O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Konstruktsiya elementlarini montajga tayyorlash



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
8.2. Konstruktsiya elementlarini montajga tayyorlash 
Konstruktsiya elementlarini montajga tayyorlashda quyidagilar ko‘zda 
tutiladi: elementlarni yassi yoki fazoviy bloklarga yig‘ish, elementlarning 
ustivorligini va ko‘tarish vaqtida ularning o‘zgarmasdan qolishini ta’minlash 
uchun ularni vaqtinchalik mahkamlash, ishlarni xavfsiz va qulay tarzda olib borish 


332 
uchun havozalarni, zinapoyalarni, to‘suvchi va boshqa moslamlarni o‘rnatish, 
himoyalash ya’ni ehtiyotkorlik arqonlari, tortqilar va tortuvchi arqonlarni 
mahkamlash va b.. 
8.2.1. Yiriklashtirib yig‘ish 
 
Elementlarning gabaritli o‘lchamlari yoki massalari tufayli ularni qurilish 
maydoniga tayyor, yig‘ilgan holatda yetkazib bo‘lmaydigan vaziyatlarda 
yiriklashtirib yig‘ish lozimdir. Qurilish maydoniga keltirilgan yig‘ma temirbeton 
elementlardan uzunligi 24 m va undan yuqori bo‘lgan fermalarni va og‘ir turdagi 
bir qavatli sanoat binolarning baland ustunlari yig‘iladi. Ba’zan temirbeton 
ustunlar va rigellardan ramali sistemalar tashkil qilinib, ikkita yarimta holatda 
keltiriladigan tom yopish fermalarini birlashtirib, devor panellar va boshqa 
konstruktsiyalarni yig‘ib yassi bloklar hosil qilinadi. Qurilish maydonida metall 
konstruktsiyalarni yig‘ish uchun o‘sha konstruktsiyalar uchun hamda yorug‘lik va 
aeratsion fonarlarga ega bo‘lgan fermalar uchun bajariladi. 
Yiriklashtirib yig‘ish ishlari asosan konstruktsiyalar saqlanadigan 
omborlarda yoki 
statsionar (ko‘chmas) stellajlar
o‘rnatilgan maxsus maydonlarda 
amalga oshiriladi. Uzunligi bo‘yicha yiriklashtiriladigan elementlar kran 
yordamida ombordan ko‘tariladi va tayanchlarga yoki kassetalarga shunday tarzda 
o‘rnatiladiki, bunda ularning bo‘ylama o‘qlari bir-biriga mos tushmog‘i taqozo 
etiladi. Undan keyin elementlarning bosh va oxirgi qismlari (uchlari) to‘g‘irlanadi 
va elementlardagi chiqib turgan armaturalar yoki alohida sterjenlar o‘qlari bir-
birlariga moslab to‘g‘irlanadi. Qo‘shimcha xomutlar o‘rnatilgandan va sterjenlar 
payvandlangandan keyin elementlarning tutashgan joylariga qolip o‘rnatiladi va 
unga beton aralashmasi qo‘yiladi. Bu betonning klassi va uning qotgandan keyingi 
mustahkamligi loyiha bo‘yicha o‘rnatiladi. Odatda, tutashgan joylarga qo‘yiladigan 


333 
beton klassi tutashtirilayotgan elementlar betonining klassi bilan bir xil bo‘ladi 
yoki bir klass yuqori bo‘ladi.
Keyingi yillarda konstruktsiyalarni montajli va montaj-texnologik bloklarga 
yiriklashtirib yig‘ish keng qo‘llanilmoqda. Bunday yiriklashtirib yig‘ish qurilish 
muddatini sezilarli ravishda qisqartiradi, chunki bunda binoni barpo etish parallel 
ravishda va hattoki ilgarilab olib boriladi. Konstruktsiyalarni yig‘ish bo‘yicha 
bajariladigan katta hajmli ishlarda yiriklashtirib yig‘ish stendlar yoki konduktorlar 
bilan jihozlangan yig‘ish maydonlarida olib boriladi, konduktorlarda 
konstruktsiyalarni yig‘ish jarayoni ularni mahkamlash va to‘g‘irlash, tekislashni 
amalga oshirish imkonini beradi; ba’zan bunday yig‘ish maydonlari konveyerli 
liniyalar bilan ham jihozlanadi. Yig‘ish maydonlari montaj kranlarining 
harakatlanish zonasiga yoki montaj qilinayotgan ob’ekt atrofiga, yoxud omborga 
yaqin joylarga joylashtiriladi, konveyerli liniyalar esa ob’ektlar yaqiniga 
o‘rnatiladi.
Bloklarni yiriklashtirib yig‘ish ayniqsa bir qavatli binolarning metall 
fermalari va bloklari bo‘yicha tom yopmasini montaj qilishda ko‘p qo‘llanadi. 
Bino yacheykasiga mos (to‘g‘ri) keladigan o‘lchamdagi blok fermalarni tugunlar, 
progonlar bilan birlashtirib juftlashtirish orqali yiriklashtirib yig‘iladi, kam 
hollardagina yerda shtampovkalangan metall to‘shamalar yoki yengil 
materiallardan ishlangan tayyor shchitlardan foydalaniladi. Ko‘pincha fazoviy blok 
quyidagi elementlar: ikkita stropila osti fermalari, uchta stropila va fonar fermalari, 
fermalar bo‘yicha progonlar va fonarlar, tom yopmasi elementi sifatida 
qo‘yiladigan po‘lat profil to‘shamalardan tashkil topadi.
Temirbeton fermalar va ustunlar qurilish konstruktsiyalari omborlarida 
yiriklashtirilib yig‘iladi va u yerdan montaj qilishga yiriklashtirilgan holatda 
beriladi. Bunday yig‘ilgan elementni montaj joyiga yetkazish murakkablik 
tug‘dirganda yoki ularni yetkazishning iloji bo‘lmagan hollarda konstruktsiyalarni 
yig‘ish ularni o‘rnatish joylarida, ya’ni montaj kranining harakatlanish zonasida 


334 
amalga oshiriladi. Biroq konstruktsiyalarni montaj kraning harakatlanish zonasida 
yig‘ish ko‘p hollarda kam unumdorlidir. Shuning uchun, tashish sharoitlari mavjud 
bo‘lgan vaziyatlarda konstruktsiyalarni yiriklashtirish ishlarini yuk ko‘taruvchi 
jihozlar va yig‘ish-payvandlash moslamalari bilan ta’minlangan maxsus 
maydonlarda bajarish maqsadga muvofiqdir. Transport xarajatlarni kamaytirish 
maqsadida bu maydonlarni mumkin qadar montaj qilinadigan ob’ektlar yaqiniga 
joylashtirish taqoza etiladi.
Yig‘ish maydonlariga xizmat ko‘rsatish uchun “to‘rt oyoqli” kranlardan 
foydalanish ratsional bo‘lib, bunda konstruktsiyalarni taxlab joylashtirish sezilarli 
darajada soddalashadi va qanday massaga ega bo‘lishidan qat’iy nazar 
konstruktsiyalarni butun maydon bo‘yicha bir tekisda taqsimlash mumkin. 
Yiriklashtirib-yig‘ish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirish uchun “to‘rt oyoqli” 
kranlarni qo‘llash bunday ishlarning narxini arzonlashtiradi va ekspluatatsiya-
foydalanish narxi 1,5...2 marta yuqori, katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan 
temiryo‘l va gusenitsali kranlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. 
Temirbeton fermalar kasseta tipidagi maxsus stellajlarda vertikal holatda 
yiriklashtiriladi. Kassetalar har bir yarim fermaning ikkita tugunlari ostiga 
o‘rnatiladi (8.4-rasm). Ularni kassetalarni tayanch tugunlar ostida ikki tomoni 
to‘liq yopilgan holatda va regulirovka qilish moslamalarisiz, oraliqlar uchun 
qo‘yiladigan kassetalar regulirovkalovchi moslamalar bilan o‘rnatiladi. 
Yig‘iladigan elementlarning tutashadigan joylarining holati mexanik yoki gidravlik 
domkratlar bilan regulirovka qilinadi (to‘g‘irlanadi). Temirbeton ustunlarni 
yiriklashtirish gorizontal holatda amalga oshiriladi, ularning tutashadigan 
elementlarini bir-biriga to‘g‘irlash maxsus konduktorlar orqali ta’minlanadi.


335 
8.4 -rasm. Temirbeton fermani yiriklashtirishga xizmat qiladigan stellaj: 
1 – yakka kassetalar; 2 – yarim fermalar; 3 – juft kassetalar; 4 gorizontal vintlar. 
Metall konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig‘ish uchun qurila-yotgan ob’ekt 
yonidagi maxsus maydonchalarda statsionar (ko‘chmas) stellajlar o‘rnatiladi. 
Metall fermalar va kran osti balkalari ularning ko‘ndalang tomoni bo‘yicha 
egiluvchanligi katta bo‘lganligi tufayli ularni ko‘pincha gorizontal holatda yig‘ish 
taqoza etiladi.
Uzunligi 24 m va undan yuqori bo‘lgan fermalar, jumladan fonarlarga ega 
bo‘lgan fermalar ba’zan gorizontal holatda yiriklashtirilib yig‘iladi. Yig‘ilayotgan 
elementlarning gorizontal yotqizilgan qismi stellajdagi yig‘ish teshiklariga 
to‘g‘irlanadi va ular boltlar yoki tiqinlar yordamida mahkamlanadi. Yig‘ish 
teshiklari bo‘lmagan hollarda tutashadigan elementlarning bir-biriga to‘g‘ri 
tushishi stellaj progonlariga mahkamlangan fiksatorlar yordamida tekshiriladi. 
Stellaj konstruktsiyasi yuqori va pastki belbog‘larni tepa tomondan payvandlash 
imkonini beradi, keyin yig‘ilayotgan elementni shift (potolok)ni payvandlashdan 
qutulish maqsadida bu element boshqa tekislikka qayta o‘rnatiladi va tutashgan 
joylar boshqa tomoni bo‘yicha payvandlanadi.
Bino yacheykasiga mos keladigan o‘lchamdagi fazoviy blokni elementlardan 
yig‘ish odatda ish hajmlari ancha katta bo‘lgan hollarda va konveyerli liniyalarda 
amalga oshiriladi. Bu liniya relsli yo‘llarga joylashtiriladi, ular bo‘yicha maxsus 


336 
aravalarda yig‘iladigan fazoviy bloklar tashiladi. Konveyerning har bir posti yoki 
to‘xtash joyida ma’lum bir montaj yoki yo‘l-yo‘lakay bajariladigan ishlar va 
pardozlash jarayonlari bajariladi. Bloklar progonlar va bog‘lagichlar bilan 
birlashtirilgan fermalardan yig‘iladi, ular (fermalar)ning ustiga metall 
konstruktsiyalari bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan isitkich qoplamali profilli metall 
to‘shamalardan tashkil topgan tom qoplamasi yotqiziladi, ba’zida esa yumshoq 
tom qoplamasi ham yotqizilishi mumkin. Konveyerning har bir posti zarur bo‘lgan 
montaj mexanizmlari va moslamalari bilan jihozlanadi.
Konveyer to‘xtash joylarining soni 4 tadan 16 gacha bo‘lgan oraliqda 
o‘zgarib turadi, pardozlash postlarida ishlarning qulay olib borishini ta’minlash 
maqsadida ularni isitish qoplamalari bilan qoplash tavsiya etiladi, bu esa 
jarayonlarning ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘lmasdan amalga oshirilish 
imkoniyatini beradi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish