O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Gusenitsali strelali kranlar
. Yurgizuvchi qurilmasining turi bo‘yicha 
bunday kranlar gusenitsasining yuzasi normal va gusenitsasining yuzasi 
kengaytirilgan kranlarga bo‘linadi. Ular yuradigan joylarni kran ishlashi uchun 
tayyorlash talab etilmaydi, chunki bunday kranlar boshqa o‘zi yurar strelali 
kranlarga qaraganda gruntga eng kam bosim beradi. Bunday kranlar harakatchan 
(manevrli) bo‘lib, bitta gusenitsasi tormozlanganda bitta joyda aylanishi mumkin. 


374 
Gusenitsali kranlarni maxsus avtomobil yoki temir yo‘l platformalarida ob’ektdan 
ob’ektga tashib ko‘chirish mumkin. Gusenitsali kranlar katta harakatchanlik 
(manevrchanlik) va ustivorlikka ega bo‘lib, ular 16...250 tonna yukni bemalol 
ko‘taradi, strela uzunligi 6,5 dan 40 m gacha bo‘ladi. 
Pnevmog‘ildirakli strelali kranlar
. Kranlarning bunday turi ko‘proq 
o‘rtacha ish hajmiga ega bo‘lgan ob’ektlar qurilishida va bir-biridan uzoqda 
joylashmagan ob’ektlarga xizmat qilishda qo‘llaniladi, bu ularning katta bo‘lmagan 
tezlikda harakatlanishi bilan bog‘langandir. Ushbu kranlarning asosiy strela 
uskunasi bikr panjarali strelalar hisoblanadi. 
Bu kranlar 16...100 t yuk ko‘taruvchanligiga ega, 25 m gacha uzunlikdagi 
strelalar bilan jihozlangan, yaxshi ustivorlikka ega va gorizontal maydon bo‘ylab 
ilmog‘ida maksimal ko‘tarish massasidan kamroq yukni ko‘targan holda 
harakatlanishi mumkin. Kran uchun belgilangan maksimal yuklarni ko‘tarish va 
montaj qilish uchun u oldindan tayanish zonasini va kranning ustivorligini 
oshiradigan chiqariladigan tayanchlar – autrigerlarga tayangan bo‘lishi lozim. 
Pnevmog‘ildirakli kranlarning almashtiriladigan strelali uskunalari 
uzaytirilgan strelalar va guskali uzaytirilgan strelalar bo‘ladi. Minora-strelali 
uskunalar boshqariladigan guska yoki harakatlanuvchi (manevrli) strela 
ko‘rinishida yasaladi. 
Pnevmog‘ildirakli kranlar avtomobil turidagi va maxsus pnevmatik 
shassilarga ega bo‘lishi mukmin. Shassi ikkitadan beshtagacha o‘qlarga ega bo‘lib, 
ulardan ikkitasi yetaklovchi bo‘ladi; o‘qlar soni kranning yuk ko‘taruvchanligiga 
uzviy bog‘liq bo‘ladi. Teleskopik strelali kranlarda strelaning chiqariladigan 
sektsiyalari ilmoqqa osilgan yuk bilan birga chiqarilishi ham mumkin. 
Mobilligi (harakatchanligi), o‘zi yurishi va shataka olib yurish imkoniyatiga 
ega ekanligi tufayli pnevmog‘ildirakli kranlar o‘zining keng qo‘llanish doirasini 
topdi. 


375 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish