O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Monolit plitani qurish texnologiyasi



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

6.3. Monolit plitani qurish texnologiyasi 
 
Yaxlit poydevorlar (monolit plita) monolit temirbetondan tayyorlanadi, 
konstruktiv yechimiga ko‘ra ular silliq plitalar (zarur bo‘lganda ustunlar ostiga 


210 
yig‘ma stakanlar bilan o‘rnatiluvchi), silliq plita monolit stakanlari bilan (6.6-
rasm), qovurg‘ali plita va qutisimon kesimli plita ko‘rinishida ishlanishi mumkin.
Poydevor plitalari, rezervuarlar, tunnellar va h.k. larning tubi katta yuzaga 
ega va juda ko‘p armaturalanganligi bilan tavsiflanadi. Bunday plitalarning 
qalinligi 0,2 dan 2 m gacha oraliqda bo‘ladi. Ularni betonlash usullari plandagi 
o‘lchamlar, qalinligi, armaturalash darajasi, ishlarni amalga oshirishda mavjud 
mexanizatsiya, beton aralashmasini yetkazib berishning real hajmlarini xisobga 
olgan holda tanlanadi. 
6.6.-rasm Poydevor plitasini tuzilish sxemasi: 
1 − poydevor plitasining balandlik bo‘yicha chegaralari; 2 − bo‘ylama armatura; 3 – 
ko‘ndalang armatura; 4 – yelimlab yopishtirilgan gidroizolyatsiya; 5 − betonli asos; 6 − 
zichlangan grunt.
Poydevor plitalari payvand to‘rlari bilan ikki va undan ortiq qavatli qilib 
armaturalanadi. Armatura karkaslari turli usullarda xosil qilinishi mumkin: 
gorizontal to‘rlar joylashtiriladi (yotqiziladi) va tutib turuvchi karkaslar o‘rnatiladi 
yoki yassi gorizontal to‘rlar va tutib turuvchi karkaslar birlashtirilib fazoviy o‘zini 
ko‘taruvchi armoblok hosil qiladi. Armobloklar tirqishlar (zazorlar) bilan 
o‘rnatiladi, bu tirqishlar armobloklarga tayanuvchi yassi gorizontal to‘rlarning bir 
yoki ikki qatori bilan berkitiladi. 
Massivli poydevor plitalari ajratib olinmaydigan temirbeton qolip, bir xil 
shaklga keltirilgan elementlardan tashkil topgan ajratiluvchi-ko‘chiriluvchi 
qolipdan foydalangan holda betonlanadi. Katta yuzali qolip panellari, shuningdek 
armatura karkasli bloklar montaj kranlari yordamida montaj qilinadi. Qolip va 
karkaslarning mahkamlanganligi ishonchli bo‘lishi lozim va beton aralashmasi, 
mexanizm, mashina, ishchi va inventar moslamalardan tushadigan texnologik 


211 
yuklanishlarni ko‘tara oladigan bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarish uchun tayyorlangan 
qolip dalolatnoma bo‘yicha topshirilishi kerak. 
Plitalarning yuzasi katta bo‘lganda ular betonlash bloklariga yoki xaritalarga 
ajratiladi. Xaritalarning chetlari bo‘ylab xaritalar chegaralarida armaturani 
qirqmasdan yog‘och yoki to‘rli qolip o‘rnatiladi. Tashqi va ichki qolip sifatida 5x5 
sm yacheykali 0,7 mm diametrli simdan tayyorlangan po‘lat to‘rdan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bunday to‘r plita armaturasiga to‘qish simi yoki qisqichlar 
bilan mahkamlanadi. 
Bloklarning eni betonlashning uzluksiz sharoitlarini va beton aralashmasini 
uzatish sur’atini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Betonlashning har bir blokida 
ish zonalarini ta’minlash zarur: qabul qilish va dastlabki tekislash va zichlash. 
Betonlashning zaruriy tezligi ikkala zonadagi betonning o‘zaro qotishi 
boshlangunga qadar tegishli vibrozichlashtirish bilan avval yotqizilgan beton 
aralashmasi keyingisi bilan qoplanadigan shartdan aniqlanadi. Qabul qilinayotgan 
betonlash tezligi beton aralashmasini zichlashtirish vositalari yetarli miqdorda 
mavjudligi bilan ta’minlanishi kerak. 
Agar plitaning qalinligi 0,5 m dan kam bo‘lsa, plitani xaritalarga bo‘lish va 
betonlash xuddi pol ostiga betonli asos bajarishdagi kabi olib boriladi, ya’ni eni 
3...4 m dan iborat bo‘lgan xaritalarda betonlanadi. Plitaning qalinligi katta 
bo‘lganda plitalar eni 5...10 m bo‘lgan parallel xaritalarga bo‘linadi, bunda ular 
orasida eni 1...1,5 m bo‘lgan ajratish polosalari (tasmalari) qoldiriladi. 
Xarita doirasidagi betonlash fronti minimal bo‘lishi kerak. Xaritalar ketma-
ket betonlanadi, ya’ni birin-ketin betonlanadi; umulashtirilgan kirishishni 
kamaytirish uchun ajratish polosalariga beton chegaralardagi qolip olib 
tashlangandan so‘ng tayyor xaritalardagi qotgan beton bilan yonma-yon 
yotqiziladi. 
Konus cho‘kishi 2...6 sm bo‘lgan beton aralashmasi xaritaga beton nasoslari 
bilan beton yotqizgich, estakadalar yordamida, shuningdek kranlar yordamida 
badyadalarda uzatiladi. Ayrim hollarda betonlash pnevmotransport bilan, vibro 
xartumlar yordamida, tasmali konveyerlar bilan va bevosita transport vositalaridan 


212 
amalga oshirilishi mumkin. Qorishmani avval yotqizilgan beton yo‘nalishda, 
go‘yoki yangi beton portsiyalarini avval yotqizilganga siqib uzatish kerak. 
Betonlash massivida ishlar bir yerga to‘plangan hajmlarda va sur’ati 50...100 

smena da bo‘lganda holatlarda statsionar betonnasoslaridan foydalanish mumkin. 
Chekli qalinlikdagi plitalar ham bir qatlam qilib betonlanadi. Bunda 
vibrozichlashtirish ancha murakkablashadi, chunki ichki vibratorlarni qorishmaga 
ishchi qism uzunligidan 1,5...2 marta ortiq bo‘lgan chuqurlikka botirish talab 
etiladi. Bunday konstruktsiyalarni vibrozichlashtirish uchun osma vibrotorlar yoki 
vibropaketlarni qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. 
Betonlashni shunday tashkil etish kerakki, bunda betonlashning bitta xaritasi 
chegaralarida ishchi choklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Plitalarning 
betoni mayoqlar (nishonlar) bo‘yicha tekislanadi. Devorlar tutashadigan, ustunlar 
va Ustunlar tayanadigan joylardagi beton sirti g‘adir-budurligicha qoldiriladi. 
Monolit poydevor plitalarini qurish ishlarini ishlarni oqim bo‘yicha tashkil 
etish bilan uchta asosiy oqimga ajratgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir: 
poydevorlarni armaturalash, qolip o‘rnatish, shu jumladan betonlash zonasi 
chegaralarida to‘rli qolip o‘rnatish va bevosita betonlash. Ishlar bir xil maromda 
bajarilishi kerak. Yetakchi oqim betonlash hisoblanadi, shuning uchun har bir 
oqimda ishtirok etadigan ishchilar soni betonchilarni uzluksiz ish bilan 
ta’minlashdan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish