Platformasi buriladigan minorali kranlar
turar-joy, fuqaro va sanoat
qurilishida keng qo‘llaniladi. Ularni nisbatan qisqa muddatda montaj va demontaj
qilinishi, asosiy mexanizmlari kranning pastki qismiga joylashtirilganligi, ularga
texnik xizmat ko‘rsatilishining yengillashtirilganligi ularni boshqa kranlardan
382
ajratib turadi. Ushbu turdagi kranlarning ko‘plab modifikatsiyalari mavjud bo‘lib,
ularning maksimal tavsiflari: yuk ko‘taruvchanligi 6,2...25 t strelasining qulochi
40...16 m ga teng bo‘ladi mos ravishda.
Minorasi burilmaydigan kranlar
strelasining qulochi 4...65 m bo‘lganda
10..50 t yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lib, ularning yuk ko‘tarish balandligi 85 m
gachani tashkil etadi. Yuk ko‘taruvchanlik va yuk ko‘tarish balandligining
oshirilishi kranning katta massaga ega bo‘lishiga olib keladi, bu esa mashinaning
pastki qismida tayanch-burilish konstruktsiyasining mexanizmlarini yaratishni
qiyinlashtiradi. Harakatlanuvchi minorasi burilmaydigan kranlarning ustunlik jihati
ularni qayta jihozlab tirkaladigan kran sifatida qo‘llash imkoniyatidir.
. Bunday tipdagi kranlar minora va strelalari sektsiyalarining soni hamda
distantsion radiodasturli boshqarishga ega ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Burilmaydigan minoraga ikki kishiga mo‘ljallangan ko‘targich joylashtiriladi.
Kran minorasini tepa tomondan almashadigan sektsiyalar bilan uning o‘zidagi
mexanizmlar vositasida uzaytiriladi. Minorani uzaytirish minoraning yoniga
joylashtirilgan montaj ustuni va montaj chig‘iri yordamida amalga oshiriladi.
Minorali tirab qo‘yiladigan kranlar
ko‘p qavatli fuqaro va baland sanoat
(150 m va undan yuqori) binolarni barpo etish uchun mo‘ljallangan. Tirab
qo‘yiladigan kranlar bir qator vaziyatlarda universal – o‘zi ko‘tariladigan va
harakatlanadigan kranlar bo‘ladi. Barpo etilayotgan binoning balandligi katta
bo‘lmagan hollarda bunday kranlar kran osti yo‘liga o‘rnatiladi va ular
harakatlanuvchi kranlarga aylanadi, katta balandlikdagi binolarni barpo etishda
ulardan tirab qo‘yiladigan statsionar kranga aylanadi. Minora sektsiyalarini
almashtirish evaziga minora strelasi ilmog‘ining ko‘tarish balandligini
uzgartirishga erishiladi, bu esa kran boshqarish kabinasini bino montaj sathidan
nisbatan baland bo‘lmagan balandlikka joylashtirish (o‘rnatish) imkonini beradi.
Minora balandligi 8 m dan 150 m gacha bo‘lgan chegarada almashuvchan
sektsiyalar hisobiga o‘zaytirilishi (o‘zgartirilishi) mumkin, bunday sektsiyalarning
383
soni 27 taga yetadi. Kranni barpo etilayotgan binoga mahkamlash minora va
kranlarga biriktirilgan maxsus ramkalar yordamida amalga oshiriladi. Sektsiyalar
soni 9 ta bo‘lganda minora binoga bitta bog‘lama orqali mahkamlanadi, sektsiyalar
soni 27 taga yetganda bog‘lamalar soni 3 tani tashkil etadi. Beton poydevor
kranning tayanchi bo‘lib xizmat qiladi, kran poydevorga ankerli boltlar yordamida
mahkamlanadi.
Baland g‘ishtli va monolit (quyma) binolar qurilishi uchun muljallangan
KB-473 krani (8.22 rasm) keng tarqalgan bo‘lib, uning maksimal yuk
ko‘taruvchanligi 8t ni tashkil etadi, strelasining qulochi 35...50 m chegarasida
bo‘ladi, ilmog‘ining maksimal ko‘tarilish balandligi 162,4 m ga yetadi. Kranni
montaj qilish gidroyuritmali montaj xalqalar yordamida ustirish metodi orqali
amalga oshiriladi, bu esa yuqori darajali xavfsizlikni ta’minlaydi va ishlarning
mehnat sarfini sezilarli darajada kamaytiradi. Kran ishlab chiqarilishi mumkin
statsionar va universal holatda, ya’ni harakatlanuvchi va tirab qo‘yiladigan
shaklda.
KB-504A krani baland turar-joy va ma’muriy qurilish binolarini barpo etish
uchun mo‘ljallangan. Bu kranning yuk ko‘taruvchanligi 10 t ni, strelasining
maksimal qulochi 40 m ni tashkil etadi. Strelasining maksimal qulochida yukni
ko‘tarish balandligi 75 m ni, strelasi gorizontal joylashgan holatda yukni ko‘tarish
balandligi 60 m.
384
8.23 rasm. Moskva Siti qurilishida kranlar
Do'stlaringiz bilan baham: |