358
8.3.5. Konstruktsiyalarni doimiy mahkamlash
To‘liq yig‘ma binolarning umr boqiyligi ko‘p jihatdan o‘rnatilgan detallar va
ular orasidagi payvand birikmalarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Po‘lat o‘rnatilgan
detallar va payvandlangan choklar tirqishlar hamda g‘ovaklar orqali kiradigan
agressiv muhit ta’siri ostida korroziyaga uchraydi, buning natijasida
konstruktsiyalar orasidagi po‘lat birikmalarning zaiflashuvi va buzilishi ro‘y
beradi. Konstruktsiyalarni doimiy mahkamlash katta darajada atrof muhitni yomon
ta’sirini oldini oladi.
Binolarni barpo etishning asosiy masalalaridan biri bu alohida
konstruktsiyalarning o‘zaro ishonchli birikishidir, chunki bunday birikmalarning
sifati ma’lum bir darajada montaj qilingan inshootlarning sifati va ishonchliligini
oldindan aniqlab beradi. Elemetlar birikmalari uch xilga bo‘linadi: choklar,
tutashgan joylar (tutashmalar) va tugunlar.
Choklar
– elementlarning eng ko‘p uchraydigan birikmalari, bu birikmalar
gorizontal va vertikal tekisliklar, yonma-yon joylashgan elementlarni orasidagi
bo‘shliqdir. Yonma-yon yotqizilgan tom orayopma panellari orasidagi bo‘shliq,
tom orayopma paneli va u yotadigan rigel devori orasidagi bo‘shliq, orayopma
panellari va uning ustiga o‘rnatilgan devor panellari birlashgan tekisliklar – bu
biriktiriladigan konstruktsiyalarning orasidagi choklardir.
Tutashma
– bu karkas ikki elementining eng ma’suliyatli birikmasi bo‘lib, u
bu elementlarning birikish joyi deb hisoblanadi, keng ma’noda esa bu birikish joyi
karkasning bir elementidan yuklamani boshqasiga uzatish zonasi deb ham ataladi.
Ikki ustunning vertikal bo‘yicha o‘zaro birikish joyi, kran osti balkasinining ustun
konsoliga tayanish va yuklamalarni uzatish joyi, fermalar va ustunlarning
tutashgan joylari tutashma deb ataladi.
359
Tugun
- ikki yoki bir necha elementlarning o‘zaro konstruktiv birikkan
joyidir. Yirik panelli binolarda ikkita tashqi devor panellari va bitta ichki panelning
birikkan joyi ham tugun deb ataladi, ustun va poydevorning birlashgan joyi ham
tugun deb hisoblanadi, lekin ustun orqali yuklama poydevorga uzatiladi, shuning
uchun tugun bir vaqtning o‘zida ikki elementning ishchi tutashmasi deb ham
hisoblanadi.
Konstruktsiyalarning tutashmalari va tugunlari yuk ko‘taruvchi va yuk
ko‘tarmaydigan bo‘lishi mumkin. Agar tutashma yuk ko‘taradigan bo‘lsa, u holda
u yuklarni qabul qiladi va shuning uchun birikmalarning mustaxkamligini,
bikrligini va o‘zgarmasligini ta’minlashi shart. Yuk ko‘taradigan tutashmalarga
bino karkasining hamma birikmalarini kiritish mumkin. Yuk ko‘tarmaydigan
tutashma o‘z ta’rifiga ko‘ra yuklarni qabul qilmaydi – bu sanitar-texnik kabina va
pardevorlarning tutashmasi, tutashma (tugun) oldin aytib o‘tilganidek, ikkita tashqi
va ichki devor panellarining tutashgan joylaridir.
Konstruktsiyalarning tutashmalari ularning bino karkasida joylashish holati,
ular tomonidan qabul qilinadigan kuchlar va ularni (tutashmalarni) bajarish usuliga
ko‘ra quruq holdagi, yaxlitlangan va aralash turlarga bo‘linadi.
Quruq tutashmalar
payvandlash, parchin mixlar yoki boltlar bilan bajariladi,
yoxud bu biriktirish usullarini birgalikda qushib qo‘llash bilan konstruktsiyalar
biriktirilgan bo‘ladi. Quruq xoldagi tutashmalar butunlay to‘liq bajarilgandan so‘ng
ularni qo‘shimcha himoya qilish uchun ho‘l-nam jarayonlarning bajarilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bunday usullar bilan metall konstruktsiyalar o‘zaro biriktiriladi. Ko‘p
qavatli bino karkasining markaziy siqilishga ishlaydigan ikkita metall ustunlari
uchun ustunlarning oxirgi uchlari faqat payvandlash yoki boltlar yordamida
biriktiriladi. Ustun va kran osti to‘sining tutashmalari nomarkaziy siqilishni qabul
qiladi, quruq xoldagi tutashma oldin boltlar bilan keyinchalik payvandlab
biriktiriladi.
360
Temirbeton konstruktsiyalar uchun
yaxlitlangan tutashmalar
o‘ziga xos
bo‘lib bunda ikkita konstruktsiya tutashgan joy qorishma yoki beton aralashmasi
bilan to‘ldirib ishlov beriladi. Ba’zi tutashmalar qurilish nuqtai nazaridan oddiydir
- ikki orayopma panelining tutashgan joylari, poydevor bloklarining tutashgan
joylari shular jumlasidandir, qolgan boshqa tutashmalarga qolip o‘rnatish va bu
tutashmalar yetarlicha mustahkamlikni egallagunga qadar ularni nazorat qilish
lozim bo‘ladi.
Aralash tutashmalar
bajarilishi bo‘yicha murakkab va katta javobgarlik talab
etadigan tutashmalar sarasiga kiradi. Ularning o‘ziga xosligi shundaki,
biriktirilayotgan ikkita yig‘ma buyumlar oldin payvandlash yoki boltlar orqali
o‘zaro biriktiriladi so‘ngra ushbu tutashmalar beton aralashmasi bilan yaxlitlanadi.
Biriktiriladigan metall detallar korroziyaga qarshi qoplamalar bilan qoplanadi.
Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan payvandlash va boltlar bilan biriktirish ancha
qulay xisoblanadi, ular ta’sir etayotgan montaj yuklamalariga bardosh beradi va
ularni beton aralashmasi bilan yaxlitlash ishlarini keyinroq qulay vaqtda bajarish
mumkin.
Metall konstruktsiyalar boltlar bilan va ko‘pincha qo‘shimcha tarzda
payvandlash bilan maxkamlanadi.
Bir qavatli sanoat binolarining poydevor stakanlariga o‘rnatiladigan
temirbeton ustunlari va ko‘p qavatli binolarning birinchi qavatidagi ustunlari
stakanga beton aralashmasini quyib maxkamlanadi, bunda beton aralashmasi
bemalol o‘tishi uchun ustun bilan stakan devori orasidagi oraliq 3 sm dan kam
bo‘lmasligi kerak. Markadagi mustaxkamlikning 70% ni egallash vaqti glinozem
tsementda 3 sutka, oddiy portlandtsementlarda 7 sutkani tashkil etadi.
Qolgan temirbeton elementlar o‘rnatilgan detallarni payvandlash yo‘li biln
mahkamlanadi. Plitalar va rigellar, rigellar va ustunlar kabi karkas elementlarining
tutashmalari turli xil konstruktsiyalarga ega bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda
361
loyihalarda tutashmalarni to‘ldirish usullari ko‘rsatiladi: payvandlangan tugunlarni
betonlash, bostirib zichlash, choklarni qorishma bilan to‘ldirib bekitish.
Payvandlash ishlarini boshlashdan oldin konstruktsiyalarning to‘g‘ri
o‘rnatilganligi tekshiriladi. Armaturaning chiqib turgan qismi, o‘rnatilgan detallar,
qistirma va ustki qo‘yilmalarni to‘plangan beton qoldiqlari, bitum, bo‘yoq, zang va
boshqa yopishgan ifloslanishlardan metall cho‘tka, bolg‘a, erituvchi moddalar,
keskich asbobi alangasi bilan choklarni to‘ldirishdan oldin sinchiklab tozalanadi.
Noqulay atmosfera sharoitlarida payvandlash ishlari olib borilganda
payvandchining ish joyini keskin shamol, yog‘ingarchiliklar ta’siridan asraydigan
moslamalar (to‘suvchi ekran, shatrlar)dan foydalanish kerak. Payvandlash ishlarini
xarorat –30
0
S gacha bo‘lgan ob-havoda olib borish mumkin. Manfiy haroratda
payvandlash ishlari odatdagi texnologiya bo‘yicha bajariladi, lekin bunda faqat
yuqori elektr toki kuchidan foydalaniladi.
Payvandlash detallarini korroziyadan himoya qilish konstruktsiyalarni zavod
sharoitlarida tayyorlash jarayonida bajariladi. Qurilish sharoitlarida payvandlash
detallarining himoya qoplamasini qaytadan tiklash uchun metallizatsiya –
tsinkopolimer qoplamasi bilan qoplash va keyin himoya qatlami surkash
qo‘llaniladi. Metall qoplamasi va metallizatsion qatlamning qalinligi quyidagicha
bo‘lishi kerak: tsinkli qoplamlar uchun – 120...180 mkm dan, alyuminli qoplamalar
uchun – 150...250 mkm dan kam bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi. Issiq tsinklash usulida
olinadigan tsinkli qoplamaning qalinligi 50...60 mkm ni tashkil etishi kerak.
Tutashmalarga ishlov berish quyidagi operatsiyalardan iborat bo‘ladi: yoriq
va tirqishlarga kanop tiqish, gidroizolyatsiya, isitish qatlamlarini yotqizish, beton
aralashmasi bilan yaxlitlash, germetizatsiya va yuzalarni pardozlash ishlari.
Orayopma va tomyopma plitalari choklarini to‘ldirish, devor panellari tutashmalari
va choklarini to‘ldirish karkas bikrligini oshirishga, karkasning issiqtexnik va
izolyatsion tavsiflarini oshirishga shart-sharoit yaratadi.
362
Tutashmalarni to‘ldirish bo‘yicha ishlar montaj jarayonida olib boriladi va
orayopmalaridan turib bajariladi. Agar konstruktsiyada tutashmani tashqaridan
qayta ishlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu operatsiya montaj davomida birinchi
qavatdagi narvondan turib bajariladi, keyingilari esa osma lyulkalarda turib amalga
oshiriladi. Lyulka orayopmaga osiladi va bino qismlariga, ko‘pincha, orayopma
plitalarining montaj halqalariga mahkamlanadi. Bino uzunligi bo‘ylab lyulka
montaj krani yordamida ko‘chiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |