8.3.2. Konstruktsiyalarni ko‘tarish uchun ilish (stroplash)
Yuklarni ko‘tarish moslamalari turli xil qurilish yuklarini va buyumlarini
kranlar bilan ko‘tarib ko‘chirishda ilish va ishonchli ushlab turish uchun
mo‘ljallangan, hamda tashishda ularning butunligini saqlashni ta’minlashi, ish
joylariga o‘rnatilgach stroplar yengil yechiladigan bo‘lishi kerak.
Bajaradigan vazifalari va konstruktiv tuzilishiga ko‘ra ko‘tarish moslamalari
quyidagi guruhlarga bo‘linadi: arqonli stroplar, masofadan boshqariladigan stropli
moslamalar, traversa, qamragichlar.
Yig‘ma elementlarni ilish uchun
universal
va ilmoqarga ega bo‘lgan
maxsus
arqonli stroplar
hamda panjasimon, ramali, panshaxasimon, friktsion qamragichlar
348
va xalqali (sirtmoqli) ushlagichlar. Eng ko‘p qo‘llaniladigan universal
bog‘laydigan ilmoqqa ega po‘lat arqonli stroplar bo‘lib, yig‘ma elementlarni
montaj xalqasidan ko‘taradi. Arqonlarining soniga qarab stroplar, bir tarmoqli,
ikki, uch, to‘rt tarmoqli va xalqasimonlarga bo‘linadi. Strop – yechib olinadigan
moslama bo‘lib, po‘lat arqon bo‘laklarining uchlariga birlashtiruvchi elementlar –
xalqa, ilmoq, koush, karabin, arqon sirtmoqlar bilan jihozlangan ko‘rinishda
bo‘ladi.
Umumiy vazifalarni bajaruvchi unifikatsiyalangan stroplar bilan bir qatorda
maxsus stroplar ham qo‘llaniladi, ular ma’lum buyumlar nomenklaturasi va ilish
sxemalari uchun mo‘ljallangan. Oltita ilish nuqtasiga ega tom orayopma plitalarni
ko‘tarish uchun blokli muvozanatlovchi stroplar qo‘llaniladi, bunda strop
tarmoqlarida taranglik bir xil maromda ta’minlanadi
(8.10-rasm). Yirik panelli
binolarni montaj qilish uchun to‘rt tarmoqli muvozanatlovchi strop ishlab
chiqilgan.
Stroplarni bo‘shatishni yengillashtirish va soddalashtirish uchun stroplar
ilmoqlarining bir necha xil konstruktiv variantlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ilish
tuguni joylashgan balandlikka chiqmasdan orayopma plitalaridan yig‘ma
elementlar ustida turib ilmoqlarini bo‘shatish imkonini beradi. Shu maqsadda
ilmoqlarga teshikka ega bo‘lgan karabinlar mahkamlangan. Ilmoqni bo‘shatish
uchun tortqi bilan karabin ilmoq oxiridagi teshiklardan tortiladi. Bunda karabin
aylanib, birinchi strop jag‘ini ochadi, keyin stropni aylantirib, montaj xalqalaridan
chiqaradi (8.11-rasm). Yerdan turib chek yordamida yechiladigan
yarim
avtomatlashtirilgan stroplar
ham qo‘llaniladi.
349
8.10 rasm. Orayopma plita va panellarini ilish:
a – to‘rt tarmoqli strop bilan; b – xuddi shunday uch traversali bilan; v – xuddi shunday
uch blokli bilan.
8.11. rasm. Ilmoqlarni masofadan turib (distatsion) yechadigan yuk ushlovchi
(qamrovchi) (ko‘taruvchi) moslama:
a – ajratishning boshlanishi; b – ajratishning tugashi; 1 – tortqi; 2 – ilmoq; 3 – shayin
(koromыslo); 4 – barmoqli qisqich; 5 – strop tarmog‘i
Traversalar
metall to‘sin yoki fermalardan iborat bo‘lib, ular montaj
qilinayotgan elementlarni ilish uchun moslamalar bilan jihozlangan bo‘lib,
ularning soni elementning ilish nuqtalari soniga bog‘liq holda – ustunlar uchun
bitta yoki ikkita nuqta, ferma va to‘sinlar uchun ikki yoki to‘rtta (8.12 va 8.13-
rasmlar), plitalar uchun to‘rt yoki oltita bo‘ladi. Ilib olish uskunalari sifatida
yengillashtirilgan uchlarida karabinlar yoki ilmoq bo‘lgan stroplar, hamda ikkita
jag‘li metall qamragichlar ishlatilib, ular montaj qilinayotgan elementlarni metall
qoziq-qisqich va boshqalar yordamida ushlab turadi.
350
8.12. rasm. Temirbeton fermalarni ilish (stroplash):
1 – ferma; 2 – traversa; 3 – yarim avtomatik mexanik qamragich; 4 – barmoqli qisgich; 5
– fermaning yuqori belbog‘i.
Ilish sirtmoqlariga ega bo‘lmgan buyumlar qamragichlar yordamida
ko‘tariladi. Montaj sirtmoqlari (xalqalari) o‘rniga teshiklar bo‘lgan orayopma
panellarini ko‘tarish uchun ko‘p tarmoqli stroplar ishlatilib halqali qamrash
qo‘llaniladi. Ustunlarni ilish uchun yarim avtomatlashtirilgan qulfli, metall qoziq-
tilchali suriladigan qamragich qo‘llanadi (8.14-rasm).
Qamragichlarning turlariga ustunlarni ko‘tarish uchun ramali ko‘tarib olgich
va friktsion ramali qamragichlar, zinapoya marshlari uchun panshaxasimon
qamragichlar, chiqindilar uzatuvchi blok, lift shaxtalari, sanitar-texnik kabinalar va
boshqalarni montaj qilishda–maxsus qamragich va traversalar spetsefik
elementlarni ko‘tarish va o‘rnatish uchun –ishlatiladi. Ularning hammasi
ko‘tarilayotgan elementlarni iloji boricha avtomatik tarzda ilish va yechishni
ta’minlashi kerak.
351
8.13. rasm. Metall fermani ilish (stroplash)
1 – ferma; 2 – traversa
Katta o‘lchamli va ko‘p joy oladigan konstruktsiyalarni ko‘tarish vaqtida
ularning o‘z-o‘zidan aylanib ketishining oldini olish maqsadida ularga kanopdan
yasalgan arqon yoki metall arqonlar (tross) tortqi sifatida bog‘lanadi.
8.14. rasm. Ustunlarni montaj qilishga mo‘ljallangan qamragichlar (ushlagichlar):
a – friktsion qamragich; b – shtir-ilgak bilan mahkamlanadigan traversa; 1 – ustun; 2 –
montaj ilmog‘i; 3 – yarim avtomatik qulf; 4 – stropni yechish uchun mo‘ljallangan kanat; 5 –
suriladigan shtir-ilgak; 6 – traversa; 7 – saqlab turuvchi cheka (chuv)
Do'stlaringiz bilan baham: |