O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Teodolit
- gorizontal va vertikal burchaklarni naturada o‘lchashga yoki 
mahkamlashga mo‘ljallangan geodezik optik asbob. U asosiy belgilash o‘qlarini 
yer sathidan bino qavatlariga ko‘chirishda keng qo‘llaniladi. 
Zenit-asbob
faqat o‘qlarni vertikal bo‘yicha qat’iy ko‘chirish uchun 
mo‘ljallangan. Ko‘p qavatli bino va inshootlarni tiklashda har bir qavatda bazaviy 
elementlarning holati bino asosiy o‘qlarining kesishishi bo‘yicha aniqlanadi. Zenit-
asbob faqat asosiy o‘qlarni optik nurlarning o‘tishi orqali yangi montaj gorizontiga 
proektsiyalashga mo‘ljallangan. 


367 
Geodezik ishlar uchun 
lazer texnikasi
– lazer-teodolitlar, nivelirlar, vertikal 
proektsiyalash asboblari, o‘zoqni o‘lchash asboblari, taxeometrlar qo‘llaniladi. 
Ko‘p qavatli binolarni montaj qilishda o‘qlarni rejalash ishlarini bajarish uchun 
lazerli tizimni qo‘llash printsipi bino tsokol qavati sathida yo‘naltirilayotgan lazer 
nuri harakatlanish yo‘li bo‘yicha maxsus aks ettiruvchini joylashtirish va shunga 
o‘xshash qator aks ettiruvchilarni joylashtirish (ko‘rsatish)hamda bino bo‘ylama 
o‘qi bo‘yicha lazerli teodolitni joylashtirishdan iborat. Lazer nuri pastki aks 
ettiruvchiga to‘shadi, undan to‘g‘ri burchak ostida yuqori aks ettiruvchiga o‘tadi, 
so‘ngra montaj qilinadigan elementlarga, masalan ustunlaro‘rnatilgan o‘rnatilgan 
qabul qilish apparatiga yo‘naltiriladi. Ustunlarga maxsus aks ettiruvchilar o‘rnatish 
mumkin, ular nurning og‘ishi bo‘yicha elementning aniq o‘rnatiganligini nazorat 
qilish imkonini beradi. 
Lazerli texnikaning qo‘llanilishi montaj ishlari sifatining nazorat qilishini 
sezilarli ravishda soddalashtirish imkonini beradi. Lazer nuri bilan proektsiyalash 
masofaga bog‘liq bo‘lmaydi va mavjud bo‘lgan geodezik asboblarga qaraganda 
ancha aniq natijalarni olish imkonini beradi. 
Binolar va inshootlarning ishonchli hamda yuqori sifatda barpo etilishini 
ta’minlash uchun yig‘ma elementlarning loyihaviy holat bo‘yicha aniq 
o‘rnatilishida doimiy geodezik nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Montaj qilingan 
elementlar turlari bo‘yicha, qamrovlar va qavatlar bo‘yicha ijroviy tasvir 
(s’yomka) – konstruktsiyalarning rejadagi va balandlik bo‘yicha haqiqiy holatini 
geodezik tekshirishi olib boriladi. Geodezik tasvirga olish (s’yomka) natijalari 
asosida ijro chizmasi to‘ziladi, bu chizma bo‘yicha montaj aniqligi baholanadi. 
Konstruktsiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi oldin chizilgan o‘q chiziqlari, va 
boshqa chiziq hamda sathiy belgilar bo‘yicha geodezik asboblar va shablonlar 
yordamida tekshiriladi. 
Yirik panelli binolarni montaj qilish vaqtida o‘rnatilgan konstruktsiyalarning 
loyihaviy holatdan og‘ishi bo‘yicha har bir qavat uchun ijro sxemasi tuziladi. 


368 
Konstruktsiyalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish uchun o‘qlar va 
orientirlovchi o‘q belgilarini belgilash vaqtidayoq o‘q belgilariga nisbatan 
konstruktiv elementlarning joylashishi hisoblanadi, yoziladi va belgi chiziqlardan 
qanday masofada joylashishi belgilanadi. Element o‘rnatilgandan va 
mahkamlangandan keyin masofalar o‘lchanadi va loyihaviy o‘lchamlardan chetga 
chiqishlar (og‘ish) hisoblanadi. Bu masofa ijroviy planga olish sxemasiga ham 
yoziladi, uning qiymati bo‘yicha montaj aniqligi va sifati to‘g‘risida xulosalar 
chiqariladi.
Binoni barpo etilishiga qarab yuk ko‘taruvchi panellarning o‘qlarga 
qanchalik mos holatda o‘rnatilganligining ijro tasvir (s’yomka)lari tuziladi. Shu 
ma’lumotlarga muvofiq ravishda navbatdagi qavat montajida konstruktsiyalar 
holatiga zarur bo‘lgan o‘zgarishlar kiritiladi. 
Karkasli binolarni montaj qilishda navbatdagi yarusning ustunlari 
o‘rnatilgandan keyin ushbu ustunlarni o‘rnatish bo‘yicha ijro sxemasi to‘ziladi. Bu 
sxemada har bir yarusdagi har bir ustun markaziga qo‘yilgan ustun tayanch 
yuzalarning sathiy belgisi fiksatsiya qilinadi. Bunda ustunlarning bino reja 
o‘qlaridan qanchalik siljiganligi hisoblanadi, bu siljish hamma ustunlarning 
to‘rttala qirralari bo‘yicha tekshiriladi va ustunning tegishli qirralari bo‘yicha 
aniqlangan siljish sxemaga yoziladi (kiritiladi). 
Baland yakka ustunlarning vertikalligi ular o‘rnatilgandan keyin ikkita 
teodolit yordamida aniqlanadi, bu teodolitlar binoning raqamlar va harflar bilan 
belgilangan o‘qlari bo‘yicha to‘g‘ri burchak ostida joylashtiriladi. Ikkala 
teodolitning chiziq (ip)lari kesishgan joyi xochlari poydevor stakani va ustunning 
pastki qismida belgilangan o‘q belgilariga to‘g‘irlanadi; so‘ngra teodolitning 
quvuri ustunning yuqori qismidagi o‘q belgisigacha ohista ko‘tariladi. Iplar 
kesishgan joy xochning yuqori o‘q belgisiga mos to‘shganligi ustunning vertikal 
holatda o‘rnatilganligini anglatadi. Ustunlar qatorining vertikalligi tekshirilgandan 
keyin ular konsollarining yuqori yuzasining holati va yon tomoni nivelir 


369 
yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi, bu yuza yuqoridagi elementlar uchun tayanch 
deb hisoblanadi. 
 
8.20. - rasm. Montaj mexanizmlarining asosiy turlari: 
1 – montaj strelasi; 2 – montaj machtasi; 3 – machta- strelali vantali kran; 4 – shevr; 5 – 
gidravlik portalli ko‘targich; kranlar: 6 – tirab qo‘yiladigan; 7 – o‘zi yurar tirab qo‘yiladigan; 8 – 
o‘zini ko‘taruvchi; 9 – strelali minorali; 10 – minorali blok strelali; 11 – minorali sharnir-


370 
bo‘g‘inli strelali; 12 – minorali minorasi o‘stiriladigan; 13 – gusenitsali o‘zi yurar strelali kran; 
14 –minora – strelali jihozlar bilan ta’minlangan gusenitsali o‘zi yurar kran; 15 – guskasi 
boshqariladigan o‘zi yurar pnevmog‘ildirakli kran; 16 – teleskopik strelali o‘zi yurar 
pnevmog‘ildirakli kran. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish