O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Traktorli kranlar
ko‘chish bilan bog‘liq maxsus ish turlarini yo‘l mavjud 
bo‘lmagan sharoitlarda bajarishda qo‘llaniladi. Kranlar buriladigan va quvur 
o‘rnatuvchi kranlarga bo‘linadi. Ular seriyali gusenitsali traktorlarga montaj 
qilinadi. Traktorli buriladigan kranlar 1..6,3 tonna kichik yuk ko‘taruvchanlikka 
ega bo‘lib, strelasining maksimal qulochi 10 m gacha bo‘ladi.
Quvur o‘rnatuvchi kranlar maxsus traktorli kranlarni ifoda etib, ularda strela 
traktorning yon tomoniga o‘rnatiladi. Ular quvurlarni transheyalarga yotqizish 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, parallel ravishda tozalash va izolyatsiya qiladigan 
mashinalarning ishini ta’minlaydi, quvur o‘tkazgichlar qurilishida turli ko‘tarish-
transport operatsiyalarini amalga oshiradi. Ular burilmaydigan mashinalar bo‘lib, 
strelaning traktor yon tomoniga o‘rnatilganligi ularga ishchi holatda transheya 
yoqasi bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi. Bunday kranlarning yuk 
ko‘taruvchanligi 63 t gacha, strelasining maksimal qulochi 7,5 m gacha yetadi. 


378 
 
8.4.2 Minorali kranlar 
Minorali kranlar fuqaro va sanoat qurilishida qo‘llaniladi. Kranlarning turli-
tumanligini hisobga olib, ularni bir nechta sinflarga ajratish mavjud. Minorali 
kranlar qurilish maydonida o‘rnatilish usuliga, yurgizuvchi qurilmasining turi 
bo‘yicha, minoralari va strelalariga qarab sinflarga bo‘linadi. 
O‘rnatish usuliga ko‘ra kranlar statsionar, ko‘chadigan va o‘zi ko‘tariladigan 
kranlarga bo‘linadi. Statsionar kranlar poydevorga o‘rnatiladi va qurilish 
maydoniga bir joydan turib hizmat ko‘rsatadi. Tiklanayotgan binoning va mos 
ravishda kranni balandligiga qarab statsionar kranni qo‘shimcha tarzda barpo 
etilayotgan bino karkasiga mahkamlash taqoza etiladi, bunday holatda u tiralgan 
(tirkama) kranga aylanadi. Bir qator vaziyatlarda tirkama kran mumkin bo‘lgan 
ma’lum bir balandlikgacha tayanch qismi bilan ko‘chuvchan kranga o‘xshab 
harakatlanishi mumkin. 
O‘zi ko‘tariladigan kranlar deb barpo etilayotgan bino konstruktsiyalariga 
o‘rnatiladigan va o‘zining mexanizmlari yordamida barpo etilayotgan binoning 
balandligiga qarab yuqoriga kuchirilishi mumkin. Tiralgan va o‘zi ko‘tariladigan 
kranlar asosan ko‘p qavatli binolar qurilishida qo‘llaniladi.
Ko‘chma minorali kranlarning tayanch qismi siljiydigan arava ustiga 
o‘rnatiladi, bu arava kranning harakatlantiruvchi mexanizmi yordamida po‘lat 
g‘ildiraklari bilan rels bo‘ylab harakatlanadi, statsionar kranlarning tayanch qismi 
monolit asos o‘stiga o‘rnatilgan ramadan iborat bo‘ladi. 
Qo‘llaniladigan minoralari turiga ko‘ra kranlar minorasi buriladigan va 
burilmaydiganga ajratiladi. Minorasi buriladigan kranlarda tayanch-buruvchi 
konstruktsiya uning yurish qismiga yoki portalga joylashtiriladi. Burilganda yurish 
qismidan tashqari butun kran aylanadi. Minorasi burilmaydigan kranlarda tayanch-
buruvchi konstruktsiya minoraning tepa qismida joylashtiriladi. Bunday guruhdagi 


379 
kranlarda faqat uning strelasi, tepa qismi va mexanizmlar va posangi 
joylashtirilgan muvozanatlovchi konsol aylanadi. 
Strela qulochini o‘zgartirish usuli va strela turiga bog‘liq ravishda minorali 
kranlar strelasi ko‘targichli va balkalilarga bo‘linadi. Ularda qulochning o‘zgarishi 
strelali chig‘ir va strelali polispast vositasida strela qiyaligining o‘zgarishi bilan 
amalga oshiriladi, yoki bunday o‘zgarish yuk aravachasi (karetka ) ning strela 
bo‘ylab tortqili chig‘ir yordamida siljishi bilan bajariladi. 
Buriladigan platformali harakatlanuvchan kranlarning ustivorligini 
ta’minlash uchun yoki burilmaydigan kranlarni ustivorligini ta’minlash uchun 
minorasining pastki qismida ballast o‘rnatiladi.
Minorali kranlarning fazilatlari: 

kran boshqaruvchisiga montaj zonasining yaxshi ko‘rinishi; 

strelaning yuqori blandlikda joylashganligi, shu sababli 
strelaning qurilayotgan ob’ekt konstruktsiyalariga tegib ketmasligi; 

foydalanishda (ekspluatatsiya) oddiyligi va ishonchliligi; 

ishchi zona chiziqli o‘lchamlarining kattaligi. 
Minorali kranlarning kamchiliklari – harakatlanadigan kranlar uchun kran 
osti yo‘llarini qurish va statsionar kranlar uchun esa maxsus tayyorlangan tayanch 
yuzani qurish zaruriyatlari, yangi bazaga ko‘chirishda montaj va demontaj qilish, 
tashishdagi murakkabliklar. 
Minorali kranlar fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlarini montaj 
qilishda qo‘llaniladi. Minorali kranlarni tashish, montaj va demontaj qilishga 
nisbatan yuqori mablag‘ sarflanishini talab etilishi, kran osti yo‘llarini qurish 
zaruriyati, ularni qo‘llash sohasini – konstruktsiyalarning katta hajmini hamda 
baland va uzun binolarni montaj qilishini aniqlab beradi. 
Minorali kranlarni ishlab chiqaradigan eng yetakchi firmalardan biri 
“Poteyn” frantsuz firmasi deb hisoblanadi, u kranlarning 70 ortiq modellarini 
chiqaradi (8.22. - rasm). Asosan kranlarni uchta modifikatsiyasini chiqariladi. 


380 
Katta bo‘lmagan, yengil, yuqorimobilli (yuqori harakatchan), unikal 
konstruktsiyaga ega bo‘lgan “Lgo” modelidagi kranlarga talab va ehtiyoj kattadir. 
Bu seriyadagi Lgo-18 krani 1800 kg bo‘lgan maksimal yuk ko‘taruvchanlikka ega, 
22 m balandlikka ko‘tarilganda guseklarga tushadigan yuk (kuch) 700 kg ni tashkil 
etadi. Ilmoq ostidagi balandlik 19 m ni, orqa qismining burilish radiusi 1,6 m ni 
tashkil etadi. Baqquvvat MD 2200 kranining yuk ko‘taruvchanligi 22 t, bunda 
ko‘tarilish balandligi 80 m ni tashkil etadi. Poteyn firmasi o‘zi ko‘tariladigan 
kranlarning to‘liq spektrini ishlab chiqaradi. 
8.22 rasm. Minorali kranlarning sxemalari: 
a – “Poteyn” MD 265; b – “Poteyn” MR 300; v – KB-405; g – KBk-160.2 
Italiyaning “Gru Komedil” kompaniyasi tomonidan chiqariladigan kranlar 
keng hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Ushbu kompaniya strelasining uzunligi 35 m 


381 
dan 70 m gacha bo‘lgan minorali kranlarning tuliq spektrini ishlab chiqarmoqda. 
Kompaniya mahsuloti minorali kranlarni turtta seriyaga ajratish mumkin, bunda 
ularning hammasi konstruktsiyalarning umumiy elementlari va texnik yechimlariga 
ega ekanligini alohida ta’kidlash joizdir. Kranlarning birinchi seriyasi shaharning 
qurilib bo‘lgan qismida joylashgan ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan. Barcha kranlar katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega, tashishda yengil 
va tez montaj qilinadi. Konkert modelga bog‘liq ravishda strela o‘lchamlari 20 m 
dan 50 m gacha bo‘ladi, yuk ko‘taruvchanligi 6 t gacha yetadi.
Bu firmaning MSA rusumli kranlari o‘rta o‘lchamlardagi ob’ektlar uchun 
mo‘ljallangan. “Gru Komedil”ning hamma kranlari kabi bu kran ham 
elementlarining shtiftli biriktirilishi evaziga ular yengil montaj va demontaj 
qilinadi. MSA kranlari baqquvat va ishonchli mashinalar sarasiga kirib strela 
uzunligi 35...55 m bo‘lganda yuk ko‘taruvchanligi 6 t bo‘ladi. 
ST seriyali kranlar yirik qurilish ob’ektlari uchun mo‘ljallangan. Bunday 
kranlar yuqori ish unumdorligi va montaj tezligiga ega bo‘lishi bilan maksimal yuk 
ko‘taruvchanligi 20 t va strela uzunligi 42...70 m gacha bo‘ladi. “Gru Komedil” 
firmasining keyingi STL avlodi shaharlarning qurib bo‘lingan qismlaridagi katta 
ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda katta 
yuk ko‘taruvchanlik va uzun bo‘lmagan strela talab etilgan vaziyatlarga 
mo‘ljallangan. Strela o‘lchamlari 30...55 m bo‘lgan STL seriyasidagi kranlarning 
maksimal yuk ko‘taruvchanligi 20 t gacha yetadi. 
Chet el firmalarining zamonaviy minorali kranlarning katta parkiga 
“Retakran” kompaniyasi ega bo‘lib, bu kompaniya yuk ko‘taruvchi qurilish 
jihozlarini arendaga berish bilan shug‘ullanadi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish