231
Qoqish tugagandan va qoziqlar tok manbaidan uzilgandan so‘ng gruntning
avvalgi barqarorligi va uning namlik holati tiklanadi. Shu tufayli, faqat qoqilgan
qoziq atrofidagi namlikning kamayishi hisobiga uning ko‘tarish qobiliyati ancha
ortadi.
Agar osmos metodida temirbeton qoziqlar qo‘shimcha ravishda metall
polosalar (tasmalar) bilan jihozlansa (ular qoziq yon sirtining 20...25% ini
egallaydi), shuningdek
qoqilgan qoziqni anodga, metall polosalari bo‘lgan
botiriladigan qoziqni katodga ulansa, u xolda shuning o‘zi sof elektrosmos usuliga
nisbatan mehnat sarflarini va botirish davomiyligini 20...30% qisqartirishga imkon
beradi. Qoziqlarni qoqishga nisbatan elektroosmosning qo‘shimcha
xususiyatlaridan foydalanish qoziqlarning gruntga botirish jarayonini 25...40% ga
tezlashtirish imkonini beradi.
Qoziqlarni botirish ketma-ketligi
.
Qoziqlarni botirish ketma-ketligi ularning
qoziqlar maydonida joylashishiga va qoziqni botiruvchi qurilmaning
parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. Qoziqlarni qoqish ketma-ketligi texnologik xarita
yoki ishlarni bajarish loyixasi bilan belgilanadi, u qoziq maydonining o‘lchovlariga
va gruntlarning xossalariga bog‘liq. Uchta sxema qo‘llaniladi –
qatorlab
, bunda bir
qatordagi barcha
qoziqlar ketma-ket qoqiladi;
spiral
-markazdan boshlab tashqi
qatordagi qoziqlarga tomon qoqib borish;
sektsion
, bunda butun maydon binoning
eni bo‘yicha alohida sektsiyalarga bo‘linadi, ularda qatorli sxema bo‘yicha qoqish
amalga oshiriladigan (6.14-rasm).
Spiral sxema qoziqlarni qoziqlar qoqiladigan maydonning markazidan
chetlariga tomon kontsentrik aylanalar bo‘yicha
botirishni nazarda tutadi, bu esa
qoziq botiruvchi qurilmaning minimal yo‘l uzunligini olishga imkon beradi.
232
6.14-rasm. Qoziqlarni qatorlab botirish tizimi sxemasi:
a – qoziqlarning alohida qatorlarda to‘g‘ri chiziqli joylashishida; b –
qoziqlarning tup
bo‘lib joylashishida; 1...15 – qoziqlarni qoqish ketma-ketligi.
Bundan tashqari qoziqlarni botirishda uning atrofidagi grunt qo‘shimcha
ravishda zichlanadi. Spiral sxemada yangidan qoqiladigan qoziqlar doim qoziq
maydonining tashqi cheti (konturi) bo‘yicha joylashtiriladi,
shuning uchun qoziq
qoqilgan maydonning kuchlanganligi minimal ta’sir ko‘rsatadi.
Alohida qoziqlar orasidagi masofalar katta bo‘lganda botirish ketma-ketligi
asosan texnologik mulohazalar bo‘yicha, avvalo foydalaniladigan qurilmalar bilan
aniqlanadi. Minora turidagi ayrim kopyorlarning machtalari taxminan 1 m ga
siljiydigan chiqariladigan ramalariga tayanadi. Bunday kopyorlar bilan bir turgan
joyidan bir yo‘la ikki qatordagi qoziqlarni qoqish mumkin, bu esa kopyorning
harakatlanish yo‘lini va uning ko‘chishiga ketadigan vaqtni ancha kamaytiradi.
Turar-joy binolarining yer osti qismini qurishda bino kotlovanining cheti bo‘ylab
relsli yo‘lda harakatlanadigan ko‘chuvchi osma kopyorli qurilma bilan jihozlangan
kranlar qo‘llaniladi.
Uzun katta o‘lchamli binolarning qoziqli poydevorlarini qurishida ko‘prikli
qoziq qoquvchi qurilmani (6.15-rasm) qo‘llash
maqsadga muvofiq, bu qurilma
ko‘chma ko‘prikdan iborat bo‘lib, uning o‘zida ko‘chadigan kopyorli aravacha
o‘rnatilgan. Uzunligi 8...12 m bo‘lgan qoziqlar dizel-to‘qmoq bilan qoqiladi.
Ko‘prikli qoziq qoquvchi qurilmaning afzalligi qoziqlarni qoqiladigan joyiga aniq
o‘rnatilishi hisoblanadi, ish bajariladigan hududda qoziqlarni oldindan joylashtirib
233
chiqish qoziqni sudrab olib kelish va kopyora mahkamlash operatsiyalarini ancha
qisqartiradi, bu esa ishlar unumdorligini va sifatini ancha orttiradi.
Qoziqlarni botirishda ularni botirish usulini va qoziq botiruvchi qurilmaning
tanlashning asosiy belgilovchi omillari quyidagilar hisoblanadi:
gruntning fizik-
mexanik xossalari, qoziq qoqish ishlari hajmi, qoziqlarning turlari, ularni botirish
chuqurligi, qo‘llaniladigan qoziq qoquvchi va qoziq botiruvchi qurilmalarning ish
unumdorligi.
6.15 rasm. Ko‘prikli qoziq qoquvchi qurilmaning qoziqlarni botirish sxemasi:
1 – kallak bloklar bilan; 2 – dizel-to‘qmoq; 3 – qoziq; 4 – relslar; 5 – ko‘chma ko‘prik; 6
– kran qoziqni uzatish uchun.
Bo‘lajak ishlar hajmi qoqilishi kerak bo‘lgan qoziqlar soni yoki qoziqlarning
gruntga botirilgan qismining umumiy uzunligi bilan aniqlanadi. Qoziqni botiruvchi
qurilmani tanlash va qoziq botiruvchi qurilmalarning sonini aniqlash, ish hajmlari,
grunt sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ishlarni bajarish muddatlariga
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: