O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Yig‘ma konstruktsiyalarni qabul qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

8.1.5. Yig‘ma konstruktsiyalarni qabul qilish 
Montajni bajaruvchi tashkilot qurilish maydoniga kelgan konstruktsiyalarni 
qabul qiladi. Yig‘ma konstruktsiyalar ushbu buyumlarning ruxsat etilgan 
o‘lchamlaridan chetga chiqishini hisobga olgan holda va 
komplektlash ro‘yxati
bo‘yicha ularning 
pasporti
bo‘yicha qabul qilinadi. Keltirilgan mahsulotlarni qabul 
qilishda quyidagilarni tekshirish talab etiladi:


328 

zavod texnik nazorat bo‘limi TNB muxrining mavjudligi; 

o‘q belgilarining mavjudligi va konstruktsiyaning og‘irlik 
markazining holatini aniqlovchi sath belgisi; 

bir tomonlama armaturalangan elementlar uchun montaj 
belgilarining mavjudligi; 

shikastlangan joylarning yo‘qligi, geomterik o‘lchamlarning 
to‘g‘riligi, singan joylarning yo‘qligi, payvandlash detallarning 
mahkamlanganligi va joylashishi, kanallar, teshiklar va h.z.larning 
mavjudligi va ular ichining ochiqligi. 

buyumlar tashqi yuzalarining loyihadagi talablarga javob 
berishi;

deformatsiya, yoriqlar, oqib tushgan beton qoldiqlari, kovak va 
bo‘shliqlarning yo‘qligi; 

kerakli bo‘lgan ariqcha, nishlar (tokchalar), chiqarilgan 
armaturalar, payvandlash detallarining zanglashdan himoya qoplamasi 
bilan qoplanganligi. 
Agar buyum sifatsiz bo‘lsa, u holda u yaroqsiz deb topilib, bosh pudratchi, 
montaj qilayotgan tashkilot va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona vakillari 
ishtirokida maxsus reklamatsiya dalolatnomasi tuziladi. Iloji bo‘lsa mahsulot 
ta’mirlanadi yoki ishlab chiqargan korxonaga qaytarib yuboriladi. Qurilish 
maydoniga uning o‘rniga, yangi va sifatli mahsulot yetkaziladi. 
8.1.6. Yig‘ma elementlarni taxlash 
Konstruktsiyalarni asrashga ketgan mehnat sarfi montaj ishlarining umumiy 
mehnat sarfidan metall konstruktsiyalar uchun 12 ...25% ni, temir beton 
konstruktsiyalar uchun – 13...27% ni tashkil etadi.
Omborlar tekislab tayyorlangan maydonlarga joylashtiriladi, bunda 
yog‘ingarchilik va erigan suvlarning oqish yo‘nalishi hisobga olinadi. Omborlar 


329 
yuklarni keltirish yo‘llari yoqasida joylashgan markaziy omborlar va ob’ekt oldi 
omborlarga bo‘linadi.
Yig‘ma konstruktsiyalar zahirasining miqdori ularni yetkazib berish 
sharoitga bog‘liq bo‘lib, butun binoga yetarli elementlar hajmidan nolgacha 
o‘zgarib turadi transport vositalarida montaj qilinganda. Odatda konstruktsiyalar 
zahirasi montaj ishlarini bajarayotgan kranning 3...7 kun ishlashiga yetarli bo‘lishi 
kerak. Alohida ekstremal sharoitlarda konstruktsiyalar zahirasi 1 oyga yetadigan 
miqdorga yetkaziladi. 
Konstruktsiyalarni ob’ekt oldi omborlarida asrash uchun quyidagilarga rioya 
qilish kerak: 

yig‘ma elementlarni taxlash va shtabellarga joylashtirish montaj 
qilish ketma-ketligini hisobga olgan holda montaj kranlarining 
harakatlanish zonasiga joylashtirish; 

katta massaga ega bo‘lgan konstruktsiyalarni montaj krani 
yaqiniga joylashtirish;

yig‘ma elementlarni egilmaydigan va ifloslanmaydigan 
sharoitlarda asrash;

ombor hududiga o‘tish va yurish yo‘llari ko‘rsatkichlarini 
o‘rnatish;

hamma elementlarni o‘lchamlari 6 x 6 va 8 x 8sm li yog‘och 
tagliklar ustiga taxlash, bunda elementlarning bir o‘qda yotishini 
ta’minlash va konstruktsiyalar betonida yorilish va zo‘riqish 
bo‘lmasligining oldini olish taqozo etiladi (8.2-rasm); 
Omborlarda og‘irligi katta konstruktsiyalar montaj kraniga yaqin qilib, 
yengillari esa uzoqroqqa joylashtiriladi. Ombor maydonini qisqartirish maqsadida 
konstruktsiyalar odatda tekis taxlab shtabellarda saqlanadi. Shtabellar orasidagi 
o‘tish joylarini bo‘ylama tomonidan har ikkita yonma-yon shtabeldan keyin 
ko‘ndalang tomonida 25 m dan kam bo‘lmagan masofada qoldiriladi. 


330 
Ko‘ndalangiga qoldirilgan o‘tish joylarining eni 0,7 m dan, shtabellar oralig‘idagi 
uzilishlar 0,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Elementlarni taxlanishni shunday 
tashkil etish kerakki, istalgan konstruktsiyaga yaqinlashib markasini aniqlash va 
montajga tayyorlash uchun imkoniyat bo‘lishi kerak.
Orayopma panellari, ustunlar, rigellar, ustun ustiga qo‘yiladigan va oraliq 
plitalar shtabellarda gorizontal holatda tekis taxlanib saqlanishi kerak. 
Shtabellarning eng maqbul o‘lchamlari: ustunlar uchun –4 qator, rigel va progonlar 
uchun – 3qator, tomyopma va orayopma plitalar uchun – 10...12 qator, lekin 
shtabelning maksimal balandligi – 2,5 m dan oshmasligi shart.


331 
8.2
– rasm. temirbeton (a) va b) metall konstruktsiyalarni(b)taxlanishi: 1–tagliklar; 
2–oraliq qistirmalar; 3–metall tayanchlar; 4–kasseta. 
Omborlarda devor panellari vertikal yoki metall piramida hamda 
kassetalarda qiya holatda o‘rnatiladi, katta o‘lchamdagi pardevorlar ham xuddi 
shunday yog‘och kassetalarga vertikal holatga yaqin qilib taxlanadi. 
Bir qavatli sanoat binolarining temirbeton va metall karkas elementlari 
o‘rnatiladigan joyiga yaqin qilib taxlanadi: yengil ustunlar – yuqori tomoni 
poydevorga qilib, og‘ir ustunlar pastki tomoni poydevorga qaratib (8.3-rasm), kran 
osti to‘sinlari – ustun qatorlariga parallel holatda orasidagi masofa 40...50 sm qilib 
joylashtiriladi. Omborda yig‘ma elementlarni shunday joylashtirish lozimki, ularni 
ko‘tarish va loyihaviy joyiga o‘rnatish paytida kran strelasi o‘zgarmasligi 
ta’minlanishi, ya’ni kran strelasi montaj vaqtida ko‘tarilmasligi va pastga 
tushirilmasligi kerak. 
8.3 rasm. Montaj zonasida ustunlarni taxlash 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish