O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Tosh-g‘isht terishning ko‘tarish qobiliyatini oshirish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Tosh-g‘isht terishning ko‘tarish qobiliyatini oshirish
uni oboymalar bilan 
kuchaytirish vositasida amalga oshiriladi, bu oboymalar g‘isht terilgan devorning 
ko‘ndalang kengayishini ancha kamaytiradi va devorning bo‘ylama kuchlar 
ta’siriga qarshiligini orttiradi.
Po‘lat halqa (oboyma)
to‘g‘ri to‘rtburchak pardevorlar va ustunlarni kuchay-
tirish uchun qo‘llaniladi (7.19-rasm). U kuchaytirilayotgan elementning 
burchaklari bo‘ylab qorishma bilan o‘rnatiladigan po‘lat burchakliklar va 
burchakliklarga payvandlangan yoki bolt bilan mahkamlangan tasmasimon yoki 
dumaloq po‘latdan tayyorlangan xomutlardan iborat. Hosil bo‘lgan konstruktiv 
yechim bikr tsement-qumli qorishma bilan, ko‘pincha metall to‘r bo‘yicha bosib 
mahkamlanadi. 
Temirbeton halqa
oralari 100...150 mm masofada joylashgan, diametri 4...10 
mm bo‘lgan ko‘ndalang xomutli 6...12 mm diametrli vertikal armatura 
sterjenlaridan iborat; betonlash – hisoblash bo‘yicha, ammo odatda 60...120 mm 
chegarada olib boriladi. 
Armaturalangan qorishma halqasi
temirbeton halqaga o‘xshash, ammo unda 
armatura karkasi 30...40 mm qalinlikdagi tsement-qumli suvoq qatlami bilan 
qoplanadi. Halqaning bu turidan kuchaytirish talab etilmaganda istagan ko‘ndalang 
kesimdagi elementlarni kuchaytirish uchun foydalanishi mumkin. Qorishmali 
halqaning afzalliklari – qalinligi kichik, mehnat sarfi kam va qurilmaning 
temirbeton halqaga qaraganda qiymati arzon.


312 
7.19-rasm. Devorlardagi yoriqlarni yopish: 
a – oddiy qulf; b – devorning to‘g‘ri uchastkasida ikki tomonlama metall ustama; v – 
ichki devorni tutashish joyidagi tuzatishlar; g – o‘shaning o‘zi, binoning burchagida; 1 – 
tasmasimon po‘latdan ustama; 2 – vintsimon kesikli dumaloq po‘lat; 3 – o‘shaning o‘zi, ikki uchi 
qirqilgan. 
Devorlar va pardevorlarni mahalliy kuchaytirish uchun prokat profillar 
qo‘llaniladi. Devorning ikki tomonidan shvellerdan yoki qo‘shtavrdan to‘sinlar 
o‘rnatiladi va ular boltlar bilan tortiladi. Metall to‘r ustidan tsement – qumli 
qorishma bilan suvash amalga oshiriladi.
Tosh konstruktsiyalar elementlarini almashtirish kuchaytirishning boshqa 
usullarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lganda amalga oshiriladi. 
Konstruktsiyalarni almashtirish ishlarini amalga oshirish davrida ularni vaqtincha 


313 
mahkamlashni oldindan amalga oshirishni talab etadi. Shundan so‘ng juda kuchli 
shikastlangan joylarni buzishga va yangisini terib chiqishga ruxsat etiladi. Bir 
vaqtda yonma-yon turgan deraza va eshiklar orasidagi devorlarni buzishga ruxsat 
etilmaydi. G‘isht terish jarayonida gorizontal choklar po‘lat to‘rlar bilan 
armaturalanadi, ishlar yuqori markali g‘isht va qorishmada bajariladi. Agressiv yer 
osti suvlari ta’sirida ko‘pincha poydevorlar va yerto‘la devorlari buzilishiga 
(emirilishiga) duchor bo‘ladi. Ularni kuchaytirish sxemasi 7.20-rasmda keltirilgan.
7.20-rasm. Zaminlar va pardevorlarni kuchaytirish uslublari: 
a – g‘isht terilgan devorni in’ektsiya bilan kuchaytirish; b – zaminni devorning bir 
tomonidan in’ektsiya yordamida kuchaytirish; v – devor juda kuchli eskirganda devorni va 
zaminni ikki tomonidan kuchaytirish hamda zaminning ko‘tarish qobiliyatini kamaytirish; g – 
zaminni ikki tomndan in’ektsiya bilan kuchaytirish; d – g‘isht terilgan devorda bog‘lanishni 
mustahkamlash uchun devorning choklariga in’ektsiya qilish. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish