlakatlardagi rivojlanish darajasiga 
nisbatan sustroq ekani ayon. 
Tо‗g‗ri,  mehnatni  barcha  dinlar  ham  ulug‗laydi.  Jumladan,  islom  dini  ham  peshona  teri 
bilan rizq-nasiba topish, bola-chaqa о‗stirishni musulmon bandaning bosh shiori deb biladi. Lekin 
boshqa  dinlardan  farqli  о‗laroq,  protestantlik  e‘tiqod  -  quruq  ibodatda  emas,  aqlning  amaliy 
faoliyati,  ya‘ni  mehnatda,  deya  ta‘lim  berdi.  Kimda-kim  mehnat  qilib,  samarasini  kо‗rsa,  bu  - 
xudo  uni  yorlaqaganidan  dalolat.  Shu  bois  protestantlik  mazxabidagi  odam  uchun  mehnatdan 
keladigan natija asosiy maqsad hisoblanadi. 
Yevropada oliy tabaqaga mansub odamlar past tabaqa vakillari shug‗ullanadigan ishlardan 
hazar  qilar,  qora  xalq  zodagonlarga  xos  kasblar  haqida  orzu  ham  qilolmas  edi.  Protestantlik 
bunday  adolatsizlikka  barham  berdi.  Lyuterning  bu  boradagi  qarashlarini  Veber  mana  bunday 
ifodalagan  edi:  «Dunyoviy  majburiyatlarni  bajarish  har  qanday  sharoitda  ham  xudoga  ma‘qul 
bо‗lishning birdan-bir  vositasidir, aynan mana shu faqat, shu narsa ilohiy iroda kо‗rsatmasidir va 
shu bois ruhsat etilgan kasblarning barchasi xudo oldida tengdir»
 52

Protestantlik mehnatga aynan ana shunday munosabat vositasida feodalizm bag‗rida yetilib 
kelayotgan kapitalistik munosabatlar sari, yangi tuzim sari yо‗l ochadi. Binobarin, protestantlikni 
qaror  toptirgan  reformatsiyachilik  diniy  islohotlar  harakatigina  emas,  yangi  iqtisodiy  tuzim, 
yangicha iqtisodiy qarashlar uchun kurash harakati ham edi. 
Ayni  paytda  protestantlikdagi  puritaniy  mazhablar  talablari  va  ilk  kapitalizm  davridagi 
zarurat о‗zaro mos kelib qolganini ham e‘tirof etish lozim. Ilk kapitalizm protestantlik timsolida 
о‗ziga g‗oyaviy-mafkuraviy tayanch topdi. Protestantlik esa ilk kapitalizm orqali moddiy-ijtimoiy 
asoslarini kengaytirdi va pirovardida jamiyatda mustahkam mavqega ega bо‗ldi. 
Agarda  ma‘naviyat  va  iqtisodiyotning  о‗zaro  ta‘sirini  funksional  yondashuv  asosida  tahlil 
etsak,  ular  ancha  murakkab  rang-barang,  ayni  paytda  har  birining  yuksalishida  о‗zaro 
mutanosiblik  beqiyos  ahamiyat  kasb  etishini  kо‗ramiz.  Masalan,  mehnat  axloq  bilan 
uyg‗unlashmasa,  Iqtisodiy  munosabatlar  jarayonida  ma‘naviyat  masalalari,  xususan, 
insonparvarlik meyorlari yetarlicha hisobga olinmasa, texnokratik qarashlar ustunlik qilib ketadi, 
oqibat-natijada  ishlab  chiqarish  hajmi  ortgani  bilan,  insoniy  munosabatlar  zavolga  yuz  tutadi, 
jamiyatda  о‗zaro  begonalashish  tamoyili  kuchayadi.  Bu  hol  pirovardida  ijtimoiy-iqtisodiy 
inqirozga sabab bо‗ladi. 
An‘anaviylik  ruhidagi  mehnat  va  turmush  sharoitida  moddiy  rag‗bat  birinchi  о‗rinda 
turmaydi  va  u  samarali  iqtisodiy  omilga  ham  aylanmaydi.  Chunki  bunday  sharoitda  inson 
ehtiyojlari turg‗unlik kasb etadi. Maks Veber keltirgan misol  bu jihatdan  ibratlidir: о‗rilgan bir 
morgen (0,25-0,33 gektar) g‗alla uchun bir marka haq oladigan о‗roqchi kuniga 2,5 morgen g‗alla 
о‗radi  va  2,5  marka  haq  oladi.  Xо‗jayin  hosilni  nobud  qilmay  tezroq  yig‗ib  olay,  deydi-yu  ish 
                                                 
52
 Макс Вебер. ―Избранные произведения‖. Москва. ―Прогресс‖, 1990, стр. 98. 


haqini odatdagidan kо‗ra biroz oshiradi - bir morgenga bir marka emas, 1,25 marka hak tо‗lashga 
rozi  bо‗ladi.  Shu  tariqa  unumdorlik  uch  morgengacha  о‗sishiga  umid  qiladi.  Lekin  ananaviylik 
ruhida tarbiya topgan о‗roqli kо‗proq pul ishlab qolish imkoniyatidan foydalanish о‗rniga «yetib 
turibdiku,  bо‗ldida»  deb,  odatdagidek  2,5  markalik  ish  bilan  kifoyalanadi:  endi  2,5  morgen 
о‗rniga 2 morgen о‗ra boshlaydi.  
О‗roqchi  mehnati  unumdorligini  oshirishi  uchun  ish  haqi  miqdori  biroz  kamaytirilsachi, 
degan savol ham tug‗ilishi tabiiy. Kapitalizmning rivojlanish jarayonida mehnat samaradorligini 
oshirish uchun kо‗pdan-kо‗p iqtisodiy choralar, jumladan, ish  haqi  miqdorini biroz kamaytirish 
tajribasi  ham  sinab  kо‗rilgan.  Lekin  u  ham  kо‗ngildagidek  samara  bermagan,  xalqning 
noroziliklarga sabab bо‗lgan. 
Veberning  fikricha,  insonda  yuksak  mas‘uliyat  tuyg‗usi  bilan  birga,  mehnatni  yagona 
maqsad,  yagona  najot  deb  biluvchi  tafakkur  ham  shakllanishi  zarur.  «Mehnatga  bunday 
munosabat  esa  inson  tabiatining  xossasi  emas,  -  deya  e‘tirof  etadi  Veber,  bunday  fazilat  ado 
etilgan ishga kо‗p yoki oz hak, tо‗lash natijasida emas, balki anchagina davom etadigan tarbiya 
jarayoni hosilasi sifatida vujudga keladi». 
Darhaqiqat,  protestantlikka  mansub  oilada  tarbiya  topgan  kishining  qulog‗iga 
gо‗dakligidanoq  mehnat  -  yaratganning  о‗zi  senga  ato  etgan  iqtidor  va  zimmanga  yuklangan 
birdan-bir vazifa, shuning uchun unutma, qancha yaxshi va halol ishlasang, parvardigor egamga 
shuncha ma‘qul bо‗lasan, degan fikr singdirilgan. Protestantlik muhitida tarbiya topgan, mehnatni 
xudo tomonidan yuklatilgan majburiyat va xalos bо‗lish omili deb, tanlagan kasbini esa yaratgan 
ato  etgan  iqtidor  va  kо‗ngliga  solgan  da‘vat  deb  biladigan  kishi  jismida  ish  unumdorligini  kun 
sayin oshirib borish doimiy ma‘naviy ehtiyojga aylanib ketadi. U moddiy jihatdan rag‗batlantirib 
borilsa, bora-bora g‗oyatda ulkan natijalarga erishishi shubhasiz. 
Sharqda mafkura asrlar davomida iqtisodiy о‗zgarishlar zaruratini inkor qilib kelgan, bu hol 
ayniqsa, Xitoy va Hindistonda kо‗p davom etgan. IX-XII asrlarda islom mamlakatlarida tovar-pul 
munosabatlari,  savdo-sotiq  rivoji,  ijtimoiy  safarbarlik,  yangiliklarga  intilish  kuchli  bо‗lgani  va 
jamiyatda haddan ziyod avj olib ketgan ijtimoiy-sinfiy zо‗ravonlik hamda mutelik kayfiyatining 
yо‗qligi, yollanma mehnatning birmuncha rivojlangani ilk kapitalistik munosabatlar shakllanishi 
uchun  obyektiv  iqtisodiy  shart-sharoit  yaratgan  edi.  Lekin  turli  (jumladan,    iqtisodiy,    siyosiy, 
diniy-mafkuraviy)  sabablarga  kо‗ra,  oilaviy  mehnat  taqsimotiga  asoslangan,  mustaqil,  ratsional 
mazmundagi  ishlab  chiqarish  korxonasi  va  kapitalning  ilk  jamg‗arilishi,  ilk  kapitalistik  bozor 
infratuzilmasi  (moliya-kredit,  bank  tizimi  kabilar)  vujudga  kelmadi.  Chunki  jamiyatning 
mafkurasi,  ma‘naviyati  obyektiv  iqtisodiy  zaruratni  inkor  etdi,  unga  erkinlik  bermaslik  uchun 
ochiq-oshkora kurashdi. 
Ma‘lumki,  Bahouddin  Naqshband  hazratlari  ham  mehnat  va  bunyodkorlikka  chaqirishga 
о‗xshash  g‗oya  -  «Dil  ba  yoru  dast  ba  kor»  da‘vatini  olg‗a    surgan.  Lekin  bu  aqida,  ayrim 
obyektiv  sabablarga  kо‗ra,  yangicha  axloq,  va  mehnatga  munosabatni  shakllantira  olmagan. 
Chunki u, birinchidan, mistik tariqatchilik asosida aytilgan, ikkinchidan, о‗sha paytda hali diniy 
mutaassiblik kuchli bо‗lgan, uchinchidan va eng asosiysi - u zamonda kapital, sarmoya, iqtisodiy 
resurslar bir joyga tо‗planmagan, binobarin, mazkur da‘vatni keng miqyosli faoliyatta aylantirish 
uchun  ijtimoiy-iqtisodiy  zarurat,  shart-sharoit  yetilmagan  edi.  Qolaversa,  protestantlikni  keng 
yoyish  va  amalga  oshirish  borasidagi  say-harakatlar  bir  zum  ham  tо‗xtab  qolmagan.  Protes-
tantlikni  qaror  toptirish  davri  tarixda  «Tiklanish  -  Reformatsiya  davri»  deb  ataladi.  U  yuz  yil 
davom etgan kurashlar, olishuvlar va hatto urushlar natijasida amalga oshirilgan. Niderlandiya va 
Angliyada yuz bergan inqilob esa uni yanada mustahkamlagan. 
Tо‗g‗ri, Naqshbandiylikni ham davom ettiruvchilar bо‗lgan. Lekin ular bu ta‘limotni asosan 
g‗oyaviy-mafkuraviy  jihatdan  boyitib  borgan.  Biroq  ushbu  ta‘limot  asosida  hayotni  tub  dan 
о‗zgartirishga  bel  bog‗lagan  islohotchilar  bо‗lmagan.  Xullas,  Naqshband  da‘vati  mehnatda  va 
bunyodkorlikda namoyon bо‗luvchi amaliy e‘tiqodga aylanmagan. 
Protestantlik  xalqning  ijtimoiy  ahvolini  mehnat  orqali  о‗zgartirishga  monelik  qilmadi, 
aksincha,  bunday  irodani  rag‗batlantirdi.  Boshqa  dinlar  va  oqimlar  hukmron  ijtimoiy 


munosabatlarni  tubdan  о‗zgartirishga  jur‘at  etolmadi,  nari  borsa,  insonni  takomillashtirishga 
undadi, xolos. 
Bizning  xalqimizning  iqtisodiy  bilim,  iqtisodiy  tafakkurini  shakllanishida,  rivojlanishida 
muqaddas  kitob  Qur‘oni  karim  hamda  Hadisi  shariflar  nihoyatda  katta  о‗rin  egallaydi.  Qur‘oni 
karimda ne‘matlarni asrab avaylab ishlatish xaqida shunday deyiladi:  «Yenglar, ichinglar, lekin 
isrof  qilmanglar,  chunki  Alloh  isrofgarlarni  yaxshi  kо‗rmaydi»  isrofchilik  gunoh  sanalgan. 
«Hadisi sharif»da  «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bо‗lmaslar» deb, unga quyidagicha izoh 
berilgan:  «Kirimga  qarab  chiqimni  tuta  bilmagan  kishi  bor  davlatini  bitirib,  oxiri  xо‗rlikka 
tushgan  holda,  kirimga  qarab  chiqimni  tuta  bilgan  boy  bо‗lmasada  о‗zini  faqirlikdan  saqlay 
oladi». 
Shunday  qilib,  insonlarni  tarbiyalashda,  jumladan,  iqtisodiy  jihatdan  tarbiyalashda  din, 
Ayniqsa,  eramizning  boshlaridan  katta  о‗rin  tutgan.  Diniy  qoidalar  keyinchalik  huquqiy 
normalarda aks etgan, hokimiyat ularga tayangan. Kur‘oni karimda va uni asosida vujudga kelgan 
huquqiy  normalar,  qonunda  har  bir  kishi  uchun  nima  mumkin,  nima  mumkin  emasligi 
kо‗rsatilgan. Ular asosida aholi tarbiyalangan, faoliyati boshqarilgan. 
Kur‘oni  karim,  hadislar  va  shariat  kо‗rsatmalari  inson  ma‘naviy-ma‘rifiy  kamolotining 
asosi bо‗lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini о‗z ichiga olgan. Shu jumladan, hadislar 
iqtisodiy tarbiyaga oid bо‗lgan fikrlarshshg mukammal tо‗plamidir. 
Islomda,  Ayniqsa,  xarom  va  halol  masalasiga  katta  e‘tibor  beriladi.  Qur‘oni  karimda 
shunday  deyilgan:  «Ey  odamlar  yerdagi  halol,  pok  narsalarni  yenglar»  («Bazara»  surasi,  168-
oyat). Bu bir tomondan iste‘mol qilinadigan mahsulotning tarkibi, iste‘mol uchun yarokliligi yoki 
yaroqsizligi  haqida  gap  ketsa,  ikkinchi  tomondan  halol  mehnat  qilmay,  ya‘ni  о‗g‗irlik, 
muttahamlik,  pora  olish,  aldov  evaziga  topilgan  daromadlar  ham  harom  hisoblangan. 
Farzandlarni  chin  inson  qilib  tarbiyalashning  asosi  ularga  halol  luqma  yedirishdan  boshlanishi 
ta‘kidlangan. 
Qur‘oni  karim  va  hadisi  sharifda  ilgari  surilgan  muhim  g‗oyalardan  biri  iste‘mol  meyori, 
iste‘mol  chegarasi  va  iste‘mol  madaniyati  masalasidir.  Ularda  Alloh-Taolo  bandalariga 
dunyodagi  barcha  noz-ne‘matlarni  yeyish  uchun,  tо‗q  farovon  yashashlari  uchun  in‘om  etgan. 
«Bandalarim  yenglar, ichinglar, isrof qilmanglar, ortiqcha  yeyish makruxdir» deb farz qilingan. 
Bu g‗oya chuqur ma‘noga ega, islom dinidagi asosiy qarashlarni ifodalab, hozirgi kunda ham о‗z 
dolzarbligini  yо‗qotmagan.  Shunday  qilib,  iqtisodiy  tarbiyani  dastlab  bola  oila  doirasida 
kо‗pincha diniy tarbiya orqali olgan. 
Muqaddas  «Kur‘oni  karim»  va  hadislar  ham  odamlarni  insofli  bо‗lishga  birovlarning 
hakdaga  xiyonat  qilmaslikka,  halol  mol  topishga,  nafs  yо‗lida  berilmaslikka  chaqiradi.  Iymon-
e‘tiqodini unutib, о‗tkinchi dunyo lazzatlariga mahliyo bо‗lib, insoniylikka shak keltirishni qattiq 
qoralaydi. 
Tijoratning  barcha  qonun-qoidalari  shartlari  «Kur‘on»  va  «hadis»larga  shariat  va  tariqat, 
ma‘rifat va haqiqat ta‘limotlariga asoslangan holda tuzilgan. Masalan,  «Hadislarda» bir yurtdan 
ikkinchi  yurtga  keltirilib  sotiladigan  mollardan  qoladigan  sof  daromadning  10%  dan  oshiqchasi 
makruh-harom hisoblangan. 
Tadbirkorlik,  ayniqsa,  savdo-sotiq  bilan  shug‗ullanishi  asosida  kо‗proq  foyda  kо‗rish 
yuksak  ma‘naviyat  qoidalariga  mos  keladimi?  Ularning  ma‘naviy-axloqiy  darajasi  qanday 
bо‗lishi  kerak?  Bu  savollar  bugun  paydo  bо‗lgani  yо‗q,  ular  moziydan  beri  bor  bо‗lib,  tarixda 
ma‘naviy axloqiy qarashlar rivojining bosh yо‗nalishlaridan biri - foyda olish masalasiga boylik 
tо‗plovchi  va  foyda  kо‗ruvchi  kishilarga  nasbatan  muayyan  darajadagi  salbiy  munosabatda 
namoyon  bо‗ladi.  Foyda  kо‗rish  bilan  bog‗liq  faoliyatga  kо‗proq  shaxsiy  manfaatni  qondirish 
yо‗li  sifatida  qarash  odatga  aylangan.  Foyda  ortidan  quvilmaydigan,  undan  g‗ururlanishga  yо‗l 
qо‗yilmaydigan ma‘naviylik eng oliy axloqdir, deb hisoblangan qarash asrlardan buyon axloqiy 
ta‘limotlarning muhim tarbiyaviy qismi bо‗lib kelgan. 
Yevropadagi  bu  boradagi  burilish  о‗tgan  asrning  boshlaridan  kapitalistik  munosabatlar, 
bozor  iqtisodiyoti  takomillashgan  davrda  yuz  berdi.  Jamiyatda  tovar-pul  munosabatlarining 
kuchayishi  bilan  bu  boradagi  qadriyatlar  tadbirkorlik  tomon  burildi.  Ayniqsa,  XIX  asrda  yirik 


tadbirkorlikni  rivojlanishi  asr  oxirlariga  kelib,  ularni  jamiyat  muammolarini  yechishda  bevosita 
tashabbus  kо‗rsatib,  о‗zi  olgan  foydaning  ma‘lum  bir  qismini  jamiyat  uchun  sarflash,  turli 
hayriya  fondlarini  tashkil  etilishi  bunday  burilishga  asos  bо‗ldi.  Ular  о‗z  mablag‗i  evaziga 
maktab, kasalxona, turli fan va madaniyat, ma‘naviyat, sog‗liqni saqlash va boshqalarga homiylik 
qilish ularni kо‗rish keng ravishda avj oldi. 
Albatta,  halollik  va  tо‗g‗rilik  hamma  tadbirkorlar  uchun  qoida  bо‗lgani  yо‗q.  Lekin 
umumjamiyat  miqyosida  tadbirkorlikda  insof  va  diyonat  tan  olinadigan,  jamiyat  muammolarini 
yechishda  hamkorlik  alomatlari  bо‗lgan  ishbilarmonlik  va  tadbirkorlikni  foydasi  e‘tirof  etila 
boshlandi. 
Musulmon axloqida ham bu boradagi an‘nalarning tarixi uzoqqa borib taqaladi Muhammad 
alayhissalom  savdogarchilikni  Alloh  sevgan  tо‗rt  kasbning  biri  sifatida  e‘tirof  etilishi,  foydani 
Alloh bergan rizq ekanligi, uni mо‗min-musulmonlar, yetim-yesirlar bilan bо‗lishish, bir qismini 
zakot  berish,  fitr  sifatida  ulashishni  sharqona  axloqning  bosh  mezonlaridan  biri  sifatida  e‘tirof 
etilgan. 
Yirik yer egalari, boylarning ariq qazish, kasalxona, kutubxona, hamom bozor, karvansaroy, 
madrasa, sardoba, boshqalarni qurish va boshqa xizmatlari tо‗g‗risida misollar juda kо‗p. Hozirga 
kelib, bu masala yanada dolzarb bо‗lib, о‗ziga xos о‗zgarishlar bо‗lishiga olib keldi. 
Ayniqsa, ekologik jihatdan toza mahsulot ishlab chiqarish, atrof muhit muhofazasiga rioya 
qilish, shartnomalarda kelishilgan vazifalarni о‗z vaqtida bajarish kabilarni mas‘uliyati, ahamiyati 
yanada ortdi. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish