O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

8.4. Montaj kranlari va mexanizmlari 
 
Texnologik nuqtai-nazardan montaj mashinalari ularning mobilligi va ular 
xizmat ko‘rsatadigan montaj zonasi bo‘yicha tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi). 
Bunday belgilari bo‘yicha montaj kranlari va mexanizmlarini bir necha asosiy 
guruhlarga ajratish mumkin (8.20 rasm).
Statsionar montaj mashinalari
harakatlanish radiusi chegaralangan holatda 
qat’iy belgilangan zonada montaj ishlarini olib boradigan mashinalardir. Yangi 
to‘rish joyiga ko‘chirishda mexanizmni to‘liq yoki qisman demontaj qilinishi 
kerak. Bunday statsionar mexanizmlarga montaj strelalari, machtalar, shevrlar, 
machtali strelali kranlar, tasmali va trosli ko‘targichlar, tirab qo‘yiladigan kranlar 
va boshqalar kiradi. 
Cheklangan mobil mashinalar
shunday zonada montaj ishlarini olib borish 
imkoniyatiga egaki, bu zonaning eni ushbu mashinalarning harakatlanish radiusi va 
uzunligi esa ularning harakatlanish (ko‘chish) yo‘lining uzunligi bilan aniqlanadi. 
Bunday guruhdagi montaj kranlari montaj zonasi chegarasida bir to‘rish joyidan 
ikkinchi turish joyigacha ishlash vaqtida tanafussiz ko‘chishi mumkin. Montaj 
zonasi yoki ob’ekti o‘zgargan vaqtda kran osti yo‘lini yangi joyga ko‘chirish, 
mexanizmni ko‘chirish yoki uni demontaj qilib uni yangi ob’ektda yig‘ib o‘rnatish 
lozim bo‘ladi. Cheklangan mobilli montaj kranlariga minorali kranlar, portalli, 
to‘rt “oyoqli”, temir yo‘lda yuruvchi, tom va kabelli kranlar, ko‘chadigan bikr-
oyoqli strelali kranlar va boshqalar kiradi. 


371 
Mobilli montaj mashinalari
amalda chegaralanmagan ish zonasiga ega. Ular 
bir turish joyidan boshqa turish joyiga, bir ob’ektdan boshqa ob’ektga yengil 
ko‘cha oladi va zudlik bilan transport holatidan ishchi holatiga o‘tadi. Bunday 
mashinalarga gusenitsali va pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar strelali kranlar, avtomobil 
va traktorli kranlar, avtomobil tipidagi maxsus shassidagi kranlar, vertolyotlar 
kiradi. 
Maxsus montaj mashinalari
spetsifik o‘ziga xos guruhni tashkil etadi. 
Bunday mashinalar ishlab chiqariladigan mashinalarni turli xillarini yoki mavjud 
bo‘lgan mashinalarning takomillashtirilgan variantlarini ifoda etadi. Ularga 
quvurlar montaji uchun mo‘ljallangan o‘zi siljiydigan va ko‘chiriladigan kranlar, 
gidravlik ko‘targichlar, gradirnyalarni montaj qiladigan kranlar va boshqalar 
kiradi. 
Montaj mashinalari va mexanizmlari asosiy ish parametrlari (yuk 
ko‘taruvchanligi, ilgakning ko‘tarilish balandligi, strelaning qulochi) dan tashqari 
konstruktsiyaning bir tekisda tushirilishini ta’minlangan holda yukni yetarlicha 
kichik tezlik bilan (0,2 m/min) tushirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish