O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
 
 
 


204 
6.2 Tasmali poydevorlarni qurish texnologiyasi 
Monolit tasmali poydevorlar. 
Tasmali poydevorlar devorlar ostiga asosan 
monolit yoki yig‘ma bloklardan quriladi. Monolit temirbeton tasmali poydevorlar 
quyi qismi armaturalangan tasma va armaturalanmagan yoki kam armaturalangan 
poydevor devori ko‘rinishida bo‘lib, uning ustiga bino devorlari tiklanadi. 
Poydevorlarni va devorlarni monolit temir betondan barpo etish jarayoni o‘z 
ichiga poydevorlar o‘qlarini rejalash, qoliplarni (opalubkalarni) o‘rnatish, 
armaturani yig‘ish va o‘rnatish, hamda betonlashni oladi. Poydevorlarni qurish 
texnologiyasini tanlash poydevorlar va xususan binolarning konstruktiv 
yechimlariga, shuningdek mavjud texnologik jihozlar va mexanizmlarga bog‘liq 
bo‘ladi.
Qolip turini tanlashga betonlanayotgan konstruktsiyalarning ko‘rinishi va 
ularning takrorlanuvchanligi ta’sir ko‘rsatadi. Qoliplar texnik-iqtisodiy hisoblar 
asosida mumkin bo‘lgan variantlar bo‘yicha tanlanadi. Aniqlovchi ko‘rsatkichlar – 
material va mehnat sarflari, qolip (opalubka)dan bir marta foydalanish tannarxi.
Ko‘p marta takrorlanadigan hajmi uncha katta bo‘lmagan va oddiy shakldagi 
poydevorlarda joyiga kran yordamida o‘rnatiladigan inventar metall blok-formalar 
qo‘llaniladi. Blok-formalar ajralmaydigan, ajraladigan va transformalanadigan 
qilib tayyorlanishi mumkin; transformalanuvchi blok-formalar o‘z o‘lchamlari va 
shaklini maxsus qurilmalar yordamida elementlarni surish, keyin qayd qilish yo‘li 
bilan o‘zgartiradi. Ayrim hollarda fazoviy bloklardan yoki yirik shchitlardan 
qilingan po‘lat inventar qolip, tekis yoki fazoviy temirbeton elementlardan iborat 
ajralmaydigan qolip (opalubka), palubasi fanerali bo‘lgan suvga chidamli mayda 
va yirik shchitli qolip qo‘llaniladi.
To‘r va fazoviy karkaslar ko‘rinishidagi yiriklashtirilgan elementlar bilan 
armaturalar montaji bajariladi. Poydevorning quyi armatura to‘ri qolip montaj 
qilingunga qadar o‘rnatiladi. Beton himoya qatlamini yaratish uchun qotirgich-
fiksatorlar shaxmat tartibida 1 m qadam bilan o‘rnatiladi. Keyin armatura 
karkaslari o‘rnatiladi va ular qotirgich-fiksatorlar bilan mahkamlanadi. 
Karkaslardagi vaqtinchalik mahkamlagichlar ular poydevor osti to‘riga payvand 


205 
qilingandan so‘ng olib tashlanadi. To‘r va karkaslarlarning alohida sterjenlari ular 
o‘rnatilgan joyda payvandlab birlashtirilishi zarur. Qolip ishlari yakunlangandan 
so‘ng qamrovda qolipni o‘rnatishga kirishiladi. 
Ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas tasmali poydevorlar qoliplari poydevorlarning 
balandligiga bog‘liq holda yig‘iladi. 2...2,5 m balandlikda shchitlar ketma-ket 
vertikal holatda o‘rnatilib, ular o‘zaro qulflar bilan birlashtiriladi, inventar tirgaklar 
bilan vaqtinchalik bo‘shatiladi. Ularga tutqichlar biriktiriladi, keyin esa qolip 
tekisliklari tortqichlar bilan biriktiriladi. Ikkinchi yarus shchitlari pastkilari ustiga 
o‘rnatilib, qolip to‘g‘irlangandan (rixtovka qilingandan) keyin mahkamlanadi va 
ular gorizontal holatda joylashtiriladi. Tasmali poydevorning balandligi 2,5 m dan 
ortiq bo‘lganda qolipning konstruktiv yechimi texnologik xaritada taklif etilgan 
bo‘lishi kerak. 
Ko‘ndalang kesimi o‘zgaruvchan tasmali poydevorlarning shchitli qoliplari 
avval poydevorning pastki qismi uchun plita shaklida yig‘ilishi mumkin, qolipning 
yuqori qismi poydevorning pastki qismi betonlangunga qadar va betonlangandan 
keyin o‘rnatilishi mumkin. 
Beton aralashmasini yotqizishdan oldin gruntli zamin karkasiklab 
tayyorlanishi kerak. Yumshoq, organik va shunga o‘xshash gruntlar olib 
tashlanishi kerak, gruntning kovlangan joylari zichlashtirilgan qum yoki shag‘al 
bilan to‘ldirlishi lozim. 
Temirbeton poydevorlarning monolitligiga erishish uchun betonlashni 
choklar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan uzluksiz olib borish kerak. Beton 
aralashmasi 20...50 sm qalinlikdagi qatlamlar bilan yotqiziladi, har bir keyingi 
qatlam avvalgisi zichlangandan so‘ng va u odatda qotish boshlagunga qadar 
yotqiziladi. 
Konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda tasmali poydevorlar bir, ikki va 
uch bosqichda betonlanadi (6.4-rasm) Bir bosqichli qatlamli betonlash to‘g‘ri 
to‘rtburchak kesimli tasmali poydevorlarni tirgak bilan qurishda yoki o‘zgaruvchan 
kesimli ko‘ndalang kesim yuzasi 3 m
2
dan kam bo‘lgan poydevorlar qurishda 
qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesim yuzasi 3m
2
dan ortiq bo‘lgan pog‘onali tasmali 


206 
poydevorlar ikki bosqichda betonlanadi: avval pog‘onalar, keyin devor. Karkasli 
binolarda qo‘llaniladigan ustunostili tasmali poydevorlar uch bosqichda 
betonlanadi. 
Binoning yer osti qismi devorlarini betonlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
devorlarning qalinligi va balandligi, shuningdek qolipning turiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ajratib – ko‘chiriluvchi shchitli qolip ikki harakatda o‘rnatiladi: avval devorning 
butun balandligi bo‘yicha bir tomondan, armatura o‘rnatilganidan so‘ng ikkinchi 
tomonidan o‘rnatiladi. Devorning balandligi va qalinligi katta bo‘lganda ikkinchi 
tomonning qolipi betonlash jarayonida yaruslar bo‘yicha o‘rnatiladi. Agar qolip 
devorning butun balandligi bo‘yicha o‘rnatiladigan bo‘lsa, u holda qolipda beton 
aralashmasini uzatish uchun teshiklar muljallanadi. Qalinligi 0,5 m dan ortiq 
bo‘lgan devorlar qolipini butun devor balandligi bo‘yicha qurish mumkin,bu holda 
beton aralashmasi xartumlar yordamida yuqoridan uzatiladi. 
Devorlarni betonlash texnologiyasi qolipning konstruktsiyasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Beton aralashmasini balandligi 400...600 mm bo‘lgan yarusli yotqizish 
mumkin, balandlikka ustirib borilayotgan qolip ham o‘shanday chegaralarda 
o‘stirib boriladi. Devorlarni ajratib – ko‘chiriluvchi qolipda betonlashda tanaffussiz 
bajariladigan uchastkalarning balandligi 3 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ishchi 
choklarsiz betonlanadigan devorlar uchastkalariningbalandligi 3 m dan ortiq 
bo‘lganda beton aralashmasining cho‘kishi va cho‘kma yoriqlar hosil bo‘lishining 
oldini olish uchun betonlashda 40...120 min davom etadigan tanaffuslar qilish 
kerak. 
6.4-rasm Tasmali poydevorlarni betonlash: 


207 
a – beton aralashmasini uzluksiz uzatishda ustunli poydevorlarni betonlash; b – o‘shaning 
o‘zi, pog‘onalab betonlashda; v – pog‘onalini vibroxartumdan foydalanib betonlashda; g – 
poydevorning konstruktiv yechimi; 1 – poydevor qolipi; 2 – bad’ya beton aralashmasi bilan; 3 –
ish maydonchasi; 4 – vibrator; 5 – beton; 6 – bo‘g‘inli xartum; 7 – bo‘ylama armatura; 8 – 
ko‘ndalang armatura; 9 – betonli asos; 10 – zichlashtirilgan grunt; 11 – yelimlanuvchi 
gidroizolyatsiya. 
Devorning uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lganda u 7...10 m li uchastkalarga 
bo‘linadi va uchastkalar chegarasida ajratuvchi to‘siq o‘rnatiladi. 
Poydevorlarni qurishda asosiy jarayon betonlash hisoblanadi, shuning uchun 
har bir oqimdagi ishchilar soni (qolipni o‘rnatish, armaturani joylash, betonlash, 
qolipni ajratib olish) asosiy oqim bo‘yicha aniqlanadi. Barcha oqimlardagi ish bir 
xil maromda kechishi zarur. Oqimli ishlashni tashkil etish uchun poydevor va 
devorlar qamrovlarga ajratiladi, ular sifatida oraliq, oraliqning bir qismi yoki bir 
o‘qdagi poydevorlar bo‘lishi mumkin. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish