O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
 
 


314 
7.8. Tosh-g‘isht terish sifatini nazorat qilish. 
G‘isht-tosh terishni amalga oshirishda choklarning gorizontal bo‘lishiga va 
choklarning qalinligini, tekisliklarning vertikalligini va burchaklarning to‘g‘riligini 
kuzatib borish taqoza etiladi. Burchakning to‘g‘ri chiqarilganiligi burchaklik bilan, 
sirtlarning vertikalligi esa shovun bilan tekshiriladi, bu ish teriladigan devor 
balandligining har bir metrida kamida ikki marta amalga oshiriladi. Terimning 
gorizontalligi shayton va rejacho‘p bilan tekshiriladi. G‘isht terishning 
gorizontalligini tekshirish ham balandlikning har bir metrida kamida ikki marta 
amalga oshiriladi. 
Choklarning qalinligini po‘lat chizg‘ich yoki metr bilan g‘isht terilgan 
devorning har 5...6 qatoridan so‘ng nazorat qilinadi. Yuzalar va burchaklarning 
yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlari (7.21-rasm): 
bitr qavatda vertikal bo‘ylab og‘ish – 10 mm, binoning butun balandligi 
bo‘yicha og‘ish esa – 30 mm dan oshmasligi lozim;
gorizontal bo‘ylab g‘isht terishning 10 m devor uzunligida ko‘pi bilan 15 
mm dan oshmasligi kerak. 
7.21-rasm. Devorlarga g‘isht terishda dopusklar (qo‘yimlar): 
1 – vertikal yuzaniki – 10 mm; 2 – vertikal bo‘yicha burchaklarning yuzalari bir qavatga 
– 15 mm, devorning butun balandligiga – 30 mm; 3 – chetki belgilarda – 10 mm; 4 – terish 
qalinligi yo 15 mm; 5,6 – pardevorlar va deraza eshik o‘rinlari yo 15 mm; 7 – terish qatorlari 
gorizontal bo‘ylab 10 m uzunlikka – 15mm. 


315 
Bundan tashqari choklarning to‘ldirilish sifati, choklar qalinligi terishning 
to‘g‘riligi va terilgan joyga temir beton elementlarining tayanish o‘lchamlari 
tekshiriladi. Qishda g‘isht terish uchun ishlar jurnali yuritiladi, unda havo va 
qorishmaning u yotqiziladigan paytdagi temperaturasi, sun’iy isitishda terilgan joy
temperaturasi, erish davrida terilgan joyning holati qayd etiladi.
G‘isht teruvchilarning alohida zvenolariga ajratilgan bo‘linma-larning 
chegarasida va devorlarning burchaklarida g‘isht terishni boshlash-dan avval g‘isht 
terish qatorlari bo‘yicha bo‘linmalarga ajratilgan reyka – qatorlar o‘rnatiladi.
G‘isht terish qatorlarining to‘g‘ri chiziqliligini va qalinligini saqlash uchun 
tortilgan ip-reja qo‘llaniladi, g‘isht terilgan joyning vertikal yo‘nalishi shovun 
bilan tekshiriladi. 
G‘isht teruvchi va uning yordamchisi o‘rtasidagi vazifalar aniq ajratilishi 
kerak. Yordamchi devorga g‘ishtlarni taxlab tayyorlaydi va qorishmani yoyadi. 
Tashqi qatorni terish uchun g‘ishtni ichki qatorga yaqin qilib, ichki qatorni terish 
uchun tashqari tomonga yaqin qilib joylashtiriladi. Qo‘llaniladigan qorishmalar, 
foydalaniladigan plastifikatorlar, qorishmaning yoyiluvchanligiga bog‘liq holda 
g‘ishtni terish usuli qorishmani g‘isht bilan sidirib (choki ochiq) yoki siqib terish 
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
G‘ishtli uyni barpo etayotgan kompleks montajchilar brigadasi vazifalarini 
aniq taqsimlashi maqsadga muvofiq: g‘isht, bloklarni qorishmada terish – g‘isht 
teruvchilar; yig‘ma konstruktsiyalarni montaj qilish – montajchilar; havozalar yoki 
supalarni qurish duradgorlar yoki montajchilar; ish joyiga materiallarni yetkazib 
turish – transport ishchilari tomonidan oshiriladi. 
Ish sifatini va unumdorligini nazorat qilish uchun asosiy me’yoriy 
ma’lumotlardan foydalaniladi: 
1 m

teriladigan joyga g‘isht sarfi taxminan 400 dona, qorishma 0,24 m
3
;
1 m
3
g‘isht terishga mehnat sarfi 0,77 dan 2 kishi /kungacha;
Bir smenada bir ishchiga o‘rtacha ish hajmi 0,8...1,1 m
3
.


316 
Bir smenada bir ishchiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy ish unumdorligi: 
“yakka” ishchi – 300...500 dona g‘isht yoki 0,7...1,2 m

g‘isht terish;
“ikkilik” zvenosidagi ishchi – taxminan 1000 dona g‘isht yoki 2,5 m

g‘isht 
terish;
“beshlik” zvenoga – 1700...2000 dona g‘isht yoki 4,2...5,0 m

hajm to‘g‘ri 
keladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish