O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Iqtisodiy faoliyat, ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad va ularni realizatsiya qilish



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

 
2. Iqtisodiy faoliyat, ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad va ularni realizatsiya qilish 
 
Barcha  xalqlarda  mehnatga  yо‗llash,  halollik  pedagogikaning  bosh  vazifasi.  Ular 
maqollarda  ham  о‗z  ifodasini  topadi.  Tarixiy  va  pedagogik  tajriba  shuni  kо‗rsatadiki,  mehnat 
shaxsni  axloqiy,  aqliy,  jismoniy  kamol  topishida  hal  qiluvchi  rol  о‗ynaydi.  Mehnat  orqali 
tarbiyalash  insonning  ulug‗vorligi,  mehnatsevarligi,  izchilligi  va  mas‘uliyatli  bо‗lishini  taqozo 
etadi.  Dangasalik  xalqlar  tomonidan  hayot  kechirishga  yot  bо‗lgan  hislat  sifatida  doimo 
qoralangan. 
Xalq jamiyat taraqqiyotidagi rolini hisobga olibgina qolmay, buning uchun mehnatni uning 
natijasini qadrlashga о‗rgangan. Barcha xalqlarda mehnat, xalollik ulug‗langan. 
Ularni  iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi,  iqtisodiyotni  о‗rganishda  ham  muvaffaqiyat  bilan 
qо‗llash  mumkin.  Masalan,  iqtisodiyotda  meyoriy  naflilikning  pasayib  borishi  mavjud 
ne‘matning navbatdagi birligini xarid qilib, tasarrufidagi tovarlarni kо‗paytiradigan xaridor uchun 
                                                 
51
 Karimov I.A. Buyuk maqsad yо‗lidan og‗ishmaylik. T.: ―О‗zbekiston‖, 1993, 8-bet. 


ular kadrining pasayishi bilan bog‗liq. Kundalik hayotda ham qadr-qimmat tushunchasi, odatda, 
cheklangan kamyob ne‘matlarga nisbatan qо‗llaniladi. Ehtiyojlar tо‗yingan sari nafliligi kamayib 
boradi.  Ular  nisbatan  murakkab  tushunchalar  bо‗lib  ularni  о‗rganishda  naflilik  nazariyasi 
mohiyatini  ifodalovchi  «Oldingdan  oqqan  suvning  qadri  yо‗q»,  «Xolvaning  ozi  shirin» 
maqollaridan  foydalanish  mumkin.  Yoki  iqtisodiyotda  resurslarning  cheklanganligi,  ayniqsa, 
inson  uchun  eng  cheklangan  resurs  vaqt  ekanligiga  diqqat  qaratilgan  «Vaqting  ketdi,  naqding 
ketdi» yoki sarf-xarajatlarni hisob-kitobini olib borish naqadar muhimligini ifodalovchi «Hisobini 
bilmagan  hamyonidan  ayrilar»  maqollarini  tegishli  mavzu,  savollar  muhokamasida  qо‗llash 
mavzuning,  masalaning  mohiyatini  о‗quvchi-talabalarga  yetkazishda  muhim  ahamiyatga  ega. 
Ularni о‗rganilayotgan mavzularga bog‗lab qо‗llaniladi. 
Iqtisodiyotda halollikning ahamiyati katta. Iqtisodiy faoliyat ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad 
va ularni realizatsiya qilish uchun qaratilgan faoliyat bilan bog‗liq ekan, о‗z manfaatini kо‗zlagan 
holda birovni haqiga xiyonat qilish uchun kо‗ngil sust ketishi, yо‗ldan ozish imkoniyati mavjud. 
Shuning  uchun  xalqimiz  halollikni  ulug‗lovchi  uning  naqadar  katta  ahamiyatga  ega  ekanligi 
ifodalovchi bir qator maqollar ijod qilgan: 
Halollik har qanday martabani bezaydi. 
Halol odam uchun eng og‗ir haqorat - uni haromlikda ayblashdir. Halol odamni ta‘qib etish 
mumkin, lekin uni badnom qilib bо‗lmaydi. 
Halol  odam  birovning  hakiga  xiyonat  qilmaydi  va  boshqalar.  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi 
maqollar bilan birgalikda topishmoqlardan foydalanish о‗ziga xos о‗rin tutadi. 
Topishmoqlar  aqlni  yuqori  darajada  bо‗lishini,  о‗zida  axloqiy  g‗oyalarni  ifodalashga 
yordam  beradi.  U  aqliy,  estetik  va  axloqiy  tarbiyaga  katta  ta‘sir  о‗tkazadi.  Qadimda  hamma 
funksiyani  bajargan  bо‗lsa,  keyinchalik  kо‗proq  aqliy  tarbiyalashda  qо‗llanilgan.  Topishmoqlar 
fikr yuritishini rivojlantirishga, tahlil qilishga, predmetning, voqea-hodisalarning turli jihatlariga 
diqqat qaratishga о‗rgatadi. 
Aqliy  jihatdan  topishmoqlarni  qо‗llashning  afzalligi  shundaki,  u  tabiat,  inson,  jamiyat 
haqida  ma‘lumotlarni  faol  fikr  yuritish  jarayonida  amalga  oshiriladi,  fikr  yuritish  xotirani 
rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Topishmoqlar  odamning  aqlini  о‗stirishdagina  emas,  balki  uni 
shaxs bо‗lib shakllanishida katta rol о‗ynaydi. U kuzatish qobiliyatini о‗stiradi. Topishmoqdagi 
narsa-buyumlarning bir necha belgilari aks etadi. Ularga qarab topishmoqning javobi topiladi. Bu 
jarayon  turli  belgilarni  qiyoslash,  atroflicha  fikr  yuritish,  mushohada  qilishga  о‗rgatadi. 
Iqtisodiyotni  о‗rganishda,  iqtisodiy  tafakkurni  rivojlantirishda  iqtisodiy  topishmoqlarni  roli 
beqiyos, ularni qо‗llashning imkoni keng, ayniqsa topishmoqlar tayyorlashni о‗quvchi-talabalarni 
о‗ziga topshirish mumkin. Iqtisodiyotni о‗rganishda odatda iqtisodiy kategoriya, tushunchalarni 
о‗rganishga  qaratilgan  topishmoqlardan  foydalaniladi.  Topishmoqlar  ham  maqollarga  о‗xshash 
mavzular va ularda muhokama qilinadigan savollarga bog‗lab о‗rganiladi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish