O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Tirab qo‘yiladigan maydonchali narvonlar



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Tirab qo‘yiladigan maydonchali narvonlar 
balandligi katta bo‘lmagan 
binolarda fermalar va kran osti to‘sinlarini ustunlarga mahkamlash uchun xizmat 
qiladigan jihozlarning asosiy elementlaridir (8.8-rasm). Maydonchali montaj 
narvonlarning ko‘taruvchi konstruktsiya sifatida ikkita asosiy turi mavjud 
shprengelli yoki panjarali fermalar ko‘rinishida. Ulardan birinchisi 7,4 m gacha 
bo‘lgan balandlikda, ikkinchi turi esa 14 m gacha bo‘lgan balandlikda 
bajariladigan ishlar uchun mo‘ljallangan. Bunday narvonlarning yuqori qismi 
ustunlarga boltlar orqali qisilib mahkamlansa, ularning pastki qismi esa o‘tkir uchli 
tayanchlari bilan yerga tiraltiriladi yoki tortqilar yordamida ustunga bog‘lab 
mahkamlanadi.
8.8-rasm. 
Erkin holatda turadigan narvonlar: 
a– sektsiyali tirab qo‘yiladigan maydonchali; b– sektsiyali tirab qo‘yiladigan 


342 
Osma narvonlar 
3,7 va 2,8 m balandlikda ehtiyot qiluvchi korzinali va 
ehtiyot qiluvchi korzinasiz ko‘rinishda ishlab chiqariladi; ular ustunlardagi 
oldindan yerda o‘rnatilgan maxsus xomutlarga osiladi yoki ustunlardagi 
payvandlash qo‘yma detallariga mahkamlanib osiladi. Xomutlar ikki xilda bo‘ladi 
– normal holatdagi ya’ni ustunlarning kran osti konsol qismiga mahkamlanadigan 
va yengillashtirilgan holatdagi ustunlarning tom yopmasi fermalari yoki to‘sinlari 
mahkamlanadigan qismiga osish uchun mo‘ljallangan xomutlardan iboratdir. 
Osishning asosiy usuli – bu narvonlarning yuqorigi ilmoqlarini konstruktsiyalarga 
ildirishdan iboratdir. Xomutlarni ustunlarga turli enlikda osish mumkin; xomutlar 
konstruktsiyasining kamchiligi – bu montaj ishlari tugagandan keyin ularni yechib 
olishning murakkabligidir.
Temirbeton ustunlarga so‘ri va narvonlarni mahkamlab osishni ulardagi 
payvandlash qo‘yma detallariga payvandlash orqali amalga oshirish ancha 
qulaydir. Po‘lat ustunlar uchun ham xuddi shunday osma elementlar qo‘llanniladi, 
lekin ular payvandlash detallariga emas balki bevosita ustunga payvandlanadi. 
To‘sinlarga osiladigan montaj kajavalari to‘sinlarni montajli boltlarga 
dastlabki o‘rnatilgandan keyin loyihaviy holatida mahkamlash uchun 
mo‘ljallangan. Stropila yoki stropila osti fermalarining (po‘lat yoki temirbeton) 
yuqori belbog‘iga osiladigan kajavali narvonlar bog‘lamalar, progonlar, tirgaklar 
va monorelslarni mahkamlab o‘rna-tishda qo‘llanadi. Narvonlar fermalarning 
gorizontal yoki qiya belbog‘lariga mahkamlanadi, kajavalar esa ularga ya’ni 
narvonlarga istalgan balandlikdagi pog‘onasiga ilgaklar yordamida osiladi. Bundan 
tashqari kajavalarni fermaning o‘ziga mustaqil ravishda bevosita osish mumkin. 
O‘rta va og‘ir ustunlarni montaj qilishda ularni ko‘tarishdan oldin ularga 
montaj narvonlari va maydonchali so‘rilar osiladi. Narvonlar alohida zvenolar 
ko‘rinishida tayyorlanib uzunligi 4 m gacha bo‘ladi. 
Birinchi ikkita ferma montaj qilinishidan oldin ularga montajchilar ushlab 
yurishlari uchun xizmat qiladigan po‘lat armaturadan yasalgan tutqichlar 


343 
vaqtinchalik biriktiriladi. Bundan tashqari montajchilarning xavfsiz ishlashini 
ta’minlash maqsadida stropila, stropila osti fermalari va kran osti to‘sinlari 
balandligining o‘rta qismida himoyalovchi arqonlar tortiladi. Tom yopmasining 
chetki plitalarini o‘rnatishda, ularni ko‘tarishdan oldin ularning chetiga 
strubtsinalar yordamida vaqtinchalik to‘siq elementlari mahkamlanadi.
Ishchilarni balandlikka (kran osti balkalari, bino tom yopmasi elementlari va 
b. ustiga) chiqarishda balandligi 42 m gacha bo‘lgan inventar zinali narvonlar 
qo‘llaniladi. Bunday narvonlar binoning tashqi konturi bo‘yicha va uning 
ichkarisiga o‘rnatiladi. Ushbu narvon uzunligi 6,9 m bo‘lgan sektsiyalardan tashkil 
topadi, uning (sektsiyaning) rejadagi o‘lchami 1,7x3 m dan iborat bo‘lib, ular 
balandligi bo‘yicha flanetsli boltli birikmalarga ega bo‘ladi. Narvon bino karkasiga 
9,2 m dan katta bo‘lmagan oraliqlarda mahkamlanadi.
Ancha baland bo‘lgan bino va inshootlarni barpo etishda inventar yuk-
passajir ko‘targichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, ularni ishchilarni 
ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan joylar va kichik yuklarni ko‘tarish uchun kerak 
bo‘lgan joylarda o‘rnatish taqozo etiladi. 
Keyingi yillarda qurilish maydonlarida ko‘plab

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish