O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Qoziqlarni gruntni yuvish yo‘li bilan botirish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Qoziqlarni gruntni yuvish yo‘li bilan botirish
bog‘lamsiz va kam 
bog‘langan − qumli va loy qumli gruntlarda qo‘llaniladi. Gruntni yuvishni 
ko‘ndalang kesimi katta va uzun qoziqlar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir, 
lekin bu usulni osma qoziqlar uchun qo‘llash mumkin emas. Bu usul shundan 
iboratki, qoziq uchi yaqinida qoziqqa maxkamlangan bitta yoki bir nechta 
quvurdan bosim ostida oqib chiqayotgan suv ta’sirda grunt yumshaydi va qisman 
yuviladi (6.13-rasm). Bunda qoziq uchi yaqinida gruntning qarshiligi kamayadi, 
qoziq bo‘ylab ko‘tarilayotgan suv esa yaqinidagi gruntni yuvadi, bu bilan u 
qoziqning yon sirtlari bo‘yicha ishqalanishni kamaytiradi. Natijada qoziq o‘zining 
massasi va unda o‘rnatilgan to‘qmoqning massasi ta’sirida gruntga botib boradi. 
Gruntni yuvish uchun diametri 38...62 mm bo‘lgan trubkalarning (quvurcha) 
joylashishi yon tomondan bo‘lishi mumkin, bunda uchligi bo‘lgan ikki yoki to‘rtta 
trubka (nayga) qoziqning yon tomonida joylashgan bo‘ladi, yoki markazda 
joylashgan bo‘lishi mumkin, bunda bitta yoki ko‘p oqimli uchlik ichi bo‘sh 
bo‘lgan qoqiladigan qoziqning markazida joylashgan bo‘ladi. Yon tomondan 
yuvishda markazdan yuvishdagiga qaraganda qoziqlarning yon sirtlari, bo‘yicha 
ishqalanish kuchlarini kamaytirish uchun ancha qulay sharoitlar yaratiladi. Yon 
tomonda joylashganda yuvish trubkalari shunday mahkamlanadiki, bunda uchliklar 
qoziq uchidan 30...40 sm yuqorida joylashtirishi kerak. 
Gruntni yuvish uchun trubkalarga suv kamida 0,5 MPa bosim ostida 
uzatiladi. Yuvishda tovon ostidagi grunt zarrachalari orasidagi tortishish kuchi va 
qisman qoziqlarning yon sirti bo‘yicha tortishish kuchi buziladi, bu esa keyinchalik 
qoziqning ko‘tarish qobiliyatining pasayishiga olib kelishishi mumkin. Qoziq 
keyinchalik yuklanishni qabul qilishi kerakligini hisobga olib, yuvib botirish usuli 
faqat berilgan chuqurlikkacha amalga oshiriladi, keyin esa qoziq qoquvchi qurilma 
yordamida u loyixadagi chuqurlikkacha qoqiladi (0,5...2,0 m ga). Botirishning bu 
usulida unumdorlik sof qoqishga nisbatan 30...40% ga ortadi. Suv uzatish 
to‘xtatilgandan va yer osti suvlari sathi barqarorlashgandan so‘ng grunt zichlanadi 
va qoziqni zich siqadi. 


230 
Agar yaqin joylashgan inshootlarning cho‘kish xavfi mavjud bo‘lsa, 
shuningdek umuman cho‘kadigan gruntlarda yuvish usulining qo‘llanilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish