O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Konstruktsiyalar montaji aniqligini texnologik



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

8.3.6. Konstruktsiyalar montaji aniqligini texnologik 
ta’minlash 
Yig‘ma qurilishda sifatni ta’minlash konstruktsiyalarni aniq yig‘ish bilan 
uzluksiz bog‘liqdir. Konstruktsiyalarning sifati elementlarni tayyorlash va montaj 
qilish jarayonlarida me’yoriy xatoliklarni hisobga olgan holda erishiladi, bu 
xatoliklar me’yorlarda ko‘rsatiladi. Me’yorlashtirilgan ehtimoliy xatoliklar yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qo‘yimlar deb nomlanadi. Sistematik xatoliklar 
nominaldan chetga chiqqan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar bilan tartibda keltiriladi. 
Qurilishda geometrik o‘lchamlarning qo‘yimlari funktsional va texnologik turlarga 
bo‘linadi.
Funktsional qo‘yimlar (dopusk)
konstruktsiyalar tutashgan joylarda 
geometrik parametrlarning aniqligini va ularning o‘zaro joylashish aniqligini 
tartiblashtiradi. Funktsional qo‘yimlar (dopusklar) konstruktsiyalarga qo‘yiladigan 
mustahkamlik, himoyalovchi (izolyatsion) yoki estetik talablardan kelib chiqqan 
holda belgilanadi.
Texnologik qo‘yimlar
elementlarni tayyorlash va o‘rnatish bo‘yicha 
texnologik jarayon hamda operatsiyalarning aniqligini belgilaydi, shuningdek 
kerakli rejalash operatsiyalarini bajarishni ham belgilab beradi.


363 
Qo‘yimlarni belgilashdan maqsad konstruktsiyalarni aniq yig‘ishni 
ta’minlashdan iborat bo‘lib, bunda tayyorlangan elementlarga bog‘liq bo‘lmagan 
holda aniq geometrik parametrlar bilan ulardan bino va inshootlar 
konstruktsiyalarini yig‘ish mumkinligini kafolatlab, undagi geometrik parametrlar 
konstruktsiyalarga qo‘yiladigan foydalanish talablarga mos bo‘lishi kerak. Montaj 
jarayonlarini baholavchi miqdoriy tavsif bu yig‘iluvchanlik darajasi bo‘lib, u 
elementlarni tanlash, ularning parametrlarini to‘g‘irlash va tartibga solish bo‘yicha 
qo‘shimcha operatsiyalarni bajarmasdan baholaydi.
Konstruktsiyalarnngi yig‘iluvchanligi elementlarni aniq tayyorlash, 
shuningdek geodezik rejalash ishlari va elementlarni o‘rnatishga bog‘liq. Xuddi 
shu jarayonlar uchun texnologik qo‘yimlar dopusklar belgilanadi.
Elementlarni tayyorlash texnologik qo‘yimlariga elementlarning chiziqli 
o‘lchamlari, shakllari va sirtlarning o‘zaro joylashish holatlari kiradi. Chiziqli 
o‘lchamlarining qo‘yimlari ularni uzunligi, eni, balandligi, qalinligi bo‘yicha 
hamda elementga chiziladigan orientirni aniqligini tartiblashtiradi. Sirtlar 
shakllarining aniqligi to‘g‘ri chiziqlilik qo‘yimlari va tekisliklik qo‘yimlari bilan 
tavsiflansa, sirtlarning o‘zaro joylashish qo‘yimlari – perpendikulyarlik qo‘yimlari 
bilan tavsiflanadi. 
Rejalash jarayonlarining aniqligi plandagi o‘qlarni (nuqtalarni) rejalash 
qo‘yimlari, o‘qlarni vertikal bo‘yicha uzatish, shuningdek rejalash qo‘yimlari va 
balandlik belgilarni uzatish bilan tavsiflanadi.
Yig‘ma konstruktsiyalarning aniq urnatilganligi orientirlarning (nuqta, 
chiziq va yuzalar) qo‘yimlari va elementlarni simmetrik o‘rnatish qo‘yimlari bilan 
nazorat qilinadi 
Bino elementlari montajining erkin usulida o‘rnatish aniqligi jarayonlarni 
bajarishda qo‘llanadigan texnologik usullar, montaj moslamalari va asbob-
uskunalariga hamda aniqlikni nazorat qilishning metodlari va vositalariga bog‘liq 
bo‘ladi. Montaj aniqligini nazorat qilishning 6 ta sinfi o‘rnatilgan.


364 
Aniqlikning birinchi sinfi element yuqori qismini loyihaviy holatga 
o‘rnatishda regulirovka qiladigan montaj moslamalari (tirgaklar, yon tirgak 
ustunlar, konduktorlar, domkratlar va h.z.lar) yordamida bir nechta harakat 
yordamida to‘g‘irlash orqali ta’minlanadi. Bunda o‘rnatish o‘q belgilarining mos 
tushish aniqligi teodolit yordamida nazorat qilinadi.
Aniqlikning ikkinchi va uchinchi sinflarida elementlarni o‘rnatish aniqligini 
shovun, shovun-reyka, reyka – shayton va shunga o‘xshash boshqa oddiy o‘lchov 
vositalari bilan nazorat qilish bilan erishiladi, bu vositalar bilan 
regulirovkalanadigan montaj moslamalari va montaj lomi bilan me’eriga yetkazib 
to‘g‘irlanadi.
To‘rtinchi va beshinchi aniqlik sinfida elementni to‘g‘irlash montaj kranidan 
foydalangan holda ta’minlanadi. Bunda nazorat qilish shovun yordamida amalga 
oshiriladi. Oltinchi sinf aniqligida elementni o‘rnatish bir harakatda amalga 
oshirilib sifatni nazorati vizual olib boriladi.
Yig‘ma konstruktsiyalarni o‘rnatishning ikki usuli mavjud: erkin va erkinligi 
cheklangan. Montajning erkin usulida konstruktsiyalarni orientatsiya qilish va 
o‘rnatish montajchilar va kran mashinistining o‘zaro birgalikdagi harakatlari bilan 
erishiladi. Konstruktsiyalarning holati o‘rnatiladigan elementlarni oldin 
o‘rnatilganlari bilan bog‘laydigan tirgaklar, strubtsinalar, yakka konduktorlar 
yordamida to‘g‘irlanadi. Bunda aniq o‘rnatish montajchining malakasiga bog‘liq 
bo‘ladi.
Cheklangan-erkin usulda konstruktsiyalarning ko‘chishi bir yoki bir nechta 
yo‘nalishlar bo‘yicha limitlashtirilgan. Bunday cheklashlar uchun tayanchlar, 
fiksatorlar, guruhli konduktorlardan foydalaniladi. Bu metod montajchilarning 
ishini ancha soddalashtiradi, montaj aniqligining oshishishiga yordam beradi va 
kran hamda ishchilarning elementni o‘rnatishga sarflanadigan ish vaqtini 
qisqartiradi. Usulning kamchiligi – moslamalarga ko‘p metall sarflanishi, bu 
moslamalarni o‘rnatish va demontaj qilishga ko‘p mehnat talab etuvchanligi. 


365 
Yirik panelli binolarni qurishda rejadagi loyihaviy holatdan chetga chiqish 
devorlar uchun 5 mm gacha, yuqori tayanch yuzalar balandlik bo‘yicha 10 mm dan 
kam bo‘lmagan xatoliklar bilan tekislanadi, ko‘rinib turuvchi sirt-yuzalar esa 5 mm 
xatolik bilan to‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Panellar va pardevorlar o‘qlarining 
pastki kesimdagi ajratuvchi o‘q belgilaridan chetga siljishi 3 mm dan oshmasligi 
kerak. Ichki yuk ko‘taruvchi devor panellarining bir birining ustiga 
joylashtiriladigan vertikal o‘qlari mos tushishi lozim; bu panellar o‘qlarining mos 
tushishi 10 mm ortiq bo‘lmagan xatolikda yo‘l qo‘yiladi. Ora yopma va tom 
yopma plitalarining tayanchlarda rejadagi loyihaviy holatidan chetga siljishi yo 20 
mm dan oshmasligi kerak. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish