O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Ombordan montaj qilish
amalga oshirilayotganda oldinda ko‘rib chiqilgan 
hamma texnologik operatsiyalar bevosita qurilish maydonida bajariladi.
8.1.-rasm. Ombordan va transport vositalaridan montaj qilishning asosiy-printsipial 
sxemalari: 
a – ombordan montaj qilish; b – transport vositalaridan montaj qilish; 1 – qurilayotgan 
bino; 2 – kran; 3 – konstruktsiyalar ombori; 4 – yo‘l; 5 – tushirish paytida yarimtirkamali shatak; 
6 – kuzovidan konstruktsiyalar olinib montaj qilgandan so‘ng yarimtirkama; 7 – yarimtirkamani 
konstruktsiyalari bilan kran ko‘taradigan joyga o‘rnatish. 
Transport vositasidan “g‘ildirakdan”
montaj qilish
qurilish maydonida 
asosan faqat montaj jarayonlari bajarilishini nazarda tutadi. Montajga to‘liq 


325 
tayyorlangan va hozirlab qo‘yilgan konstruktsiyalar qurilish maydoniga zavoddan 
aniq belgilangan vaqtda keltiriladi va bu konstruktsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
transport vositalaridan o‘rnatiladigan joyga loyihaviy holatda uzatiladi. Qurilish 
jarayonlarining bunday tashkil etilishi faqat shunday konstruktsiyalarni yetkazishni 
talab qiladiki, bunda ularning komplektlari to‘liq va ritmik ravishda albatta 
belgilangan vaqtda montaj qilinishi kerak. Bu usul ilg‘or usul hisoblanib, bunda 
amaliyotda ob’ektoldi omborlarga ehtiyoj qolmaydi, yig‘ma elementlarni 
oraliqlarda ortib-tushirish ishlari bo‘lmaydi, bunda tor qurilish maydonchalarida 
ishlarni bajarishga yaxshi sharoitlar yaratiladi, qurilish maydonida ishlarni tashkil 
etish yig‘ish jarayonlarini zavodlarda bajarilayotgan texnologiyaga o‘xshashligini 
eslatadi, qurilish jarayonlarining ritmliligi-bir maromligi, uzluksizligi ta’minlanadi. 
 
8.1.4. Konstruktsiyalarni tashish usullari va vositalari 
 
Konstruktsiyalarni qurilish maydoniga yetkazish barcha turdagi transportlar 
bilan amalga oshirilishi mumkin, ya’ni yer usti transporti – avtomobillar, temir 
yo‘llar, traktorlar, hamda suv va havo transportlari bilan.
 
Qurilish transportini tanlashga ta’sir qiluvchi asosiy omillar: 

qurilish ob’ektining joylashgan o‘rni; 

yaqin joylashgan mavjud transport kommunikatsiyalari; 

qurilishni yig‘ma konstruktsiyalar bilan komplektlashtiruvchi 
zavodlarning joylashishi; 

vaqtinchalik va iqlim sharoitlari; 

konstruktsiyalarning massasi, gabaritlari, ularni tashish 
masofasi. 
Temirbeton yig‘ma konstruktsiyalarni tashish uchun mo‘ljallangan asosiy 
transport turi avtomobil bo‘lib, uning yuk tashish masofasi 200 km gacha bo‘ladi. 


326 
Yig‘ma konstruktsiyalarni zavodlardan qish paytida beton 100% li 
mustahkamlikni, yozda esa 70% li mustahkamlikni egallagandan so‘ng jo‘natishga 
ruxsat beriladi, bunday sharoitda konstruktsiyalarni tayyorlovchi zavod 28-kunda 
beton markadagi mustahkamlikni egallashiga kafolat beradi. 
Uzunligi 6 m gacha bo‘lgan elementlar bortli avtomobil mashinalarida 
tashiladi. Uzunligi ko‘proq bo‘lgan va massasi 14 t.dan og‘ir bo‘lgan elementlarni 
– tirkamali va yarimtirkamali avtopoezdlarda; 40 t.gacha bo‘lgan konstruktsiyalar 
trayler – tirkamalarda; 35 t.gacha bo‘lgan konstruktsiyalarni paneltashigich, 
fermatashigich va bloktashigichlarda tashiladi. 
Uzun o‘lchamli konstruktsiyalar fermatashigichlar va shunga o‘xshash 
transport vositalarida tashilganda yon tomondagi (yonboshdagi) kuchlanishlar 
yo‘lning burilish uchastkalarida mashinaning ramasi orqali qabul qilinadi. 
Transport vositasining harakat tezligi tashilayotgan konstruktsiyalarning 
butunligini saqlash nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Yig‘ma elementlarni transport vositalariga taxlash quyidagi talablarni 
bajarish orqali amalga oshiriladi:

elementlar loyihaviy holatlarga yaqin holatda tashiladi, ustunlar 
bundan mustasno, ular gorizontal holatda tashiladi; 

tashilayotgan elementlar yog‘och inventar qistirmalarga 
suyangan bo‘lishi va bu qistirma hamda tagliklar elementlarni 
tayyorlanish ishchi chizmalarida ko‘rsatilgan joyga o‘rnatilgan bulishi 
lozim; qistirma va tagliklarning qalinligi 25mm dan kam bo‘lmasligi va 
elementlarning chiqib turgan elementlar balandligidan past bo‘lishi 
kerak. Oraliq qistirmalarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi. 

ko‘p yarusli qilib yuklashda qistirma va tagliklarni vertikal 
bo‘yicha aniq bir vertikal chiziqda o‘rnatish taqozo etiladi; 
Inshootda gorizontal o‘rnatiladigan va gorizontal holda ishlovchi: to‘sin, 
rigel, yopma plita va panellari, baland devor bloklari (1,5 m dan yuqori), hamda 


327 
uzun o‘lchovli yig‘ma konstruktsiyalar – ustunlar va qoziqlar gorizontal holda 
tashiladi 
Stropila va stropilaosti fermalari, devor panellari, pardadevor panellari 
vertikal yoki qiya holatda tashiladi. 
Hajmdor elementlar – blok-xonalar, blok-kvartiralar, sanitar-texnik kabinalar 
loyiha holatida tashiladi. 
Juda o‘zoq masofalarga temir yo‘llar bo‘ylab tashishga ruxsat etiladi 
Metall konstruktsiyalar o‘zoq masofalarga ko‘pincha temir yo‘llar orqali 
alohida tarkibiy qismlardan iborat, mayda elementlar sifatida yetkaziladi. 
Yog‘och konstruktsiyalar tayyor holda emas asosan elementlarga ajratilgan 
paketlar holida tashiladi. 
Avtomobil va temir yo‘l transporti bilan tashiladigan yuklarning o‘lchamlari 
harakatlanuvchi sostav gabaritlariga mos tushishi kerak. Har xil cheklanishlar 
gabaritlar bo‘yicha maxsus kelishuv va nazoratni talab etadi. 
Ombordagi konstruktsiyalarning kerakli zaxirasi ishlab chiqarish 
loyihasidagi taqvimiy grafik asosida o‘rnatiladi va ularni taxlash uchun kran ta’sir 
zonasida maxsus maydon ajratiladi. Qurilish maydoniga yetkazilgan yig‘ma 
konstruktsiyalar odatda maxsus tushiruvchi o‘zi yurar kranlar bilan va kam 
hollarda montaj mexanizmi yordamida tushiriladi. “Transportdan montaj” qilish 
tejamli va kam mehnat sarf qilinadigan usuldir 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish