Xalqimizning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular asosan barcha
xalq og‗zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar tarzida yetib kelgan. Bunga dostonlar,
ertaklar, mehnat, marosim qо‗shiqlari, osori atiqalari, naqllari, rivoyatlari, afsonalari, maqollar,
matallar, hikmatlar, forizmlar, tez aytishlar, bolalar о‗yinlari va hokazolarni kiritish mumkin.
Bolaning qanday shaxs sifatida kamol topishida xalq pedagogikasining ahamiyati katta.
Xalq pedagogikasida tarbiyaning katta-kichigi, birlamchi-ikkilamchisi bо‗lmaydi. Hamma narsa
hisobga olingan holda yetgi о‗lchab bir kesishga amal qilinadi. Xalq pedagogikasida bugun va
ertani о‗ylab, о‗tmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetish, kelajakka umid asosida tarbiya
olib boriladi.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan, rivojlangan bо‗lib, xalq tomonidan
yaratilgan hayotiy an‘analar, udumlar, marosimlar, bayramlar va boshqalarda о‗z aksini topgan,
tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan umumbashariy, umuminsoniy g‗oya
va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Xalq pedagogikasi barcha sohalarning yо‗nalishlarini qamrab olgan.
«Xalqning tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy merosning о‗zi bir xazina. Bu
xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim»
51
.
Iqtisodiy qarashlar ma‘lum bir davrda xalqning an‘analari, udumlari yaratilgan tajribalar
orqali kishilarga ta‘sir etgan bо‗lsa, diniy qarashlarning shakllanishi tufayli ular diniy nuqtai
nazardan axloqiy normalar, qonun-qoidalarda mujassamlashgan va kelgusi avlodga yetkazilgan.
Xalqning ta‘lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlarini о‗zida mujassamlashtirgan, uni
ifodalovchi, etnopedagogikada alohida о‗rganiladigan, durdona fikrlar bu maqollardir. Xalq
yaratgan g‗oyat ixcham, chuqur ma‘noli gaplar - maqollardir. G.Fuller fikricha «Maqollar katta
ma‘noni uch-tо‗rt sо‗z bilan ifodalanadigan shaklidir».
Maqollar bu о‗tmish emas, balki xalqning doimiy yangraydigan jо‗shqin ovozi. U
bugunnigina emas erga uchun ham ahamiyatini yо‗qotmaydi. U xalqniig kuzatuvi va xulosasi
tufayli yuzaga keladi. Qadimdan maqollar tarbiyalovchi rolni о‗ynagan. Bir tomondan pedagogik
g‗oya, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta‘sir, ta‘lim berish funksiyasini bajargan.
Xalq maqollari yodda qolishi uchun uning ma‘nosi va mazmuni aniq ifodalanishi zarur.
Maqollarni eng kо‗p tarqalgan shakli pedagogik nuqtai nazardan 3 kategoriyaga ajratilishi
mumkin.
1) kishilarni axloqiy jihatdan sо‗zlashga о‗rgatish;
2) о‗zini tutish;
3) alohida pedagogik maslahatlar beruvchi.
Maqollar о‗ziga xos pedagogik maslahatlar beruvchi, tarbiyaning natijasini ifodalovchi
bо‗lib, pedagogik tajribaning о‗ziga xos umumlashtiruvchi shakli sifatida qaraladi. Maqollarda
pedagogik g‗oya bolani tug‗ilishidan boshlab, ularni tutgan о‗rni, ularni tarbiyalashda ota-
onalarning о‗zlarini tutishlari haqida, atrof-muhitga munosabati aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: