O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Yig‘ma tasmali poydevorlar
hisoblash asosida armaturalangan yig‘ma 
poydevor yostiqlaridan iborat bo‘lib, ularning ustiga devor bloklari o‘rnatiladi. 
Temirbetonli 
poydevor 
plita-yostiqlar 
va 
betonli 
devor 
bloklari 
unifikatsiyalashtirilgan (bir xil shaklga keltirilgan), nomenklatura ularning to‘rtta 
guruhga ajratilishini nazarda tutadi, bu guruhlarning har biri qabul qilayotgan 
yuklanishi bilan farq qiladi. Inshootning bikirligini oshirish, kuchsiz gruntlarda 
qurishda cho‘kishlarni bir xillashtirish uchun va zilzilaga qarshi tadbirlar sifatida 
yig‘ma poydevorlar armaturalangan choklar bilan yoki poydevor yostiqchalari 
ustidan quriladigan yoki devorli poydevor bloklari oxirgi qatori ustidan binoning 
butun perimetri bo‘yicha bir sathda quriladigan temirbeton belbog‘lar (kamarlar) 
bilan kuchaytiriladi. 
Qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita tekislangan zamin ga 
yotqiziladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo‘lgan qumli yostiqqa yotqiziladi. 
Poydevorlar tovoni ostida to‘kma yoki yumshatilgan gruntni qoldirib bo‘lmaydi, 
uni olib tashlash va uning o‘rniga qum yoki shag‘al yotqizish kerak. Gruntli 
zamindagi 10 sm dan ortiq chuqurliklar monolit beton bilan to‘ldiriladi. Bloklar 


208 
qumli yostiqdan osilib qolmasligi uchun, qumli zaminning eni va bo‘yini poydevor 
o‘lchamlaridan 20...30 sm kattaroq qilib olinadi.
Suv ta’minoti, kanalizatsiya va boshqa kiritiladigan quvurlarni yotqizishda 
ularning oraliq masofalarini ta’minlash maqsadida poydevor bloklari loyihaga mos 
holda ularni joylashtirish sxemasi bo‘yicha joylashtiriladi (6.5.-rasm). 
Montaj qilishni devorlarning burchaklari va kesishish joylarida mayoq 
bloklarini o‘rnatishdan boshlaydilar. Poydevor bloki kran yordamida uni 
joylashtirish joyiga uzatiladi, to‘g‘irlanadi va asos ustiga tushiriladi, loyiha 
holatidan uncha katta bo‘lmagan chetlashishlar tortib turilgan strop holidagi blokni 
montaj qilish lomchasi bilan siljitilib bartaraf etiladi. Bunda zamin yuzasi 
buzilmagan bo‘lishi kerak. Blok plan va balandligi bo‘yicha to‘g‘ri vaziyatni 
egallagandan so‘ng bog‘langan stroplar olinadi. Tasmali poydevor bloklari va yon 
bo‘shliqlar orasidagi uzilishlar (ochiqliklar) montaj qilish jarayonida qo‘m yoki 
qumli grunt bilan to‘ldiriladi va zichlanadi. 
6.5-rasm. Yig‘ma tasmali poydevorlarni montaj qilish: 
1 – poydevor yostiqchasi; 2 – devor bloki; 3 – qumli asos; 4 – armaturali belbog‘; 5 – 
qorishmadan tayyorlagan to‘shama; 6 – to‘tashuv joyini monolit beton bilan to‘ldirish; 7 – blokni 
ilish. 
Ustunlar osti poydevorlarini montaj qilishda o‘rnatilayotgan bloklarning 
asosiy o‘qlarga nisbatan holati sinchiklab nazorat qilinadi. Bloklarning balandligi 
bo‘yicha holati ularning nivelirlar yordamida nazorat qilinadi, stakan turidagi 


209 
bloklarda stakan tubi belgisi (sathi) tekshiriladi, boshqalarida esa blokning yuqori 
tekisligi sathi tekshiriladi. 
Yerto‘la devorlarini (devor bloklarini) montaj qilish yotqizilgan poydevor 
bloklari (yostiqlari) ning holati tekshirilib va gidroizolyatsiya bajarilgandan so‘ng 
boshlanadi. Agar loyihada alohida ko‘rsatmalar bo‘lmasa, u holda izolyatsiya 
sifatida poydevorlarning tozalangan sirti bo‘yicha 2...3 sm qalinlikda qorishma 
yoyib chiqiladi; qorishma bir paytda tekislovchi qatlam vazifasini ham bajaradi. 
Montaj qilish sxemasiga muvofiq poydevorlarda birinchi (pastki) qator 
devor bloklari joylashishi belgilab chiqiladi, uning uchun vertikal choklar o‘rnini 
belgilanadi. Montaj qilish burchaklarda va devorlarning kesishishi joylarida bir-
biridan 20...30 m masofada mayoq bloklarini o‘rnatishdan boshlanadi. Mayoq 
bloklari o‘rnatilgandan so‘ng ularning ustki satxida shnur prichalka tortiladi, unga 
ko‘ra qator bloklari o‘rnatiladi.
Bloklarning keyingi qatorlari o‘shanday ketma-ketlikda montaj qilinadi, 
bloklarni joylashtirilishi quyida joylashgan qatorda belgilanadi. Dastlabki ikki 
qator bloklar yotqizilgan poydevor bloklaridan o‘rnatiladi, undan keyingilari 
inventar so‘rilardan o‘rnatiladi. Bloklar montaj qilinadigan qorishma markasi 
loyihada ko‘rsatiladi. 
Montaj qilish kranini kotlovan chetiga joylashtirish mumkin, unda qamrov 
chegarasida avval barcha poydevor bloklari, keyin esa yerto‘la devorlari bloklari 
montaj qilinadi. Agar kran kotlovan ichida turgan bo‘lsa, u holda yerto‘la 
poydevorlari va devorlari montaj qiluvchi kran zonaga ikkinchi marta kira 
olmasligidan kelib chiqib (u yerda yer satxidan balandroq qilib bloklar yotqizilgani 
uchun), alohida uchastkalar bo‘yicha o‘rnatiladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish