O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Qiya (gorizontal) yo‘naltirilgan burg‘ilash qurilmalari



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Qiya (gorizontal) yo‘naltirilgan burg‘ilash qurilmalari
(5.38 - rasm) 
diametri 50...1420 mm bo‘lgan quduqlarni 0,5 km uzunlikda kavlashda qo‘llanadi. 
Bu qurilmalarning ajralib turuvchi o‘ziga xos jihati shundaki, ular ro‘para kelgan 
to‘siqlarni aylanib o‘tish bilan quduqlarni egri chiziqli trassa bo‘yicha tayyorlash 
va bir vaqtning o‘zida ularning ichidan, jumladan suvli to‘siqlar tubi ostidan ham 
har xil turdagi kommunikatsiyalarni tortib o‘tkazish imkonini beradi.


188 
Bu texnologiyaning mohiyati quyidagilardan iboratdir. Ishlarning birinchi 
bosqichida rejalashtirilgan trassada nazorat qilishning kompyuterli tizimi 
yordamida burg‘ilash boshchasi yoki diametri 60...150 mm bo‘lgan qirqgich bilan 
shtanganing uzatmali moslamasiga montaj qilingan pilotli quduq burg‘ilab 
kavlanadi. Burg‘ilash boshchasi berilgan nuqtada ochiq yuzaga chiqqanda u 
yechiladi va uzatmali shtangaga diametri 200 dan 1420 mm gacha bo‘lgan 
kengaytirgich biriktiriladi (quduqqa tortilayotgan kommunikatsiya diametriga 
bog‘liq holda), unga vertlyuga (sirg‘a) yordamida quvuro‘tkazgich yoki kabel 
birlashtiriladi. So‘ngra shtanga aylantirib tortib cho‘zilganda pilotli quduq 
kengaytiriladi va bir vaqtning o‘zida kengaytirilgan quduqqa kommunikatsiya 
tortiladi.
Pilotli quduqni burg‘ilash jarayonida ichi bo‘sh uzatmali shtanga bo‘yicha 
burg‘ilash boshchasiga yuqori bosim ostida (800 atm gacha) bentonit qorishmasi 
uzatiladi. Shunga o‘xshash tarzda orqaga qaytishda kengaytirgichga xuddi shunday 
qorishma uzatilinadi, u quduq devorlari ag‘darilishining oldini oladi va quduqqa 
yotqiziladigan kommunikatsiyalarning tortilishini yengillashtiradi.
5.38. – rasm. Yo‘naltirilgan burg‘ilash qurilmasi bilan suv havzasi ostidan quduqlar 
o‘tkazish sxemasi: 
a – qurilmaning umumiy ko‘rinishi;b – pilotli quduqni kavlash; v – teskari sug‘urish 
(tortish); 1 – yuvish quvuri; 2 – yuvish quvurining keskichi; 3 – navigatsion (to‘g‘ri 


189 
yurgazuvchi) jihoz; 4 – pilotli quduq keskichi; 5 – burg‘ilash quvuri; 6 – kengaytirgich; 7 – 
sirg‘a; 8 – quvuro‘tkazgich 
Transheyasiz qazib o‘tish uchun gorizontal yo‘naltirilgan burg‘ilash 
qurilmalaridan eng yaxshisi – grunt raskatchik qo‘llaniladi. Gruntni to‘plab va 
quduqdan uni chiqarib oluvchi burg‘ilovchi asbobdan farqliroq, grunt raskatchik, 
tog‘ jinsiga burab kirgiziladi, uni radial yo‘nalishda zichlaydi va suradi. Quvur 
devorlari shunchalik zichlanadiki, ularni bentonit qorishmasi bilan mahkamlashga 
ehtiyoj qolmaydi, raskatchik o‘tgandan so‘ng kommunikatsiya atrofidagi grunt 
cho‘kmaydi, jumladan yotqizilgan quvurni eskpluatatsiya qilish davrida ham bu 
grunt cho‘kmaydi, bu esa uning xizmat qilish muddatini ancha oshiradi. 
Raskatchikning burg‘ilash asbobidan farq qiladigan muhim jihati raskatchikning 
o‘zi buralib kiruvchi mexanizm bo‘lganligi tufayli, bu uni grunt ichida surish 
uchun sezilarli ravishda kam bosuvchi kuch talab qilishidadir. 
Shuning uchun raskatchikka ancha kichik quvvatli nasos stantsiyasi talab 
qilinadi. Bundan tashqari raskatchik uzatmasini montaj qilishda o‘qli bosuvchi 
zo‘riqishni qabul qilish uchun burg‘ilovchi asboblarga nisbatan kam quvvatli 
ankerli moslama talab qilinadi. Diametri 80, 140, 200, 260 va 370 mm bo‘lgan 
quduq qazuvchi raskatchiklarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.
Raskatchiklarni to‘ldiriladigan qoziq, anker, grunt ichidagi devorlarni qurish, 
gruntni tekshirish va chuqur zichlash uchun qo‘llash mumkin. Raskatchik 
yordamida quvuro‘tkazgichlarni ham ta’mirlash mumkin: raskatchik eski quvurga 
burab kirgiziladi, uni buzadi va bir vaqtning o‘zida yangi quvurni ichkariga (eski 
quvur o‘rniga) tortadi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish