O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Konstruktsiyalarni vaqtinchalik kuchaytirish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

8.2.2. Konstruktsiyalarni vaqtinchalik kuchaytirish 
 
Konstruktsiyalarni vaqtinchalik kuchaytirish montaj zo‘riqishlarini qabul 
qilish uchun amalga oshiriladi. Konstruktsiyaning hisoblash sxemasi va elementni 
ko‘tarayotgan vaqtda yuzaga keladigan zo‘riqishlar mos tushmagan vaqtda 
konstruktsiyani kuchaytirish qo‘llaniladi, aks holda ko‘tarayotganda konstruktsiya 
yoki uning alohida qismlari va tugunlarining ustivorligi hamda mustahkamligi 
yo‘qolishi mumkin. Bunday kuchaytirishga ko‘proq metall fermalarni montaj 
qilishda ehtiyoj seziladi, chunki bunday fermalarning belbog‘lari uzun bo‘lganligi 
tufayli ko‘tarilayotgan vaqtda ularda yetarlicha ustivorlik va bikrlik 
ta’minlanmaydi. 
Montaj jarayonida ko‘p konstruktsiyalar ularning ekspluatatsiya vaqtidagi 
ishlash sharoitlaridan ancha farq qiladigan sharoitlarda bo‘ladi, montaj vaqtidagi 
yuklamalar (kuchlar) ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtdan yuklamalar (kuchlar)dan 


337 
ancha kam bo‘lsada, lekin ular konstruktsiyalarning hisoblash sxemasiga mos 
kelmaydigan joylariga qo‘yiladi. Yetarlicha bikrlikka ega bo‘lmagan konstruktiv 
elementlar hamda konstruktsiya bloklarini tashish va ko‘tarish jarayonida yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalarning oldini olish uchun ularning bikrligini 
oshirish bilan ular kuchaytiriladi, zarur bo‘lgan hollarda ularning mustahkamligi 
ham oshiriladi. Ishlarni bajarish loyihasida konstruktsiyalarni tashish, ko‘tarish 
vaqtida yoki konstruktsiyaning zarur bo‘lgan mustahkamligini olgunga qadar 
ularni kuchaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilishi lozim. 
Ko‘pincha katta balandlikka ega bo‘lgan ustunlar, qo‘sh tarmoqli 
ustunlarning pastki qismlari, po‘lat va yog‘och fermalar, katta oraliqli arkalar va 
ramalar, yig‘ma temirbeton qobiqlarning elementlari, aromotsementli gumbazlar, 
tsilindrik po‘lat qobiqlar, listli konstruktsiyalarning elementlari kuchaytiriladi. 
Yuqori massasi tufayli egilishga yetarlicha ustivor bo‘lmagan baland ustunlarni 
kuchaytirish vaqtinchalik o‘rnatilgan po‘lat tayanchlarga mahkamlab tortiladigan 
juft troslar yordamida amalga oshiriladi. Troslarning tortilishi ustunlar massasidan 
hosil bo‘ladigan momentga qarama-qarshi bo‘lgan eguvchi momentni yuza 
keltiradi. 
Metall fermalar, odatda, ularning yuqori belbog‘dagi tugunlariga ko‘tarish 
moslamalarini mahkamlab bog‘lash orqali ko‘tariladi. Tugunlar orqali ko‘tarish 
jarayonida ferma pastki belbog‘ining o‘rta qismida siqilish kuchi yuzaga keladi, 
fermaning ikkita chetki tomonidagi tugunlaridan ko‘targanda uning yuqori 
belbog‘ida hisoblanmagan zo‘riqish kuchlari yuzaga keladi; bularning hammasi 
element ustivorligini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Agar ferma montaj 
zo‘riqishlariga hisoblanmagan bo‘lsa, u holda uning belbog‘lari ustivorligini 
ta’minlash uchun ushbu fermani ko‘tarish va o‘rnatish vaqtida uni vaqtinchalik 
kuchaytirish amalga oshiriladi. Kuchaytirish vositalari sifatida metall prokat, 
quvurlar, yog‘och plastinalardan foydalaniladi, ular kuchaytiriladigan 


338 
konstruktsiyaning yetarli darajada mustahkam va bikr bo‘lmagan tugunlariga 
boltlar yoki xomutlar bilan mahkamlanadi (8.5-rasm).
Ko‘p hollarda qo‘sh tarmoqli metall ustunlarni ham kuchaytirishga to‘g‘ri 
keladi, bunda ularni ko‘tarish uning tarmoqlaridan bittasini sharnirli mahkamlash 
orqali burish bilan amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda yuza keladigan egilish 
deformatsiyasini bartaraf etish uchun ustun panjaralarining alohida tirgaklari 
kuchaytiriladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish