O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

8.4.1. O‘zi yurar strelali kranlar 
 
Gusenitsali va pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar strelali kranlar sanoat qurilishida 
keng qo‘llaniladi, chunki ular katta manevrchanlikka (harakatchanlikka) ega. 
Bunday kranlarga strelali yoki minora-strelali uskunalar o‘rnatiladi (8.21 rasm). 
Strelali uskunalar suriladigan, surilmaydigan va teleskopik bo‘lishi mumkin. 
Surilmaydigan uskunali strela sektsiyalari bilan panjarali ko‘rinishda tayyorlanadi, 
bu sektsiyalar bir-biri bilan bikr mahkamlanadi. Suriladigan uskunali strela 
o‘zining uzunligini o‘zgartirishi uchun (yuksiz ishchi holatda) bir nechta 
chiqariladigan sektsiyalardan iborat bo‘lgan holatda ishlab chiqariladi. Teleskopik 


372 
variantda esa strelalar yuklangan ishchi holatda ham bir yoki bir nechta 
sektsiyalarning surilib chiqarilishi evaziga o‘zgartiriladi. 
8.21.rasm. O‘zi yurar kranlarga urnatiladigan strelali uskunalar 
a – v – bosh qismi bikr mahkamlangan strelalar; g – teleskopik strela; d – tumshuq 
(tirgakli strela); ye, j – boshqariladigan va boshqarilmaydigan guseklar; 3 – ayrisimon kallak. 
Hamma turdagi strelali uskunalar ikkinchi ilmoqni ishga tushiradigan 
guskalar bilan ta’minlanishi mumkin. Minorali-strelali uskuna kran qurilish 
maydoniga o‘rnatilgandan keyin unga montaj qilinadi. 
Kranlar ancha uzunlikdagi 
strelala
r, 
guskalar
bilan jihozlanishi mumkin, 
ular strelaning katta bo‘lmagan qiyaligida ilgakning qulochi uzunligini uzaytirish 
imkonini beradi. Bu kranlarga universallikni beradi, chunki bunday kranlar turli 
balandlikdagi binolarni montaj qilish, strelalarning har xil qulochida turli massali 
elementlarni ko‘tarish imkonini beradi. O‘zi yurar kranlar ishchi jihozlari va 
minora-strelali
uskunalari bilan universal bo‘lib, bunday jihozlar bilan og‘ir 
gusenitsali montaj kranlari qurilish maydonida o‘zining bo‘lish muddatining 80% 


373 
ni ishlash bilan o‘tkazadi. Minora-strelali jihoz (strela va guska) strelali chig‘ir va 
yordamchi ko‘tarish chig‘iri yordamida montaj va demontaj qilinadi. 
Keyingi yillarda 
teleskopik strelali o‘zi yurar kranlar 
juda keng ko‘lamda 
qo‘llanilmoqda. Bunday kranlarning mobilligi ularning bitta qurilish maydoni 
chegarasidagi bir necha ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday 
guruxdagi kranlar boshqa qurilish maydoniga yengil va tezda ko‘chib o‘tadi, 
shuningdek ular tezlik bilan ishchi holatga tayyorlanadi (keltiriladi). O‘zi yurar 
bunday kranlar yerdan yukni kutargan holda 0,5...0,3 km/soat tezlikda harakat qilib 
ham manevrlana olishga ega. 
O‘zi yurar strelali kranlardan eng harakatchani – bu avtomobil va 
pnevmog‘ildirakli kranlar bo‘lib, ular tegishlicha 75 km/soat va 35 km/soat 
tezlikda harakatlanadi. Biroq avtomobil va pnevmog‘ildirakli kranlar asosan 
chiqariladigan tayanchlardan foydalanilgan holatda ishlaydi. Shuning uchun bu 
kranlar yukni kutargan holda harakatlandagi yukni massasi ancha kam 
chiqariladigan tayanchlardagi yuk ko‘taruvchanligiga qaraganda, bu esa ularning 
qo‘llanish doirasini sezilarli ravishda kamaytiradi. Bundan tashqari chiqariladigan 
tayanchlarni o‘rnatish vaqt yo‘qotilishi va kranlarning harakatchanligining 
kamayishi bilan bog‘liqdir.
Gusenitsali kranlar yaxshi o‘tuvchanlik va harakatchanlikka ega bo‘lib, ular 
yuk osilgan turli uzunlikda chiqib to‘ruvchi strelalar bilan harakatlana oladi. 
Shuning uchun og‘ir konstruktsiyalarni montaj qilishda gusenitsali kranlardan 
ko‘proq foydalaniladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish