6.4. Qoqiladigan qoziqlar va shpunt konstruktsiyalari
Qoziqlar bir qator belgilarga ko‘ra bir nechta guruhga bo‘linadi. (6.7-rasm):
materiali bo‘yicha
– yog‘och, metall, beton va temirbeton, aralash, gruntli;
konstruktsiyasi bo‘yicha
– kvadrat, quvursimon, to‘g‘ri to‘rtburchakli va
ko‘pburchakli, kengaytirilgan va kengaytirilmagan, yaxlit va yig‘ma, prizmatik va
konussimon, to‘la kesimli va ichi bo‘sh, vintli va qoziq-Ustunlar;
213
qurilish usuli bo‘yicha
– qoqiladigan, zavodda yoki maydonchaning o‘zida
tayyorlanadigan hamda gruntga botiriladigan va gruntda bevosita quriladigan
to‘ldiriladigan (tiqma) (oldindan burg‘ilangan quduqda);
ish xususiyati bo‘yicha
(yuklanishni zaminga uzatish usuli bo‘yicha)-qoziq-
ustunlar, ular binodan tushadigan yukni o‘z uchlari bilan qoyatosh yoki amalda
siqilmaydigan gruntga uzatadi va osma qoziqlar, yuklanishni gruntning qoziqning
yon sirti bo‘yicha ishqalanishi hisobiga uzatadi;
qabul qilinadigan yuklanishning turi bo‘yicha
-markaziy, vertikal ta’sir
ko‘rsatuvchi yuklanish, ekstsentrisitetli yuklanish va sug‘urib olish kuchlari;
temirbeton qoziqlarni armaturalash turi bo‘yicha
- zo‘riqtirilgan va
zo‘riqtirilmagan bo‘ylama armatura bilan, ko‘ndalang armaturalash bilan va
uningsiz;
Qoziqlar tupi (birlashmasi)
– umumiy yuklanishini birgalikda qabul qilib
oladigan, yonma-yon joylashtirilgan bir nechta qoziqlar;
rostverk
– qoziqlarning
birga ishlashi uchun yuqori qismlarini birlashtiruvchi konstruktsiya.
Yog‘och qoziqlar qarag‘ay(sosna), qora qarag‘ay(el), archa, tilog‘och, kedr
(igna bargli doim yashil daraxt), oqqarag‘ay (pixta), emandan (dub) tayyorlanadi.
Qoziqlarning uzunligi 4...12 m, ingichka uchidagi diametri 18...34 sm. Pastki
qismida qoziq 3...4 qirrali qilib o‘tkirlanadi, qoziqning uchli joyi uning o‘qi bilan
ustma-ust tushishi kerak, o‘qidan og‘gan uchligi qoziq qoqishda qoziqni loyihadagi
holatidan chetga surishi mumkin. Zich gruntga qoqishda va uchini yemirilishidan
saqlash uchun unga metall boshmoq-uchlik kiydiriladi, yuqori qismiga esa
qoziqning boshini qoqishda yemirilishidan saqlovchi temir halqa-bugel keltiriladi.
214
ARALASh
6.7 -rasm. Qoziqlarning konstruktiv belgilari bo‘yicha tasnifi
Uzun qoziqlar talab qilinganda (> 12m) ular bir necha g‘o‘ladan uchma-uch,
yarim yog‘och yoki ustma-ust qo‘yib yig‘iladi. Qoziqlarni chirishdan saqlash
uchun ularga antiseptiklar shimdiriladi yoki butun qoziq yer ostki suvlarining yoki
butun qoziq yer osti grunt suvlarining eng past sathidan ham pastda joylashadigan
qilib botiriladi.
ҚОЗИҚЛАР КОНСТРУКЦИЯСИ
ҚОЗИҚЛАРНИ ЖОЙЛАШИШИГА ҚАРАБ
ВЕРТИКАЛ
ҚИЯЛИ
ТЎРТ ОЁҚЛИ
ИЛДИЗЛИ
ТАНАСИНИ ШАКЛИ БЎЙИЧА
ТЎЛИҚ
ЦИЛИНДРИК
ҚОБИҚЛИ
КВАДРАТЛИ
ПРИЗМАТИК
ТЎРТБУРЧАКЛИ
МОНОКОНИК
КОНУССИМОН
КЎП КОНУССИМОН
ҚИРРАЛАРИ ҚИЯЛИ
ПИРАМИДАСИМОН
ҚИСМАН ҚИЯЛИ
ЦИЛИНДРИК ПОҒОНАЛАР
ПОҒОНАСИМОН
ЦИЛИНДРИК ВА КОНИК
ПОҒОНАЛАР
ВИНТЛИ
СИРТИ ПРОФИЛЛАНГАН
ЎЗГАРУВЧАН КЕСИМЛИ
ЮҚОРИДА
ТАНАСИДА
ПАСТКИ УЧИДА
БИР НЕЧА
КЕНГАЙТИРИШЛАР
КЕНГАЙТИРИШЛАР БИЛАН
ЙИҒМА ТАНАЛИ ВА МОНОЛИТ
КЕНГАЙТИРИЛГАН
ТАНАСИ ЙИҒМА ҚОБИҚ
КЎРИНИШИДА БЕТОН
ТЎЛДИРИЛГАН
ЙИҒМА КЕНГАЙТИРИЛГАН ВА
МОНОЛИТ ТАНАЛИ
ТАНАСИ ҚИСМАН
МОНОЛИТ, ҚИСМАН
ЙИҒМА
АРАЛАШ
215
Yog‘och shpuntlar bruslardan tayyorlanadi, bir qirrasi to‘g‘ri to‘rtburchakli
kesimli uchlik qilib, boshqasi esa – o‘yiqli qilib ishlanadi. Qoqishdan oldin
shpuntlarning 2...3 donasi paket qilib birlashtiriladi, umumiy qiyalik pastki uchiga
qilinadi va unga umumiy kallak (bugel) kiydiriladi. Odatda shpuntinlarning
qalinligi 5...14 sm, ammo 26 sm gacha ham borishi mumkin.
Metall qoziqlar port, ko‘prik, energetika va sanoat qurilishida, baland
inshootlarni barpo etishda (radiomachtalar, teleminoralar) qo‘llaniladi. Diametri
25...100 sm bo‘lgan po‘lat quvurlar, relslar, qo‘shtavrlar, gruntga burab
kirgiziladigan maxsus uchli vintli qoziqlardan foydalaniladi.
Qoziq-qobiqlar – diametri 1,2...2 m va undan ortiq, uzunligi 14 m gacha
bo‘lgan quvursimon metall qoziqlar, zarur bo‘lganda ularning uzunligi uzaytiriladi
va payvandlab ulanadi. Pastki yon uchi ochiq qoziqlar qoqilgan sari grunt bilan
to‘ldirilib boriladi, u zichlashib, qoziqning ko‘tarish qobiliyatini orttira boradi.
Yechib olinuvchi uchlik ko‘rinishidagi pastki yon uchi berk bo‘lgan qoziq-qobiqlar
gruntga qoqiladi. Metall uchlik har doim gruntda qoldiriladi, qoziqning o‘zi esa
qoldirilishi va ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun beton aralashma bilan
to‘ldirilishi mumkin yoki sug‘irib olinishi mumkin. Qoziq-qobiqlarni sug‘urib
olish jarayonida uning bo‘shliqlari beton aralashmasi bilan to‘ldiriladi.
Po‘lat shpunt kotlovanlarning suv singdirmaydigan devorlari, tirab
qo‘yiluvchi devorlar, pirslar, qirg‘oq bo‘ylarini qurishda qo‘llaniladi. Shpunt
uchun maxsus profillar ishlab chiqariladi – yassi, tog‘orasimon, uzunligi 30 m
bo‘lgan zetsimon, ayrim hollarda oddiy po‘lat prokatdan foydalaniladi.
Temirbeton qoziqlar kesimi 20 × 20 dan 60 × 60 sm gacha va uzunligi 3 dan
16 m gacha bo‘lib oddiy va oldindan kuchlantiriladigan armaturali qilib ishlab
chiqariladi. Oldindan kuchlantirish beton sarfini 15...20%, metall sarfini odatdagi
armaturalashga qaraganda 50...60% gacha qisqartirishga imkon beradi.
Armaturalash qoziqlarni tashish va qoqish uchun kerak, siqishga normal ishlash
uchun bilvosita armaturalash yetarli. Qoqishda dastlabki kuchlantirish
deformatsiya, yoriqlar paydo bo‘lishiga qarshilik qiladi, mavjud yoriqlarni tortadi.
216
Ichi bo‘sh kvadrat va quvursimon kesimli 2...6 m uzunlikdagi qoziqlar zich
gruntlarda va qurilayotgan inshootning kichik yuklanishlarida qo‘llaniladi, tashqi
diametri 80 sm gacha yetishi mumkin.
Qoziqli poydevorlarni qurish kompleks jarayon bo‘lib, qoqish metodi
misolida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ishlarni amalga oshirish uchun maydonni tayyorlash;
har bir qoziqning tabiiy holatiga chiqargan holda geodezik
rejalash;
qoziqlarni botiruvchi qurilmani qurilish maydoniga yetkazish,
montaj qilish, sozlash va sinab ko‘rish;
tayyor qoziqlarni ular tayyorlangan joydan ular qoqiladigan
joyga tashish;
qoziqlarni qoqish;
tayyor qoziqlarni berilgan belgilar bo‘yicha qirqish;
qoziqlarning qirqilgan qoldiqlarini qurilish maydonidan olib
chiqib ketish;
monolit yoki yig‘ma rostverkni qurish;
qurilmani demontaj qilish.
Gruntlarni, ularning ko‘tarish qobiliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
O‘ebekiston hududining katta qismida zich gruntlar nisbatan uncha katta
bo‘lmagan chuqurlikda yotadi, bu esa uzunligi 3...7 m bo‘lgan qoziqlardan
foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |