O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Quruq issiq ob-havo sharoitlarida g‘isht-tosh terishni



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
7.7.2. Quruq issiq ob-havo sharoitlarida g‘isht-tosh terishni 
amalga oshirish 
 
Quruq va issiq iqlim sharoitlarida g‘isht terishni bajarishda qorishmaning 
konstruktsiyaga yotqizilishigacha harakatchanligini saqlab qolishga alohida e’tibor 
beriladi. Shu maqsadda tashish va g‘isht terish jarayonining o‘zida qorishmaning 
namligini yo‘qotishdan, qatlamlashishidan va quyosh nurlarida qizib ketishidan 
muhofaza qilinadi.
Keramik g‘ishtni konstruktsiyaga terishdan oldin yaxshilab namlash yoki 
optimal namlanishi uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida suvga botirib qo‘yish 


310 
zarur. G‘isht terishdagi tanaffuslarda yangi terilgan devor ustida qorishma 
qatlamini qoldirish mumkin emas, tanaffusdan keyin g‘isht terishda davom etishni 
g‘isht terilgan devor ustini suv bilan yaxshilab namlangandan so‘ng boshlash 
kerak. Qorishmadan namlikning muddatidan avval bug‘lanib ketishidan g‘isht 
terilgan joyni himoya qilish uchun g‘isht terib ko‘tarilgan konstruktsiyaning bir 
qismi nam material bilan yopiladi, davriy ravishda namlab turiladi, imkon 
bo‘lganda qo‘shimcha ravishda quyoshdan himoyalovchi yopmalar quriladi.
7.7.3. Qayta qurish-rekonstruktsiya sharoitida tosh-g‘isht 
terish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Mavjud binolarni qayta qurishda ba’zida g‘isht terilgan devorning umumiy 
ustivorligini va yaxlitligini oshirish, terish elementlarining mustahkamlik 
tavsiflarini oshirish, terilgan joyning zaiflashgan ayrim qismlarini almashtirish 
zaruriyati vujudga keladi.
Tosh-g‘isht terilgan devorning yaxlitligini oshirish
unda yoriqlar paydo 
bo‘lganda amalga oshiriladi. Yoriqlar maxsus tayyorlangan teshiklar orqali 
tsementli yoki polimer qorishmani bosim ostida yuborish yo‘li bilan berkitiladi. 
G‘isht terilgan devorda teshiklar uning vertikal va qiya qismlarida 0,8...1,5 m 
oralatib, gorizontal qismlarida 0,2...0,5 m oralatib amalga oshiriladi. Sement 
qorishmasi g‘isht terilgan devorga qorishma nasosi yordamida bosim ostida 
yuboriladi, polimerli tarkib esa maxsus ballondan dastaki shpritsi yordamida 
to‘ldiriladi.
Turlicha usularda jarayonni texnologik bajarish bir xildir. G‘isht terilgan 
konstruktsiyada diametri 25...35 mm bo‘lgan teshiklar parmalanadi, ularga 
uzunligi 15...20 sm bo‘lgan po‘lat quvurlar kiritilib, tsement qorishmasi bilan 
suvaladi. Sirtdagi mavjud yoriqlar tsement-qum qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Bir 


311 
sutkadan so‘ng in’ektsiyalashga kiritiladi, bu ish pastdan yuqoriga qarab gorizontal 
yaruslar bo‘yicha olib boriladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish