O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


QURILISh KONSTRUKSIYALARINI MONTAJ



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

QURILISh KONSTRUKSIYALARINI MONTAJ 
QILISh TEXNOLOGIYASINING ASOSIY QONUN-
QOIDALARI (PRINSIPLARI). 
8.1. Umumiy qoidalar 
8.1.1. Montaj ishlarining O‘zbekistonda rivojlanishi. 
Montaj – bino va inshootlarni zavodlarda tayyorlangan, yiriklashtirilgan 
konstruktsiyalar, detallar va tugunlardan majmuali yig‘ish jarayonidir. Montaj 
qurilish ishlab chiqarishining yetakchi jarayonidir. Bunga yig‘ma 
konstruktsiyalarni ishlab chiqaruvchi rivojlangan sanoatning mavjudligi, 
mexanizatsiyalashning turli va samarador vositalari, qurilish ishlab chiqarish 
texnologiyasi va tashkiliyoti sohasida zamonaviy yutuqlar, montaj ishlarini oqimli 
usullarda amalga oshirish mumkinligi yordam beradi. 
Konstruktsiyalarni tayyorlash va montaj qilish bir-biri bilan yig‘ma 
elementlarni tayyorlangan joyidan ularni o‘rnatish joyigacha tashish operatsiyalari 
bilan uzviy bog‘langandir. Qurilish jarayonlarining ko‘proq qismini zavod 
sharoitlarida bajarishga o‘tqazish mehnat sharoitlarini yaxshilash va 
yengillashtirishga olib keladi, sarf-harajatlarni qisqartiradi, mahsulot narxini 
kamaytiradi, qurilish maydonida montaj jarayonlarini mexanizatsiyalashga 
erishiladi. 
O‘zbekistonda yig‘ma temirbeton konstruktsiyalar yigirmanchi asrning 50-
yillarida qo‘llanila boshlangan. Yig‘ma temirbetondan plitalar, baland bo‘lmagan 
ustunlar, yengil kranlar uchun kran osti to‘sinlari tayyorlangan. 
Qurilish konstruktsiyalarining montaji nafaqat to‘liq yig‘ma, balki boshqa 
turdagi binolar qurilishida ham amalga oshiriladi. G‘isht devorli binolarni 
qurishda, masalan, yig‘ma poydevor bloklarni, karkas elementlari (ustun va 


319 
rigellar)ni, orayopma va tomyopma plitalarni, zinapoya marshi va maydonchalarini 
hamda boshqa elementlarni o‘rnatishda ham montaj ishlari olib boriladi.
Qurilishdagi montaj ishlarining nisbiy salmog‘i har doim oshib boraveradi. 
Bir tomondan alohida elementlarni tayyorlashda yuqori markali tsementni qo‘llash 
natijasida ular massasining pasayishi, sifatli yirik va mayda to‘ldiruvchilarni ishlab 
chiqarish hamda ularni beton tayyorlashda qo‘llash, boshqa tomondan yig‘ma 
konstruktsiyalarni yiriklashtirish, ularni maksimal darajada zavod va texnologik 
tayyor holatiga erishilmoqda. Qavatlarni va orayopmalarni ko‘tarish usullarini 
qo‘llash, sanoat binolari tomyopmalarini konveyerli yig‘ish va blokli montaj qilish, 
texnologik uskunalarni o‘rnatilgan holda yiriklashtirilgan konstruktsiyalarni 
komplekt-blokli montaj qilish, to‘liq yig‘ilgan machta va minoralar montaji, 
alohida konstruktsiyalar, butun bino va inshootlarni surib qo‘yish usullari keng 
tarqalmoqda
Birinchi minorali kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 3 t gacha bo‘lgan, 
hozir turar-joy qurilishi uchun yuk ko‘taruvchanligi 8...10 t bo‘lgan mobilli kranlar 
ishlab chiqarilmoqda, barpo etilayotgan binoning balandligi chegaralanmaydi 
(limitlanmaydi), lekin ko‘pincha 20-40 qavatdan oshmaydi. Sanoat qurilishi uchun 
yuk ko‘taruvchanligi 800...1000 t gacha bo‘lgan kranlar ishlab chiqarilyapti. Shu 
bilan bir qatorda domkratlar va elektromexanik ko‘targichlardan foydalanishga 
asoslangan kransiz montaj qilish usullari ham qo‘llanilmoqda. Yil sayin tele- va 
radioaloqa asosida montaj jarayonlarini masofadan boshqarish vositalari yanada 
keng qo‘llanilmoqda, montaj operatsiyalarini robotlashtirishni sanoatda 
o‘zlashtirilishiga qadam qo‘yilmoqda. 
80-yillarning boshlarida O‘zbekistonda yirik panelli va yirik blokli uylar 
turar-joy fondining 45% ini tashkil etgan, boshqa ba’zi shaharlarda bunday binolar 
hamma turar-joy maydonlarining 90% ni tashkil etgan. Kelajakda qurilish ishlab 
chiqarishini takomillashtirish va progressiv texnologik-tashkillashtirish, 
industriallashtirish omillarini tadbiq qilish natijasida konstruktsiyalarni montaj 


320 
qilish roli hamda hajmi o‘sib boradi, bunda bino va inshootlarni barpo etish 
muddatlari hamda tannarxining qisqarishi ta’minlanadi. 
Hozirgi paytda uy-joy qurilishida tashqi devorlari g‘ishtli va to‘liq yaxlit 
betondan bo‘lgan binolarda yaxlit temirbetonning hajmi oshib bormoqda. Yaxlit 
konstruktsiyalar bilan bir qatorda yog‘och va plastmassadan tashkil topgan 
yengillashtirilgan konstruktsiyalar hamda chodirli va pnevmatik konstruktsiyalarga 
oid tizimlar ham keng qo‘llanilayapti. 
O‘zbekistonda beton qo‘llanilishining umumiy strukturasida yig‘ma 
temirbeton nisbatan kamroq va bundan keyingi rivojlanishda ham shunday 
holatning saqlanib qolish ehtimoli ko‘proq. Yevropa mamlakatlarida va Rossiyada 
yig‘ma temirbetonning qo‘llanish ko‘lami yanada kengaymoqda. Yig‘ma 
temirbeton keng qo‘llanishining ko‘pgina ob’ektiv sabablari mavjud. Asosiy 
omillar iqlimga oid sharoitlar bo‘lib, konstruktsiyalarni tayyorlash jarayonini berk 
binolarga ko‘chirishga intilishdir. Statsionar ishlab chiqarish sharoitlarida 
operatsiyalarni navbatma-navbat nazorat qilishni tashkil etish orqali 
konstruktsiyalar sifatining turg‘unligini ta’minlash ancha yengil kechadi. Turli 
shakldagi qoliplarni tayyorlashda zamonaviy polimer ashyolarini qo‘llash turli 
ko‘rinishdagi buyumlar turlarini yaratish va ularni arxitekturaviy pardozlash 
variantlarini ko‘paytiradi. Yig‘ma temirbetonni tayyorlashda kimyoviy 
qo‘shimchalarni qo‘llash beton aralashmasini zichlashtirish maqsadida 
qo‘llaniladigan tebratib zichlashtirish usulining davomiyligini qisqartirish yoki 
undan umuman voz kechish imkonini beradi. Beton tarkibi va konstrukiyalar 
shaklini tanlash hozirgi paytda buyumlarni yuqori aniqlikda tayyorlash va ruxsat 
etilgan qo‘yimlarni mm lardagi aniqlikgacha olib kelish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda yig‘ma temirbetonni ishlab chiqarishda energiya tejamkor 
texnologiyalarni qo‘llash eng asosiy omillardan biri hisoblanib, bu omil 
tsementlarning yangi avlodini qo‘llash va betonni kimyolash – ko‘p funktsiyali 
vazifalarni bajaruvchi qo‘shimchalardan keng foydalanishga tayanadi.


321 
Temirbeton panelli binolar zilzilabardoshligining yuqoriligi muhim 
undaydigan omillardan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. Hozir O‘zbekistonning 
bir qator regionlarining seysmik aktivligi panelli binolarni qurilishiga aniq 
yo‘nalish olish muhim bo‘lishi mumkin. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish