O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Gorizontal burg‘ilash
usuli (5.36 - rasm) loyli gruntlarda diametri 
800...1000 mm bo‘lgan quvuro‘tkazgichlarni 80...100 m uzunlikda yotqizish uchun 
qo‘llanadi. Quvurning oxiri kattalashgan diametrdagi kesadigan qoplama bilan 
jihozlantirilib, quvur kotlovan yoqasida yer sirtida o‘rnatilgan dvigatel yordamida 
aylantiriladi. Quvurning ilgarillanma harakati ikki qator yog‘och g‘o‘lalar bilan 
kuchaytirilgan kotlovanning orqa devoriga tiralgan, reykali domkrat yordamida 
ta’minlanadi. Quvur ichidagi grunt yuqorida ko‘rib chiqilgan usul bilan chiqarib 
tashlanadi. O‘tish unumdorligi 4...5 m/soat ni tashkil etadi. 
Gorizontal burg‘ilashni boshqariladigan burg‘ilovchi mashinalar bilan 
quduqlarni qazishning mexanik usuli orqali amalga oshirish mumkin. Qurilmalar 
turli yer osti-mexanik qarshiliklarga ega bo‘lgan har xil gruntlarni qazish uchun 
mo‘ljallangan zarbli mexanizmlar bilan jihozlanadi. Burg‘ilashdan oldin trassaning 
o‘tishi rejalashtirilgan zonadagi gruntga yotqizilgan chiziqlar puxta tahlil qilingan 
bo‘lishi kerak. Shunga bog‘liq ravishda, trassaning yotqizilish yo‘nalishi va 
chuqurligi uzil-kesil tanlangandan keyin burg‘ilashning boshlang‘ich stadiyasida 
trassani vertikal va gorizontal bo‘yicha fiksatsiyalash (qotirish) olib boriladi, zarur 
bo‘lgan o‘zgartirishlar (korrektivalar) kiritiladi, chunki burg‘ilovchi qurilmaning 
og‘ma plastinasining holati bo‘yicha uni turli yo‘nalishlarda boshqarish mumkin 
bo‘ladi. 
Yer va uning tarkibidagi toshlarga bog‘liq holda bu usulni qullashning turli 
xil kombinatsiyalari mavjud bo‘lib, bular burg‘ilash suspenziyasini qullash, 
aylantiruvchi moment, tortish kuchidan foydalanish, zarba beruvchi mexanizmdan 
foydalanish, bular yumshoq va bir vaqtni o‘zida quvvatli burg‘ilash imkonini 
beradi. Zarba beruvchi mexanizm 100 zarba/minut iga qilishi mumkin, zarbalar 
soni ishlanayotgan gruntning o‘ziga xos jihatlariga moslangan bo‘lishi mumkin.


186 
5.36 - rasm. Quvuro‘tkazgichlarni gorizontal burg‘ilash usuli bilan yotqizish: 
1 – kotlovanning old devorini mahkamlash; 2 – kotlovanning orqa devorini tayanchlar 
bilan mahkamlash; 3 – quvur; 4 – quvurni uzaytirish uchun chuqurcha (priyamok); 5 – uzatma; 6 
– reykali domkrat; 7 – aylanadigan shpindel; 8 – qirquvchi qoplama (koronka); 9 – quyqa uchun 
chuqurcha va nov. 
Burg‘ilash tugallangandan so‘ng nayza burg‘ilash boshchasi (golovkasi) 
bilan almashtiriladi, agar hajmli burg‘ilash zarur bo‘lsa, pilotli burg‘ilash teshigi 
kengaytirilgan bo‘lishi mumkin. Avval pilotli burg‘ilash amalga oshiriladi, so‘ng 
quduq kengaytiriladi yoki unga shu zahotiyoq quvur tortiladi. Bunday holatda 
burg‘ilash boshchasi (golovkasi) orqasiga burg‘ilash shtangasi o‘rnatiladi. Xuddi 
pilotli quduq burg‘ilashda bo‘lgani kabi burg‘i qorishmasi kengaytirgich orqali 
o‘tadi va burg‘ili mayda zarralar bilan aralashtiriladi. Kengaytirgich 
quvuro‘tkazgichga nisbatan bir oz katta diametrga ega bo‘ladi, bu esa qorishmani 
quduqdan bemalol siqib chiqarish imkonini beradi.
Pilotli quduq burg‘ilangandan so‘ng burg‘ilovchi kolonka olinadi, teskari 
harakatlanuvchi kengaytirgich o‘rnatiladi. Bir vaqtning o‘zida kengaytirgich 
orqasidan tayyorlangan quduq bo‘ylab quvuro‘tkazgich tortiladi. Kengaytirgich 
quvur yoki mos o‘lchamdagi kabel hamda sharnir nusxali sirg‘a bilan 
birlashtiriladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish