O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Teshish usuli 
(5.35 - rasm) – konussimon uchlikka ega bo‘lgan quvurlarni 
itarish bilan gruntni radial zichlashtirish evaziga unda teshiklar hosil qilish 
metodidir. Quvurlar ichidan gruntni chiqarib yubormaydigan bu usul diametri 
100...400 mm bo‘lgan quvurlarni yaxshi siqiluvchan gruntlarda 3 m dan ortiq 
bo‘lmagan chuqurlikda va o‘tish uzunligi 60 m gacha bo‘lgan hollarda yotqizishda 
qo‘llanadi. Teshib o‘tkazish qurilmasi porshenining yurish qismi 150...500 mm 
oralig‘ida bo‘lgan gidravlik domkrat, quvur ichiga qo‘yiladigan shompoldan 
tashkil topadi, bu shompol kuchni domkratdan po‘lat konussimon uchlikning 
nayzasi orqali quvurga uzatadi, uchlik quvurning ko‘ndalang tomoniga 
payvandlanadi. Shompol domkrat shtokiga bikr qilib mahkamlanadi. 


184 
5.35.- rasm. Teshish usuli bilan gruntni qazish: 
a − domkrat shtoki uzunligida gruntni bosib; b − shuning uzi nayzani shompolning yangi 
teshigiga qayta o‘rnatish bilan; 1 – tayanch devori; 2 – nasos; 3 – domkrat; 4 – shtok va 
shompolni mahkamlash flanetsi (gardish); 5 – shompoldagi teshiklar(L qadam bilan); 6 – quvur; 
7 – quvurning uchligi; 8 – domkrat shtoki; 9 – nayza (shtir). 
Domkrat ishga tushirilgandan keyin quvur domkrat shtoki uzunligida 
ko‘chiriladi, so‘ngra domkrat shtokni boshlang‘ich holatga qaytarish uchun 
yoqiladi, u bilan birgalikda domkratga bikr mahkamlangan shompol ham orqaga 
ko‘chiriladi, unda uning uzunligi bo‘ylab qator yorib o‘tiladigan teshiklar mavjud 
bo‘lib, bu teshiklar almashtiriladigan domkratning shtok uzunligiga muvofiq 
o‘yilgan bo‘ladi. Metall nayza bitta teshikdan olinib, shompolning qo‘shni 
teshigiga qo‘yiladi va domkrat yangidan ishga tushiriladi. Quvurlarning birinchi 
zvenosi butun uzunligi bo‘yicha itarilgandan keyin, quvurlarning xuddi shunday 
yangi zvenosi payvandlanadi va jarayon takrorlanadi. Ushbu usulni toshsiz va 
shag‘alsiz gruntlarda qo‘llanilib, qazib o‘tish tezligi 1,5 m/soat ga yetishi mumkin. 
Kotlovanning chuqurligi trassa chizig‘ining boshlang‘ich nuqtasida quvurlar 
joylashishi va yo‘naltiruvchi qurilmalarning konstruktsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Gidravlik domkrat uchun tayanch devor yog‘och g‘o‘lalardan, temirbeton 
plitalardan yoki po‘lat tayanchdan barpo etiladi. Quvurning gruntga ishqalanish 
kuchini kamaytirish uchun uchlik diametri teshadigan quvur diametriga qaraganda 
kattaroq diametrda olinadi, quvurni gruntga siljitib kiritish konussimon uchlik 
yordamida gruntni zichlash evaziga amalga oshiriladi.
Gidravlik domkrat nasoslari yer yuzasida kam siqiladigan gruntlarda (qum, 
loyli qum) joylashtirilib. quvurning me’yoriy ko‘chishini ta’minlash uchun 
domkratdan beriladigan gorizontal kuchlarga qo‘shimcha tarzda ko‘ndalang va 
titratuvchi kuchlar beriladi. 
Hozirgi paytda transheyasiz texnologiyaning ancha ilg‘or usullari keng 
qo‘llanilmoqda. Bu usullarning umumiy mohiyati shundan iboratki, bunda dastlab 
gruntda quduq tayyorlanadi, so‘ng unga kommunikatsiyalar yotqiziladi. Gruntda 


185 
quduq tayyorlash uchun uchta asosiy turdagi jihozlar qo‘llaniladi: gorizontal, qiya 
va yo‘naltirib burg‘ilash, pnevmatik teshik teshgichlar va mikroshchit moslamalari. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish